6-mavzu: O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g‘oya konsepsiyasi bilan bog‘liqligi. Mustaqillik, mustaqil demokratik taraqqiyot, va milliy g‘oya tushunchalarining o‘zaro munosabati, mazmun-mohiyati. Mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning milliy-ma’naviy va umuminsoniy demokratik tamoyillari. Strategic maqsadlarni amalgam oshirishning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari. O‘zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalq farovonligi g‘oyasini amalgam oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli.Mustaqil demokratik taraqqiyotning milliy g‘oya konsepsiyasi bilan mushtarakligi. Taraqqiyotning o’zbek modeli, uning asosiy prinsiplari. 1. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi 2. Jamiyat hayoti va demokratik islohotlar. 3. Milliy istiqlol g‘oyasining O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi o‘rni va ahamiyati O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan mamlakatimiz tarixida yangi davr boshlandi. Bugungi kunda respublikamizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar belgilab olindi. SHu bois, demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda milliy istiqlol g‘oyasining ahamiyatini, ularning o‘zaro aloqadorlikdagi ijtimoiy mohiyatini ilmiy tadqiq etish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, «Hech kimga sir emas - biz qurayotgan yangi jamiyat, hayotimizga tobora kirib kelayotgan yangilanish jarayonlari, islohotlarning taqdiri va kelajagi, avvalo, xalqimizning bu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashiga, joylarda bu borada odamlarimizning faolligi, ularning dunyoqarashi, ongu tafakkurining yuksalishiga bog‘liq»[7]. SHunday ekan, bugungi kunda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish va isloh etish jarayonida ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga milliy mafkuramizda aks etgan g‘oyalar ta’sirining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va tadqiq qilish katta amaliy ahamiyatga egadir.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.[8] Jamiyat hayotida kechayotgan demokratik islohotlar jadal sur’atlar bilan rivojlanishida, muhim bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish kabi maqsadlar sari intilish kuzatilayotgan ekan, demokratiyaning taqdiri ham, kuchli fuqarolik jamiyatining qaror topishi ham fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning ishtiroki, ularning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda milliy istiqlol g‘oyasining roli alohida ahamiyatga molikdir. Darhaqiqat, Birinchi Prezident jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishni amalga oshirishda aholining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish haqida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi - bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan og‘ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir»[9].
Bu O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish jarayonida erishilgan ijobiy natijalar milliy istiqlol g‘oyasining hayotiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligining yorqin ifodasidir.
CHunonchi, demokratik jamiyatning shakllanishi mavjud ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning barqarorligi va ular rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bu jarayonning izchil, tizimli va ob’ektiv amalga oshirilishida davlat hamda jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, harakatlarning pirovard maqsadlarini ifodalaydigan mafkuraviy jarayonlar ham muayyan o‘rin egallaydi.
3Mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonlarda milliy istiqlol g‘oyasining salohiyati o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ham milliy g‘oyaning O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishdagi o‘rni va ahamiyatini, uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish yurtimizda shakllanayotgan demokratik jamiyatning ustuvor yo‘nalishlari, tendensiyalari va tamoyillarini aniqlash, ularni rivojlantirish va takomillashtirishning aniq yo‘llarini belgilash imkonini beradi. Bu esa:
Birinchidan,ilmiy manbalardagi mavjud fikrlarga tayangan holda “demokratik jamiyat”, “milliy istiqlol g‘oyasi”, “milliy g‘oya” va “sharqona demokratiya” tushunchalarining mazmun-mohiyatini aniqlash, ularning o‘zaro aloqasi va ijtimoiy-falsafiy ta’riflarini berish, metodologik ahamiyatini yanada chuqurroq tahlil etishda ko‘rinadi.
Ikkinchidan, o‘zbekistonda demokratik jarayon shakllanishi borasidagi yondashuvlarni qiyoslash asosida bugungi kunda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash jarayonining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini ko‘rsatadi.
Uchinchidan, O‘zbekistondagi demokratik jamiyatning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglash, jamiyat rivojlanishida universal modellarning mavjud bo‘laolmasligini nazariy asosda turli dalillar va misollar orqali ko‘rsatishda o‘z ifodasini topadi.
To‘rtinchidan, «Taraqqiyotning o‘zbek modeli» konsepsiyasining O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishidagi o‘rni beqiyosdir. SHu ma’noda, ular o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini tahlil etish nihoyatda muhim.
SHu ma’noda, demokratik jamiyatni shakllantirishning milliy g‘oya rivoji bilan o‘zaro aloqadorligini anglash va uni mustahkamlash, nihoyatda, muhim ahamiyatga egadir.