Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə42/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

2. -ismus suffiksi. Ushbu suffikslarni tutgan otlar turli ma’nolarni bildiradi, xususan, “berilgan negiz belgisiga xos hodisa, xususiyat, dalil”, mas. infantilismus (lot. infantilis - bolalarga xos) - bolalikka yoki o‘smirlikka xos hislatlarni saqlagan holda jismoniy va/yoki ruhiy rivojlanishning to‘xtashi; strabismus (yun. strabismos) - g‘ilaylik; alcoholismus (ar. al-kuhl - surma) - alkogolizm; virilismus (lot. virilis - erkakka xos) - ayol kishida erkaklik hislatlarining yuzaga kelish sindromlari guruhi; daltonismus (ingliz kimyogari va fizigi Dalton sharafiga) - qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik.
3. -itis suffiksi. XVIII asrdan -itis suffiksi faqat yallig‘lanish tabiatli kasalliklar nomini hosil qilish uchun foydalana boshlandi, mas. gastritis - gastrit, me’da shilliq qavati yallig‘lanishi; nephritis - nefrit, buyraklar yallig‘lanishi. So‘z yasovchi negiz sifatida a’zo va to‘qimalarning yunoncha, kamdan-kam holatda lotincha nomlari qo‘llanadi. Yasama so‘z f rodi III turlanishda ifodalanadi, qaratqich kelishigi birlikda -itidis bilan tugallanadi.
4. -oma suffiksi. Tibbiyot terminshunosligida -oma suffiksi yordamida to‘qimalar nomining ot yoki sifat so‘z yasovchi negizlaridan o‘sma nomlari hosil qilinadi, mas. fibroma - fibroma, tolali biriktiruvchi to‘qima xavfsiz o‘smasi; osteoma - suyak to‘qimasi xavfsiz o‘smasi. O‘sma nomlari n rodi III turlanishda ifodalanadi, qaratqich kelishigi birlikda -atis bilan tugallanadi.
Eslatma:
Qadimgi yunon tilida -oma suffiksi yordamida “fe’l negizida ifodalangan faoliyat natijasi” umumiy ma’noli otlar hosil qilingan, mas. symptoma - tashxis; stoma - stoma; glaucoma - nazla; trachoma - shilpiq.

Qisqartma so‘zlar


1. Bir yoki bir necha so‘z yasovchi negizlar yasama so‘z tarkibiga butunligicha emas, balki qisqartirilgan holda kirsa, ushbu so‘z qisqartma so‘z deyiladi. Misol uchun, agar so‘zning birinchi komponenti, tarkibida -(o)id-, -al-/-ar-, -os-, -ic- suffikslari tutgan sifat negizidan tuzilgan bo‘lsa, so‘z yasovchi negizning shu suffiksga qisqarishi sodir bo‘ladi: glandula thyr(e)oidea - qalqonsimon bez yoki cartilago thyr(e)oidea - qalqonsimon tog‘ay so‘z birikmalari tarkibiga kiruvchithyr(e)oideus sifati negizidan kesib olingan thyr(e)o- (yun. thyreos - qalqon) tub morfemasidan thyreotropus - tireotrop, qalqonsimon bezga ta’sir etuvchi; thyreotomia - tireotomiya, qalqonsimon tog‘ayni kesish; thyreotoxicosis - tireotoksikoz terminlari yuzaga kelgan.
2. Agar so‘z yasovchi negiz murakkab bo‘lsa, tub morfemalardan biri tushirib qoldirilishi mumkin. Shu tariqa, qon faoliyati buzilishi patologiyalari terminlarida -cyt(us) tub morfemasi, odatda, tushib qoladi, mas., leucocytus terminsidan leucopenia, leucosis terminlari yasaladi.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin