Nazorat savollari: 1.Y unon dubletlari deganda nimani tushunasiz?
2.AElarni qanday ma’nosini tushuntirish kerak ?
3. Diagnostik usullarni ayting
4 O’griqni ifodalovchi AEni ayting?
Qui quaerit, repĕrit. – Qidirgan topadi. Homo est mundi pars. – Inson - dunyoning bir qismi.
§17. So‘z yasalishi (davomi). Klinik terminshunoslikda -osis, -iasis, -ismus, -itis, -oma suffikslari. Qisqartma so’zlar. Yunon-lotin dubletlari va yakka TE(davomi).
Maqsad: -osis, -iasis, -ismus, -itis, -oma suffikslari terminologik ma’nolarini; yangi yunon-lotin dublet va yakka AEbilib olish.Berilgan ma’noda suffiksli, qo‘shma va qisqartma so‘zlarni tahlil va hosilqilaolish.
1. -osis, -iasis suffikslari. Ushbu suffikslarni tutgan otlar, odatda, fe’l yoki otning so‘z yasovchi negizlaridan hosil bo‘ladi. Yasama so‘zlar “berilgan negiz jarayoni yoki natijasi” so‘z yasovchi ma’nosiga ega, mas. stenosis- stenoz, torayma; sclerosis - skleroz, zichlanish, qattiqlashish; narcosis- narkoz, qotib qolish, uxlatish; lithiasis - litiaz, tosh hosil bo‘lishi; helminthiasisyoki helminthosis- gelmintiaz yoki gelmintoz, gijja kasalligi; psoriasis - psoriaz, teri kasalligi; amoebiasis- amebiaz; mitosis (yun. mitos - ip) - mitoz; phagocytosis (phagos+cytus) - fagositoz.
-osis suffiksli so‘z yasovchi negizlarning asosiy qismi quyidagi ma’nolarga ega:
a) kasallik bilan zararlangan to‘qima, a’zo, tana qismi, organizm tizimi: fibrosis - fibroz buzilish; nephrosis - nefroz, buyrak kanalchalarining degenerativ kasalligi; neurosis - nevroz, asab tizimi faoliyati kasalligi; psychosis - psixoz, ruhiy buzilish;
b) kasallik chaqiruvchi modda: toxicosis (yun. toxicon - zahar) - toksikoz, zaharli moddalar tomonidan chaqirilgan kasallik; siderosis (yun. sideros - temir) - sideroz, to‘qimalarda temir tuzlarining to‘planishi; amyloidosis- amiloidoz, to‘qimalarda amiloid cho‘kishi;
c) kasallik qo‘zg‘atuvchisi: ascaridosis - askaridoz, askarida chaqiruvchi gijja kasalligi; actinomycosis - aktinomikoz, nursimon zamburug‘ chaqirgan surunkali yuqumli kasallik;
d) ko‘payish va tarqalish: leucocytosis - leykositoz, periferik qonda leykositlar sonining oshishi; fibromatosis - fibromatoz, ko‘plab fibromalar mavjudligi.