Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə38/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo bo‘ladi.
Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo‘lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin.
Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‘langan. Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, chunki ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda ko‘tilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini o‘stiradi.
Mixail Chikjentmihaliy (1975) ta’kidlaydiki, talabalar o‘sha murakkab darajadagi o‘kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida «ahmoqona g‘oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi uni o‘quv jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim.
Talabalarni tavakkaldan holi bo‘lgan, ya’ni g‘oyalar Kadrlangan, talabalarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligini ularda ishonch hosil qilish zarur.
Kadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash jarayonini Kadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o‘z g‘oyalari, tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan Kadrlanayotganini tushungan chog‘dagina chuqur mas’uliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar.
Talabalar o‘z fikrlash jarayonini Kadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda o‘zgalar g‘oyalarini mexaniq tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. Talabalarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o‘z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim, shuningdek, katta hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin