Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Mustaqil O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlar rivoji



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə27/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Mustaqil O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlar rivoji. Mustaqillik va O‘zbekistondagi mafkuraviy jarayonlar rivoji haqida gap ketar ekan, eng avvalo u istiqlolning qo‘lga kiritilishi tufayli yuzaga kelgan yangi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning hosilasi ekanini ta’kidlash zarur.
Geosiyosat va mafkuraviy poligonlar: Geostrategik maqsadlarni amalga oshirishda mafkuraning o‘rni. Qanday shaklda chiqmasin manfaatlar hamisha mafkura bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan mafkura manfaatlarning imkoniyatdan voqelikka aylanishiga yo‘l ochadi.
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. SHu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. [32]
Dunyoning mafkuraviy manzarasi.  Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini muayyan ijtimoiy guruh, etnik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmui tushuniladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining hozirgi davrida “turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi har qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda- deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti. - Rang-barang, ba’zan bir-biriga mutlaqo zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalar o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda, odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda”.
Dunyoning mafkuraviy manzarasiga xos mohiyatni chuqurroq va teranroq anglash inson ongi va qalbi uchun olib borilayotgan tinimsiz kurashning asl maqsadlarini to‘g‘ri tushunib etishga, mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikka tahdid soluvchi g‘oyalarning oldini olishga qaratilgan tegishli ma’rifiy ishlarni izchil va tizimli tashkil etishga xizmat qiladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin