Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə25/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

12-mavzu: Milliy g‘oyaning umummafkuraviy jarayonlar bilan bog‘liqligi.
Milliy g‘oya va umummafkuraviy jarayonlar tushunchalarining o‘zaro munosabati, mazmun - mohiyati. Mafkuraviy jarayonlarning turli xil ijtimoiy guruhlar, qatlamlar manfaatlari bilan bog‘liqligi uni anglash darajalari. Mafkuraviy jarayonlarning turli g‘oyalar, mafkuralar bilan bog‘liqligi.Dunyodagi mafkuraviy jarayonlar. Siyosiy –ijtimoiy, iqtisodiy, geosiyosiy maqsadlar. Milliy g‘oyaning mafkuraviy kurashlarda muhim omil ekanligi. Turli xil mafkuralar ko‘rinishlari.
1. Mafkuraviy jarayonlarning mohiyati.
2. Mustaqil O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlar rivoji.
3. Dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Insoniyat tarixi ko‘plab mafkura shakllarining tarix sahniga chiqishiga guvoh bo‘lgan. Bugungi kunda ham uning turli turli ko‘rinishlari mavjud. Masalan, sub’ektiga ko‘ra, ya’ni qanday ijtimoiy kuchlar manfaatini ifoda etishiga ko‘ra sinfiy mafkuraning turli shakllari farqlanadi. CHunonchi, ishchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, ziyolilar kabi ijtimoiy qatlamlarning bir-biridan farq qiluvchi ehtiyoj va manfaatlari, maqsad va muddaolarining muayyan g‘oyalar tizimida in’ikos etishi tabiiy. Tarix bunday mafkuralarning ko‘plab marta siyosat sahniga chiqqanidan dalolat beradi. Afsuski, bunday mafkuralar o‘ziga xos manfaatlarni mutlaqlashtirishga asoslanganda jamiyatda nizo va ziddiyatlar kuchayishiga zamin yaratgan.
Mafkura shakllari haqida gap ketar ekan, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalar, maqsadlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab ilmiy va noilmiy, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishidan kelib chiqib esa, progressiv va reaksion mafkuralar farqlanadi.
Mafkuralarda ko‘zlangan maqsadlarning ro‘yobga chiqishining ehtimollik darajasiga tayanib ularning real va xayoliy (utopik), jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzini saqlab qolish yoki uni isloh qilishga yo‘naltirilganiga qarab esa konservativ va liberal ko‘rinishlari ajratiladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin