Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


Tayanch atama va iboralar



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə52/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

Tayanch atama va iboralar: Globallashuv, egotsentrizm, kosmopolitizm, buzuqlik, behayolikni, erkinlik va demokratiya.
O‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar
1. Globallashuv va unga bo‘lgan qarashlar haqida nima bilasiz?
2. Erkinlik va demokratiya niqobi ostida yoshlar ongiga qanday salbiy illatlar tarqatilmoqda?
3. Mafkuraviy tahdidlar qanday xususiyatlarda namoyon bo‘lmoqda?
4. Vayronkor g‘oyalarga qarshi kurashda qanday usul va vositalar samarali natija beradi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Karimov I. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild, – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.
2. Karimov I,A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.-T.: “O‘zbekiston” 1997.
3. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”. 2008.
4. Abbosxo‘jaev O., Umarova N., Qo‘chqorov R. Mafkura poligonlaridagi olishuvlar. – Toshkent: Akademiya, 2007.
5. Muhammad Amin YAhyo. Internetdagi tahdidlardan himoya. T.: Movarounnahr, 2016.
6. Ochildiev A. Globallashuv va mafkurafiy jarayonlar.-Toshkent, 2009.
7. Saidov U. Globallashuv va madaniyatlararo muloqot.-Toshkent, 2008.
8. Tulenova G. YOshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarurati. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001.
9. Tulenova G. Ma’naviy etuklikdan ijtimoiy faollik sari. – Toshkent: Aloqachi, 2008.
10. To‘raev SH. Demokratik jarayonlar va milliy g‘oya. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
11. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. – Toshkent: Toshkent Islom universiteti, 2005.
12. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Besh jildlik. 3-jild. –T.: “Fan”. 2008.
13. G‘aniev A. G‘arb olamidagi axloqiy muammolar. –T.: “Voris”. 2007 va h.k.
21-mavzu: “Ommaviy madaniyat” ning milliy g‘oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari.
"Ommaviy madaniyat" tushunchasining ma’no-mazmuni. Uning milliy g‘oya maqsadlari va negizlariga zidligi. "Ommaviy madaniyat" g‘oyalarini tarqatishga urinishlar. Ularning texnik imkoniyatlari.
I.A Karimov "ommaviy madaniyat" to‘g‘risida. "Ommaviy madaniyat" ning milliy ma'naviyat negizlarida, milliy g‘oya , ma'naviy meros va demokratik prinsiplariga zid ekanligi. “Ommaviy madaniyat” eskalatsiyasining xavf-xatari va tahdidli ekanligi. Dunyo xalqlarini milliy o‘zligidan begonalashtirish, yoshlarning ongiga g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish, ularni manqurt, zombiga aylantirishdan ko‘zlangan maqsadlar.
"Ommaviy madaniyat" xavfining oldini
olish shart-sharoitlari va omillari,bunda yuksak
ma'naviyat va milliy g‘oyaga ishonch e’tiqodni oshirib borishning ahamiyati.

1. “Ommaviy madaniyat” ning milliy g‘oyaga zidligi.
2. G‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan kuchlar uchun ta’sirchan vosita.
3. „Ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda globallashuv ta’sirida ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda ham standartlashuv qaror topa boshladi. Bu jarayon butun rok va pop musiqa, video hamda turli janrlardagi arzon-garov filmlar, seriallar, rang-barang ko‘ngilochar shou-tomoshalar, o‘yinlarni qamrab olmoqda. Ommaviy madaniyat niqobidagi aksilmadaniyat paydo bo‘lib, tobora keng yoyilib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti bu borada katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuq va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi[70].
Ushbu fikrdan kelib chiqadigan xulosa shuki, ommaviy madaniyatni niqob qilib olib buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q.
Ma’lumki, madaniyat «Elita madaniyat” xos madaniyat va ommaviy madaniyatga bo‘linadi. O‘tmishda ommaviy madaniyat xalq baxshilari kuylaydigan dostonlar, sayllarda, to‘ylarda ommaga ko‘rsatiladigan tomoshalar – dorbozlik, askiyabozlik va masxarabozlik, xalq ashulalari kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. SHu bois u o‘zining xalqchilligi, ezgulik va insonparvarlik ruhi bilan ajralib turgan. Lekin bugun unga ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi emas, balki folklor yoki an’anaviy xalq madaniyati deb qaralmoqda. G‘arbda uni kundalik hayotdan etnografik muzeylar yoki ahyon-ahyonda o‘tkaziladigan xalq sayllari va festivallari tomon siqib chiqarishga urinish kuchli. Zamonaviy ommaviy madaniyat esa XX-XX1 asrlar sivilizatsiyasi mahsuli o‘laroq standartlashgan iste’mol mahsulotlari va «erkin” xulq-atvor namunalari yig‘indisi sifatida tor mazmunda tushunilayotir.
XX asrda maishiy texnikaning rivojlanishi ommaviy madaniyat shakllarini boyitdi-dastlab potefon va gramplastinkalar, magnitofonlar, ixtisoslashgan estrada janrlari, ansambllari singari yangiliklar paydo bo‘ldi.
Keyinchalik turmush farovonligi o‘sishi bilan iste’molchilik psixologiyasining yanada kuchayishi adabiyotda ko‘ngilochar, mazmunan sayoz sarguzasht va detektiv asarlarning “erkin muhabbat” mavzuidagi kitoblar, kino va tv.da “bemaza opera”deb atalmish seriallar, turli audio va video disklar, shou tadbirlarning, ularni ommaviy tarzda ishlab chiqaradigan industriyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyki bunday «mahsulotlar”da xalqchillik, milliylik nihoyatda zaif, ular faqat dekoratsiya va mahalliy kolorit sifatidagina qo‘llanadi. Lekin, afsuski, qattiq raqobat sharoitida ba’zi korchalonlar mo‘may daromad ilinjida insonda tubar hirslarni qo‘zg‘aydigan mavzularni ko‘paytirib, asta-sekin zamonaviy aksilmadaniyatni yaratdi.
Ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligi va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish kerak.
Ommaviy madaniyatning jozibasi nimada? Nega unga intilish kuchli? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir xalqqa mansub yoshlar ham, ular har xil ijtimoiy qatlamdan bo‘lishiga qaramay, ommaviy madaniyatga birday moyillik ko‘rsatadi. Bu holat birinchi navbatda urbanizatsiya va globallashuv sharoitida turli xalqlar turmush tarzining, hayotiy qarash va mezonlarining yaqinlashuvi, hordiq va iste’molning standartlashuvi oqibatidir.
Buning yana bir sababi, ommaviy madaniyat sari intilishga inson zotiga xos bo‘lgan azaliy ishtiyoqlar, uning shuurida asrlar osha yashab kelayotgan tabiiy-ijtimoiy tenglik mayllari, shuningdek, jamoaviylik psixologiyasi bilan bog‘liq arxiteplar ham sabab bo‘ladi. Ular millati, tili, dini va madaniyatidan qat’iy nazar, barcha odamlarning ijobiy yoki salbiy narsalarga instinktiv intilishini ma’lum darajada belgilaydi.
Ommaviy madaniyatga shaklan va mazmunan oddiylikning xosligi go‘yoki unga egalitar (tenglik, tekischilik) va demokratik tus berganidek bo‘ladi. masalan, klassik uslubda kiyinish (kostyum va galastuk) o‘rniga jinsi va futbolka yoki svitir va krasovka kiyish bamisoli kamtarlik, liberallik ifodasi bo‘lib ko‘rinadi. Bunday holat timsolida go‘yoki adolatli tenglik (egalitarizm) namoyon bo‘ladi.
Bular ommaviy madaniyatning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik sababdir.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin