P tekislikning PH gorizontal izini yasab olamiz. Buning uchun a to’g’ri chiziqning aH′ gorizontal izini topib, u orqali gorizontalning gorizontal proyeksiyasi h′ ga parallel qilib PH iz o’tkaziladi. Konusning m′ asosi tekislikning PH izi bilan 2′ va 3′ nuqtalarda kesishadi. 2′ va 3′ nuqtalar S′ bilan tutashtirib, S′2′ va S′3′ yasovchilar hosil qilinadi. Bu yasovchilar a′ to’g’ri chiziq bilan kesishib, E′va E1′ nuqtalarni xosil qiladi. E′ va E1′ nuqtalardan proyeksion bog’lanish chiziqlari o’tkazilib,a″ to’g’ri chiziq bilan kesishish nuqtalari E″ va E1″ belgilab olinadi.
8.6-shaklda xususiy holda berilgan a(a′, a″) va b(b′, b″) to’g’ri chiziqlarning to’g’ri doiraviy konus bilan kesishish nuqtalarini yasash ko’rsatilganato’g’richiziqgorizontalproyeksiyalovchi, bto’g’richiziqfrontalproyeksiyalovchibo’lganligisabablikesishishnuqtalarining bittadan proyeksiyalari E′va F″≡L″ (mos ravishda gorizontal va frontal proyeksiyalari) ma’lum bo’lib qoladi. Ularning ikkinchi proyeksiyalarning topilishini shakldan ko’rib tushunish qiyin emas. To’g’ri chiziqning sfera bilan kesishishi 8.7-shaklda tasvirlangan. a(a′, a″) to’g’ri chiziqning sfera bilan kesishish nuqtalarini yasash uchun bu to’g’ri chiziq orqali M(Mn) gorizontal proyeksiyalovchi tekislik o’tkaziladi. Bu tekislik sferani diametri 1′2′ kesmaga teng bo’lgan aylana bo’yicha kesadi. 1′2′ diametrli aylananing gorizontal proyeksiyasi tekislikning MH izi bilan ustma-ust tushadi:
1′2′MN.
Berilgan ato’g’ri chiziq bilan 12 diametrli aylananing kesishish nuqtalari E va F larning proyeksiyalari V tekislik M ga parallel bo’lgan ixtiyoriy V tekislik bilan almashtirish orqal yasaladi.
Berilgan ato’g’ri chiziq bilan 12 diametrli aylananing kesishish nuqtalari E va F larning proyeksiyalari V tekislik M ga parallel bo’lgan ixtiyoriy V tekislik bilan almashtirish orqal yasaladi.
Agar a(a′, a′′) to’g’ri chiziq aylanish sirtining aylanish o’qi bilan kesishadigan vaziyatda berilgan bo’lsa (8.8-shakl), u holda to’g’ri chiziqni bu o’q atrofida aylantirib, uning aylanish sirti bilan kesishish nuqtalarini osongina yasash mumkin.
Sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi. Odatda, kesim chizig’i konturining proyeksiyalarini yasash uning tayanch nuqtalarini topishdan boshlanadi.
Agar sirtni kesuvchi tekislik proyeksiyalovchi bo’lsa, kesim chizig’ining proyeksiyalarini yasash soddalashadi, chunki bu holda kesishish chizig’ining proyeksiyalaridan biri to’g’ri chiziq kesmasidan iborat bo’ladi.
Quyida ba’zi sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishini ko’rib chiqamiz.