Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

III.
 
NAZARIY MATERIALLAR 
1-MAVZU. STRATEGIK BOSHQARISH JARAYОNI 
 
Strategik menejment fanining mohiyati 
 
Strategik menejmentning besh vazifas. 
 
Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi 
 
Strategik boshqarish ijrochilari 
 
Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari 
 
Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari 
Strategik fikrlash va uning afzalliklari. 
 
Strategik menejmentning ahamiyati 
 
Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga 
oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil 
qilish, maqsadni aniqlash, strategiya yaratish, strategik rejalashtirish 
 
 
Strategik menejment fanining mohiyati 
 
Strategiya 
umumiy 
tarzda 
korxonaning 
mavqeini 
mustaxkamlash, 
istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan 
boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli 
yo’llari va usullari ichidan eng maqbo’lini tanlab olish demakdir. 
Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z 
ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar 
va ishlanmalar. 
Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini 
yagona tizimga bog’lash demakdir
1

Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi 
menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. 
Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. 
Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, 
kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan 
kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada 
yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli 
raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi. 
«Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni 
aniqlashdan iboratdir: 
-«biz qaerdamiz?» 
-
«qayoqqa ketyapmiz?» 
-
faoliyatimizning maqsadlari qanday?» 
-
maqsadga erishish yo’llari qanday ?» 
-
optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat? 
-
pirovard natija qanday bo’lishi kerak? 
Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun 
maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir. 
1
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p4 


25 
Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga 
ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq 
vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada 
menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib 
xizmat qiladi
2

Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat: 
-
Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish; 
-
Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish; 
-
undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 
-
Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab 
chiqish; 
-
diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish; 
-
uning tashkiliy strukturasini loyihalash; 
-
integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash; 
-
«strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish, 
-
Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel-atvor meyorlarni 
belgilash, 
-
kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash, 
-
strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish. 
Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda 
foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir. 
Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli 
vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish 
strategik rejani tashkil qiladi. 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin