Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillari



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə23/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

11-mavzu: Milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillari.
Milliy g‘oyaning negizlari tushunchasi, uning mazmun va mohiyati. Milliy ma’naviy meros va umuminsoniy demokratik prinsiplar. Ruhiy safarbarlik va ma’naviy jipslilikning milliy g‘oya negizida shakllanishi. Milliy g‘oya va milliy manaviy meros o‘rtasidagi uzviylikning President Islom Karimov asarlarida nazariy asoslanishi. Umuminsoniy demokratik prinsiplarning milliy g‘oyaning muxim negizlaridan biri ekanligi.Milliy g‘oya negizlarini asrab avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlari va omillar. Milliy g‘oyaning rivojlanib,yangilanib borishi- umumiy qonuniyat ekanligi.
1. O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat asoslarining eng qadimgi ildizlari.
2. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatchilik tizimini shakllantirilishi.
3. Islom dini miliy g‘oyalarimizning asosiy negizlaridan biri.
Har qanday g‘oya singari milliy g‘oya ham o‘zining tub ildizlariga. SHu ma’noda unga kuch berib, rivojlanishi uchun asos vazifasini o‘taydigan Milliy g‘oya negizlarini asrab-avaylash, uni himoya qilish shart-sharoitlarini yaratish bilan birga, uning rivojlanishiga mungosib hissa qo‘shish yurtning baxtli kelajagini o‘ylagan har bir fuqaro uchun mas’uliyatdir.
Milliy g‘oya tamoyillari asosida O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyat asoslarining eng qadimgi ildizlaridan biri “Avesto”dir. U miloddan avvalgi 7-6 asrlarda hozirgi O‘zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan ilk davlatchilik to‘g‘risidagi ijtimoiy-falsafiy, diniy ta’limot hisoblanadi. ”Avesto”ni “Hayot yo‘riqnomasi”, ”Qonunlar to‘plami”, “Bilimlar majmuasi” deb bejiz atashmagan. Zero, hozirgi adolatparvar demokratik jamiyat asoslarini yaratishga qaratilgan milliy g‘oya bilan hamohang ijtimoiy-falsafiy fikr unda mavjudligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.[24]
SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, manbalarda yozilishicha, mahalliy xalqni o‘z asoratida tutib turish uchun bosqinchilar mustahkam o‘rnashib olish maqsadida “Mahalliy xalq ustidan o‘z hukmini yanada mustahkamlash, ular ustidan nazoratni kuchaytirishning zarurligi natijasi o‘laroq, boshqaruv apparati, boshqaruv markazi muntazam qurolli kuchlar, nazorat organlari tashkil etila boshlandi. Davlat ana shu tartibda tarkib topa boshladi”[25]. Ana shunday tarixiy sharoitda mahalliy xalqni birlashtirish ob’ektiv zaruriyatga aylanib bordi. Faylasuf olim Tohir Karimning e’tirof etishicha, “CHo‘l bilan voha xalqini kelgindi bilan o‘troq xalqlarning manfaatlariga bunday mos kelmaydigan ziddiyatlarni bartaraf eta oladigan qudratli mafkura zarur edi. Ana shunday mafkura bo‘lib Zardo‘sht ta’limoti vujudga keldi”[26].
“Avesto”da davlat boshqaruvi tizimiga jamiyat tarixi va uni rivojlanishiga oid ma’lumotlar o‘z ifodasini topganligining e’tiborli jihati shundaki, unda avvalo inson haq-huquqi, manfaati, erki, uning ruhiy, ma’naviy komilligi, falsafasi ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” risolasida jamiyatni boshqarish tizimi haqidagi ilmiy-nazariy qonuniyatni yaratdi. Forobiyning demokratik jamiyat haqidagi ta’limoti asosida adolat va axloq, qonunchilik g‘oyasi yotadi. “Madaniy jamiyat va madaniy shahar (ya’ni mamlakat) shunday bo‘ladiki, -deb ta’kidlaydi Forobiy, – shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan va o‘zi tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo‘ladi”[27].
Odil – demokratik jamiyat barpo etish haqida gap borar ekan, A.Temur va temuriylar davriga alohida to‘xtalmoq lozim. CHunki, bu davrda demokratik jamiyat nazariyasi emas, balki uning real voqelikda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq muhim ilmiy-falsafiy g‘oyalarni uchratishimiz mumkin.
Ma’lumki, XII-XIII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasini mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinishi shakllanayotgan milliy davlatchilik tamoyillari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, ma’naviy hayotda, iqtisodiyotning izchil rivojlanishida va ijtimoiy munosabatlarda bu ta’sir yaqqol namoyon bo‘lgan edi. Markaziy Osiyo xalqlarining qattiq jabr-zulm ostiga olinishi, mehnatkash mahalliy aholining qattiq ezilishi, ularga nisbatan zo‘ravonlik siyosati tarixdan bizga ma’lum. Eng ayanchlisi shundaki, ming yillar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, moddiy meroslarimiz bo‘lgan ilm-fan maskanlari, madrasalar va qiroatxonalar yakson qilinadi. Ana shunday, bir murakkab davrda Amir Temurning tarix sahnasiga chiqishi va Markaziy Osiyoda mustaqil davlatchilik tizimini shakllantirishi mamlakatda ichki nizolarni, mahalliy-xalqqa nisbatan adolatsizlikni bartaraf etishga olib keldi.
Amir Temurning Markaziy Osiyo halqlari tarixida adolatli davlat barpo etishda tutgan o‘rni alohida ahamiyatga molikdir. U markazlashgan yirik davlatga asos solgan buyuk siymodir.
E’tiborli jihati shundaki, musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tavsif, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilganligi sohibqironning demokratik tizimni ijtimoiy hayotga joriy etish uchun ma’naviyat, mafkura va g‘oyaning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratganini ko‘rsatadi. Ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga tayangan holda faoliyat yuritish hamda ularning manfaatlarini himoya qilish o‘sha davr boshqaruvining o‘ziga xos jihatlaridan biri edi. Temur esa, davlatni boshqarishda alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar manfaatlarini himoya qilmasdan, davlat tizimining qatlamlariga, har bir fuqaroga tayanadi. ”Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir... Adolat va ozodlik - dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin”[28], - deydi Amir Temur.
Markaziy Osiyoda demokratik jamiyat barpo etish va bu jarayonda ma’naviyat, mafkura va milliy g‘oyaning naqadar muhimligi haqidagi ta’limotlar, hozirgi davrda ham nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga molik nazariyalardan hisoblanadi.
Ana shunday yirik mutafakkirlardan Alisher Navoiy o‘z faoliyatida amaliyot bilan nazariyaning birligini mujassam etgan siymolardan biri hisoblanadi.
Alisher Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida xalq hokimiyati va davlat siyosatining adolatga asoslanganligini va uning mafkuraviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, adolatsizlik, fuqarolarning fikrini inobatga olmaslik davlat boshqaruv tizimi tanazzuliga sabab bo‘ladi va pirovard natijada demokratik jamiyat emas, balki jamiyatni jaholatga olib keladi.
A.Navoiy o‘zining shoh asarlaridan biri bo‘lgan “Mahbub ul – qulub” nomli asarida, “Goh amirlik o‘rnida o‘tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arzu dodini so‘rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga muruvvat ko‘rsatdim”[29], – deydi. A.Navoiyning ijtimoiy-falsafiy ta’limotining asosida adolatli jamiyat g‘oyasi yotadi. Adolatli jamiyat esa, kishilarning jamiyat hayotidagi tengligini ta’minlay oladi. Bunday jamiyatga erishishda, nafaqat podshohning adolatliligi, balki kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning yuksak ma’naviyat va mafkura asosida sog‘lom bo‘lishi lozimligiga e’tiborni qaratadi.
YUrtimizga islom dini kirib kelishi bilan adolatli jamiyat haqidagi tarixiy ma’lumotlarning barcha ko‘rinishlarida islom falsafasi, fiqh ilmi arkonlarining qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Binobarin, islom dini jamiyatda insonparvarlik, adolatparvarlik g‘oyalarini keng targ‘ib-tashviq qiladi. Unda, birovlarning haqiga ko‘z olaytirish, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘g‘rilik kabi qabih ishlar bilan shug‘ullanish, fohishabozlik, poraxo‘rlik qattiq qoralanadi. Odamlarni harom-harish yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan yaxshi iz qoldirishga undaydi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tomonidan, “Ko‘hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlaridan xolos bo‘lishga chorlagan. Har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, bir so‘z bilan aytganda, umumxalqqa rahnamo bo‘lgan. Uni og‘ir-og‘ir sinovlarga bardosh berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat, o‘z navbatida, odamlarga kuch-quvvat bag‘ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan... Asrlar davomida din odamlarni eng ulug‘ maqsadlar yo‘lida birlashishga, hamjihat bo‘lishga undagan”[30], deb ta’kidlanishi islomning odil jamiyat qurishda o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ijtimoiy voqelikning turli sharoitlarida O‘zbekistonda odil jamiyat, demokratik jamiyat haqidagi nazariyalar va ta’limotlar tarixiga oid misollarning goh unisi, goh bunisi o‘z mohiyatini, ahamiyatini ko‘proq namoyon qilishi mumkin. Ammo bizning nazarimizda, yuqorida ko‘rib chiqqan jihatlar bugungi kunda O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatning tarixiy-nazariy asoslari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o‘z qo‘liga olib, qaddini rostlab, el-yurtimizda osoyishtalik, barqarorlikni, millatlararo ahillik va fuqarolar totuvligini avaylab-asrab, yangi tarixiy sharoitda kelajagini qurmoqda, milliy davlatchilikni tiklamoqda”[31].
SHu o‘rinda, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan boy rang-barang ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-madaniy, meroslarining tiklanib borishi va xalqimiz hayotiga kirib borishini alohida ta’kidlamoq kerak. Ayniqsa, jahon ilm fani va tafakkuri taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin egallovchi ilmiy-falsafiy meros, turli tarixiy davrlarda, xususan, yillar mobaynida yaratilgan ma’naviy meros bilan birga, moddiy madaniyatimizning nodir namunalari ham, o‘zimizga xos bo‘lgan demokratik jamiyatning shakllanishida o‘z o‘rniga egadir. SHunday ekan biz ularni asrab-avaylashimiz kelgusi avlodlarga sog‘-omon etkazishimiz bizning muqaddas burchimizdir.
Kelajagi buyuk davlatni barpo etish jarayonida o‘zining tub negizlariga asoslangan milliy g‘oyalarimiz O‘zbekistonda demokratik jamiyatni barpo etish, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur, qobiliyat negizida, o‘z kuchi va imkoniyatlarini ishga solib, millat taraqqiyoti yo‘lida jipslashib bir maqsad sari harakat qilishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin