Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to‘g‘risida umumiy bilim beradigan idrokning shaklidir.
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu tipida talaba g‘oya va hodisalarning o‘zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g‘oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog‘liq hodisalarni birlashtiradi.
Shaxsiy idrok etish. Talabalar o‘zlarida avvaldan mavjud bo‘lgan shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog‘lab tushunish jarayoni aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo‘yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, to‘g‘riligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir.
Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o‘ylab ko‘rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni Ychish imkoniyatini beradi:
talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
mashg‘ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
samarali munozaraga chorlaydi;
talabalarning o‘zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun yordam beradi;
talabalarga o‘z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi;
har qanday fikrlarga bo‘lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
talabalarda personajlarga bo‘ladigan iztirobini o‘stirishga yordam beradi;
talabalar Kadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.
.
Tanqidiy fikrlashning vazifasi. Demokratik jamiyatda har bir fuqaro o‘z oldida turgan muammolarni oqilona echish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu boisdan o‘quvchilarni darslarda ko‘proq bahsli tortishuvlarga sabab bo‘ladigan muammolar Yechimini topishga jalb etish lozim
Bahsli savollarni echish jarayonida o‘quvchilarda tinglash, muloqat olib borish, turlicha fikrlarni taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befarq qaramaslik kabi xislatlar shakllana boradi, masalalarni Ychish va tegishli hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, ma’lum ketma-ketlikda tafakkur yurgizish, to‘g‘ri echimlarni topish malakalari o‘zlashtiriladi.
Munozarali savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va ob’ektiv fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun talaygina metodika mavjud. Ro‘y berayotgan voqelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1.O‘quvchining o‘z fikrini erkin ifodalashi.
O‘quvchiga echimini topish uchun taqlif etilgan muammo bo‘yicha o‘z o‘rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Misol uchun, Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun sodir bo‘lganligi to‘g‘risida. Muammoga o‘quvchidan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sening fikring qanday? Bu haqda sen nimalarni o‘ylaysan? va boshqa.
2.O‘z fikrini oydinlashtirish.
O‘quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo‘shimcha tarzda quyidagi savollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisan? O‘z fikringni tushuntira olasanmi? Bu nima degani?
3.O‘quvchilarning fikrlarini asoslanganligini tekshirish.
Bu erda quyidagicha savollarning berilishi o‘rinlidir: Nima uchun sen aynan shunday deb o‘ylaysan? Sening mavqeingni tasdiqlovchi qanday asoslar bor? Nima uchun senda shunday taassurot tug‘ildi? qanday argumentlarni bildirgan fikring foydasiga keltirasan? Sening fikringni nima isbotlaydi? va hokazo.
4.Boshqalar fikrini o‘rganish.
Inson o‘z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat va ehtirom bilan qaravermaydi. Ayniqsa bu holatni ko‘proq o‘smirlarda kuzatish mumkin. Shubhasiz, ko‘p hollarda buning aksini ham ko‘rish mumkin. Shu bilan birgalikda qator murakkab muammolarning Ychimini topishda o‘zgalar fikrini eshitish va tinglash ko‘nikmasi juda asqotadi. Bu ko‘nikmani o‘quvchilarda shakllantirishni xohlasangiz, marhamat, quyidagi savollar bilan murojaat qiling: O‘z fikringizga muqobil bo‘lgan holatni bayon qila olasizmi? Bu haqda boshqalar nima deyish mumkin? Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?
5.O‘z holatini va o‘zgalar fikrini tahlil etish.
Bu haqda nafaqat o‘smirlar, balki kattalar ham ko‘pincha o‘ylashmaydilar. O‘quvchi xususiy fikri bilan to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni ham o‘zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. Shu maqsad uchun quyidagi savollar asqotishi mumkin: O‘z fikring ojizligi nimada? qarshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli yoki nima uchun kuchsiz? qanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni kuchsizlantiradi?
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o‘rganish uchun savollar: agar sizning g‘oyangiz qabul qilinsa, nimalar ro‘y berishi mumkin? Bu jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Uning natijasi kelajakka foyda beradimi?
6.Muammo bo‘yicha Yechim qabul qilish.
Bu “tanqidiy fikrlash” metodining so‘ngi bosqichi hisoblanib, o‘quvchilar tomonidan bildirilgan turlicha fikrlar qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo‘ldi? Siz bahsga qanday nuqta qo‘ygan bo‘lardingiz? va hokazo.
Bu metod ko‘proq huquqiy bilimlarni o‘zlashtirishda qo‘l kelishini ta’kidlash joiz. Huquqiy ta’lim bolalarga jamiyatda, jamoada, oilada o‘z o‘rnini topishlari uchun ko‘maqlashadi, atrofda ro‘y berayotgan voqealarga tanqidiy ko‘z bilan qarash va ob’ektiv baholash imkonini beradi. “Davlat va huquq asoslari” fani qator qarama-qarshiliklarni va tafovutlarni o‘rganadi.
Aslida qonunlar tafovutlarni Yechish uchun xizmat qiladi. Huquqni o‘rganish o‘quvchilarga jamiyatda ro‘y berayotgan tafovutli savollarni o‘z yoshiga muvofiq chuqur o‘rganishga, o‘zini o‘zbekiston fuqarosi deb his etishga undaydi.
“STEERT LAW” dasturidan joy olgan yana qator metodlarni (mediatsiya, kazuslarni o‘rganish, vizualli materiallar bilan ishlash, xayoliy sayohat, dunyo sudi va boshqa) tarjima va tahlil qilish, tartibga keltirishni davom ettirish mumkin edi. Biroq yaqin kelajakda bu dastur tarjima qilinib, alohida kitob shaklida nashr etilishga umid bog‘lab qolamiz.
Bu metodlardan didaktik jarayonning qaysi bosqichida foydalanish kerak? Shubhasiz, mavjudlik algoritmida (MA) - o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etishda - mustaqil o‘z-o‘zini (sinfdoshin ) o‘qitishda, yakka tartibda, kichik guruhlarda foydalaniladi. Ularni tanlash mezonlari esa o‘qituvchiga ma’lum: mavzudan ko‘zlangan maqsadga, mazmuniga mos kelishi, o‘quvchi va o‘qituvchining imkoniyatlari, vaqt o‘lchovi, mavjud o‘quv -moddiy baza va boshqalar. Eng asosiysi, yakuniy natijani ta’minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik muhit yaratilishi lozim.