Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə11/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

1. Milliy g‘oya va mafkuralar tarixi.
2. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash.
3. O‘zbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar.
4. Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi ongiga singdirish.
Insoniyat tarixi – g‘oyalar tarixi.
G‘oyalar – inson tafakkuri mahsuli sifatida ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi, inson va jamiyatni muayyan harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikrlardir. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. G‘oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsa-da, inson va jamiyat ruhiyatiga, odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi maqsad sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Mazmun va namoyon bo‘lish shakliga qarab, g‘oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Ular: ilmiy g‘oyalar, falsafiy g‘oyalar, diniy g‘oyalar, badiiy g‘oyalar, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, milliy g‘oyalar, umuminsoniy g‘oyalar va hokazo.
G‘oyalar qaysi tarixiy davrlarda qanday xususiyat, qanday tarkibga bo‘linishidan qat’iy nazar ularning maqsadida ijtimoiy faoliyat mavjud bo‘lib ular kishilarni etaklovchi, safarbar etuvchi xarakterga ega.
G‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini, azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi. YA’ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajavuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan.
Hozirgi davr – dunyoda g‘oyaviy qarama qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.
SHuni unutmaslik kerakki, hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar talaygina. Gegemonizm, tajovuzkor millatchilik va shovinizm, irqchilik va diniy ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.
Yigirmanchi asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g‘oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadiga aylanmoqda.
Milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimiz aholisining asriy an’ana va urf-odatlarini, o‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassamlashtirib, jamiyatimiz, mamlakatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ezgu muddao va vazifalarni aniq-ravshan aks ettirmog‘i zarur. Toki har bir vatandoshimiz biz qanday jamiyat, qanday davlat, qanday tuzum barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy asoslari nimalardan iborat, degan savollarga javob topa olsin.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti”O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” kitobida bu masalalarni chuqur, ilmiy asosda, atroflicha yoritib bergan.
Bizning bosh strategik maqsadimiz – bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. YUrtimizda yashaydigan barcha insonlar uchun, miillati, tili va dinidan qat’iy nazar, munosib hayot sharoitini yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlanlagan turmush darajasi va erkinliklarni ta’minlash davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.
Mustaqillik tufayli biz dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘lib, yorug‘ kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz. 

Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari dadil qadam qo‘ymoqdamiz. 


Tarixiy qonuniyat shundan dalolat beradiki, bir ijtimoiy tuzumdan ikkinchisiga o‘tish davrida, jamiyat hayotining barcha sohalarida bo‘lgani singari, g‘oyavaiy-mafkuraviy sohada ham muayan muammolarni hal qilish zarurati yuzaga keladi.
Bunday muammolarni hal etishda ulkan imkoniyatlarni o‘z ichida aks ettirgan “Taraqqiyotning o‘zbek modeli”ning besh tamoyili xalqimizning milliy davlatchilik an’analari, qadriyatlari va mentalitetiga tayangani, ayni paytda, jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg‘or yutuqlariga asoslanganligi bilan bizning kelgusi taraqqiyotimizga dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifolaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimidir.
U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada ado etayotganligini belgilaydigan ma’naviy mezondir.
Bu – O‘zbekistonda istiqomat qiladigan va o‘z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog‘lagan har bir kishining “Vatanim menga nima” berdi deb emas, balki “Men Vatanim ravnaqi uchun nima qilayapman” degan mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashdi demakdir.
Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirish O‘zbekiston Mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-mudaolarini, milliy istiqlol mafkurasaining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir.
Prezidentimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. 
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim”.[6]
Istiqlol mafkurasini odamlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin