Urganch – 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 13,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/160
tarix07.01.2024
ölçüsü13,34 Kb.
#202776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160
33740 Strategik boshqaruv

rejalashtirish 
tashkil etish motivatsiya nazorat qilish 
B)
Aniq maqsadlarni belgilash kompaniya missiyasining umumiy ta’rifidan 
ishning aniq rejalariga o’tish imkonini beradi. 
Qo’yilgan maqsad biz istagan natijadan iborat bo’ladi. Agar yaxshi natijalarga 
erishmoqchi bo’lsangiz o’z oldingizga yaxshi maqsadlar qo’ying. Maqsadlar qisqa 
muddatli va o’zoq muddatli bo’ladi. Maqsadlar yana moliyaviy va strategik bo’ladi. 
Moliyaviy maqsadlar majburiydir, chunki, moliyaviy mablag’lar yetishmasa 
kompaniya tang axvolga tushib qoladi. 
Strategik maqsadlar kompaniyaning bozordagi raqobat mavqeini kuchaytirishga 
qaratiladi. Moliyaviy maqsadlar foyda xajmi, sarmoyalardan qaytim, naqd pul 
tushumi, dividendlar kabi ko’rsatkichlarni ko’paytirishga qaratiladi. Strategik 
maqsadlarga esa Korxonaning raqobatga bardoshliligini oshirish, buning natijasida 
rivojlanishning yuqoriroq sur’atlariga, bozordagi salmogini oshirishga 
past 
xarajatlarga erishishga, korxonaning obro’sini oshirishga qaratilgan bo’ladi. 
V) Maqsadlar - bu natijalardir, strategiya esa ularga erishish yo’llaridir. 
Strategiyani aniqlash uchun korxonaning ichki holati va tashqi omillar o’rganilishi 
lozim. Kompaniyaning strategiyasi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi: 
1)
chuqur o’ylangan, maqsadga qaratilgan xarakatlar; 
Ichki 
taxlil 
Firma biznesining yўnalishi va asosiy maқsadlari. 
Qayta aloqa 


3
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland.p.7 
28 
2)
voqealarning kutilmagan rivoji va kuchaygan raqobat kurashiga javob berish; 
Strategiya - bu faqatgina menejerlar avvalroq o’ylab chiqqan xarakatlar emas , 
balki kutilmagan vaziyatlarda kiritilshi lozim bo’lgan to’zatishlardir
3

Strategiyani ishlab chiqish uchun tadbirkorlik istedodi va fikrlashning strategik 
tarzi bo’lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqish maxorati menejerning tadbirkorlik 
istedodiga bogliq. 
Menejerning tadbirkorlik maxoratini belgilash mezoni uning yangi strategik 
imkoniyatlarni ko’ra bilishi va yangiliklarga o’chliligidir.Tadbirkorlik istedodiga ega 
bo’lgan menejerlar odatda birinchi qaldirgochlar bo’ladilar.Ular yangiliklarni tez 
o’zlashtirib oladilar, tavakkalchi bo’ladilar va keskin yangi strategiyalar yaratadilar. 
Kompaniya strategiyasiga to’zatishlar kiritish meyordagi oddiy holat xisoblanadi. 
Ba’zan strategiyaga o’zgartirish kiritish zarur bo’lib qoladi. Kamdan-kam xollardagina 
kompaniya strategiyasi vaqt sinovidan o’ta oladi. Strategiyani qanday qilib yaxshilash 
mumkin, degan savol menejerni xech qachon tark etmasligi lozim. SHuning uchun 
strategiyani ishlab chiqish dinamik jarayondir. 
Kompaniya strategiyasi qator savollarga javoblardan iborat bo’ladi. Bu savollar 
quyidagilardan iborat: 
-ishniqanday rivojlantirish kerak? 
-mijozlarniqandayqilib qanoatlantirish kerak? 
-raqiblardan qanday qilib o’zib ketish mumkin? 
-o’zgaruvchan bozor sharoitlariga qanday javob berish lozim? 
-kompaniyaning ayrim funktsional bo’linmalarini qanday boshqarish kerak? 
-moliyaviy va strategik maqsadlarga qanday qilib erishish mumkin? 
Strategik ko’rish va kompaniya missiyasini ishlab chiqish, maqsadlarni aniqlash 
va va strategiyani tanlash - bu kompaniyaning rivojlanish yo’nalishini belgilashdagi 
asosiy vazifalardir. Kechikib to’zilgan strategik rejalar yoki o’z vaqtida kiritilmagan 
to’zatishlar xech qanday natija bermaydi. 
G) Strategiyani amalga oshirish ishlari ma’muriy vazifalarga 
kirib, 
quyidagilardan iborat :strategiyani muvaffaqiyatli bajarish uchun 
tashkiliy 
imkoniyatlar yaratish; 
-mablaglarni foydali joylashtirish uchun byudjetni boshqarish; 
-
korxona strategiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan siyosatni belgilash; 
-xizmatchilarning yanada samaraliroq ishlashlari uchun ragbatlantirish; 
-erishiladigan natijalar va muqofotlar xajmini bir-biriga bog’lash; 
-kompaniyada belgilangan vazifalarni bajarish uchun qulay muxit yaratish; 
-kompaniya personalini ta’minlovchi ichki sharoitlarni yaratish, ya’ni xar bir 
personalning strategik rolini samarali ijro etish sharoitlarini yaratish; 
-ishni doimiy yaxshilash uchun eng ilgor tajribalardan foydalanish; 
-ichki raxbarlikni ta’minlash; 
D) Yuqoridagi 4 ta vazifalar bir necha bor qayta ko’rib chiqiladi, chunki yangi 
yo’zaga keladigan holatlar to’zatishlar kiritishni talab qiladi. O’tgan tajribalar va 
kompaniyaning istiqbol maqsadlari o’zgarishlar kiritilishi mumkin. Strategiyani 
muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini axtarish doimiy xisoblanadi.Strategiyani 
amalga oshirishda ba’zi qismlari keraksiz bo’lib, ularni o’zgartirish kerak bo’ladi. 


4
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p. 13 
29 
1-bosqich 
2-bosqich 
3-bosqich 
4-bosqich 
5-bosqich 
Zarurat bo’lganda 
1-4-bosqichlarga qaytish 
Yaxshilanish 
Yaxshilanish 
Zarurat bo’lganda 
qayta ko’rib chiqish 
Zarurat bo’lganda 
qayta ko’rib chiqish 

Yüklə 13,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin