Maqsad: Retsept yozib berish asosiy qoidalarini bilib olish; retseptdagi lotincha qismni rasmiylashtira olish. Retsept Recipe (Ol) fe’lidan boshlanadi. Har bir dori-darmon yangi qatordan yoziladi. Qatorning boshlanishida Rp; dan keyin dorivor modda va o‘simlikiar nomi bosh harf bilan boshlanadi. Dorivor moddalarning nomlari qaratqich kelishligida yoziladi.
Masalan: Recipe: Infusi herbae Thermopsidis 0,1- 100 ml.
Liquoris Ammonii anisati 1 ml.
Natrii benzoatis 0,6.
Sirupi Althaeae 20 ml.
Misceatur. Detur. Signetur.
Qattiq va sachratuvchi dorivor modallar miqdori grammlar bilan belgilanadi «gramm» so’zi yozilmaydi, uning raqami o‘nli kasr bilan ifodalanadi.
Masalan: Recipe: Unguenti Zinci 30,0
Recipe: Extracti Belladonnae 0,015
Suyuq dorilarning miqdori millilitrda beriladi:
Recipe: Olei Vaselini 30 ml. (30,0)
Recipe: Extracti Crataegi fluidi 20,0
Suyuq dorivor preparatlarning miqdori 1 ml kam bo‘lsa u tomchilarda dozirovka qilinadi va birlikda akkuzativda (guttam), ko‘plikda (guttas) yoziladi.
Ikkta yoki bir nechta dorivor moddalar teng miqdorda berilsa uning dozasi oxirgi dorivor moddadan so‘ng ko‘rsatiladi va raqam oldida ana (tengma-teng) so’zi yoziladi.
Recipe: Amidopyrini.
Analgini ana 0,25.
Da tales doses numero 32 in tabulettis.
Signa.
I.Lotin tiliga tarjima qiling:
ineksiya uchun dibazol eritmasi, valeriana ildizi bilan ildizpoyalar, bolalar uchun dimedrol bilan shamchalar, yo‘talga qarshi tabletkalar, tashqariga qo‘llash uchun furatsilin eritmasi, ampulalarda diprofillin eritmasi, shprits-tubiklarda dimedrol eritmasi, kapsulalarda kanakunjut moyi, toza holda kanakunjut moyi, narkoz uchun efir, tabletkalarda validol, kapsulalarda “Aevit”, 0,25 dan amidopirin tabletkalari va fenatsetin, suspenziya uchun ampitsillin kukuni.
II. Yetmayotgan tugallanmalarni qo‘ying:
Recipe: Suppositori… cum Ichtyol… numero 10
Recipe: Tabulett… extract… Valerian… 0,02 obduct… numero 50
Recipe: Spirit… aethylic… 95% - 20 ml
Aqu… pro injection… 10 ml
Recipe: Pulver… cum Oxytetracyclin… pro suspension… 30,0
III. O‘zbekcha so‘zlarni lotinchaga almashtiring:
Recipe: Tabulettas (yo‘talga qarshi) numero 12
Recipe: Tabulettas Furacilini 0,02 (tashqariga qo‘llash uchun) numero 10
Recipe: Suppositoria (ekstrakti bilan) Belladonnae 0,015 numero 6
Recipe: Aetheris (narkoz uchun) 100 ml
Da (qora shishada)
Recipe: Solutionis Diprophyllini 10% - 5 ml
Da tales doses numero 6 (ampulalarda)
IV.Retseplarni lotin tiliga tarjima qiling:
1. Ol:Valeriana ekstrakti 0,3
Do‘lana tindirmasi 0,15
Rovoch tindirmasi 0,8
Barbital natriy 0,2
Etil spirti 20 ml
Distillangan suv 200 ml gacha
Aralashtirilsin. Berilsin. Belgilansin: 1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta 2. Ol:Itshumurt po‘stlog‘i
Gazanda barglari 15,0 dan
Qalampir yalpiz barglari
Valeriana ildizi bilan ildizpoyalar 5,0 dan
Yig‘ma hosil bo‘lsin
Ber. Belgila: 1 stakan qaynatilgan suvga 1 osh qoshiq hisobidan qaynatma tayyorlansin, ½stakan ertalab va kechqurun qabul qilinsin 3. Ol:Eufillin 0,1
Dimedrol 0,0125
Shakar 0,2
Aralashtir, kukun hosil bo‘lsin
Shunday dozalarda ber kapsulalarda 12 dona
Belgila: 1 kapsula kuniga 3 marta 4. Ol:Marvaridgul tindirmasi
Valeriana tindirmasi 10 ml dan
Nitroglitserin eritmasi 1% - 1 ml
Validol 2 ml
Aralashtirilsin, berilsin, belgilansin: 15 tomchidan kuniga 3 marta 5. Ol:Do‘lana suyuq ekstrakti 25 ml
Berilsin, belgilansin: 20 tomchidan kuniga 3 marta ovqatdan oldin 6. Ol:Barbital natriy 0,5
Kakao moyi qancha kerak bo‘lsa, shamcha hosil bo‘lishi uchun
Shunday dozalarda berilsin 12 dona
Belgilansin: kechasi 1 shamchadan 7. Ol:Furatsillin tabletkasi 0,02
Shunday dozalarda ber 10 dona
Belgila: 1 tabletkani 1 stakan suvda eritilsin, chayish uchun 8. Ol:Monomitsin 0,25
Shunday dozalarda ber tabletkalarda 50 dona
Belgila: 1 tabletkadan kuniga 2 marta 9. Ol:Amidopirin
Fenatsetin 0,25 dan
Shunday dozalarda berilsin tabletkalarda 12 dona
Belgilansin: 1 tabletkadan kuniga 3 marta 10. Ol:12 dona sulfadimezin tabletkalari 0,5
Ber. Belgila: 1 tabletkadan kuniga 4 marta 11. Ol:6 dona “Anuzol” shamchalari
Berilsin. Belgilansin: kechasi 1 shamchadan to‘g‘ri ichakka 12. Ol:50 dona “Revit” drajesi
Berilsin, belgilansin: 1 draje kuniga 3 marta
13. Ol:30 dona florenal bilan ko‘z pardalari
Berilsin. Belgilansin: pastki qovoqqa qo‘yilsin sutkasiga 2 marta