Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə39/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

O‘zaro fikr olishuv Fikrlash jarayoni talabalarning o‘zaro fikr olishuvini ko‘zda tutadi. Talabalarning o‘zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o‘rganishdagi o‘rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o‘zlarida bo‘lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo‘lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.
O‘zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘zlovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilarni tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq talabalar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:



Tanqidiy fikrlashni ta’minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g‘oyalarini tahlil qilish, o‘rganilayotgan hikoyalarni o‘z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qo‘llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko‘rinishlarini ta’minalashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng quyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi.
Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat mexaniq eslashni va talabalarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma’lum predmetlar bo‘yicha bilim qismlari (fragment)ni talab qiladi.
Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga ko‘chirish talabalardan uni ko‘chim (transformatsiya) qilishni talab qiladi. Ko‘chirish savollari talabalarga o‘rganayotgan, tavsiflagan va ko‘rgan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini o‘zlari namoyish eta olishlari uchun beriladi. Ko‘chirish savollari talabalarni axborotlarni qayta ishlash yoki boshqa shakllarga ko‘chim qilishga ilhomlantiradi. Talabalarga sezish, ko‘rish (sensor) tajribasini yaratish, shundan so‘ng esa boshqalarga o‘z ko‘rganlarini Ytkazish uchun uni e’lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir.
Talabalarga g‘oyalar, faktlar, qaydlar va Kadriyatlar orasidagi bog‘lanishlarni ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan savollarga nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar deb qaraydi, boshqalari esa (Vogn va Estes) tushunishning o‘zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar.
Tatbiq qilishga qaratilgan savollar o‘qish (talaffuz) jarayoni yoki o‘rganish tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini Ychish va chuqur o‘rganish uchun imkoniyat beradi.
Tahlil etishga qaratilgan savollar talabalardan u yoki bu voqeaning ahamiyati Ytarli darajada yaxshi yoritilganmi, yo‘qmi degan savolga javob berishga undaydi.
Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni hal qilishga da’vat etadi. Sintez savollari talabalarga o‘zining barcha bilim va tajribalarini muammoning ijodiy Ychilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin.
Baholash savollari yaxshi va yomon, adolatli va adolatsizlik to‘g‘risida hukm chiqarish uchun beriladi.
Baholash savollari talabalar, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan o‘z munosabatini baholay olishi, ularni Kadrlay olishi uchun beriladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar:

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin