Munozarani o‘tkazish metodikasi. 1. Munozara olib boruvchi - boshlovchi (o‘qituvchi, jurnalist, boshliq va hokazo) mavzuni oldindan tanlaydi va ishtirokchilarni taqlif etadi.
2. Boshlovchi ishtirokchilarga “aqliy hujum” topshirig‘ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi:
- “hujum”dan maqsad - muammo Yechimiga oid variantlarni mumkin qadar ko‘proq taklif etish;
- o‘z aql-idrokingizni markazlashtirishga harakat qiling va diqqatni muammo Ychimiga qaratgan holda fikrlar bildiring. Bildirilgan g‘oyalar umumiy fikrga zid bo‘lsada, hech biri rad etilmaydi;
- boshqa ishtirokchilar g‘oyalarini ham rivojlantiring;
- taqlif etilganlarni baholashga o‘rinmang, bu ish bilan siz keyinroq shug‘ullanasiz.
3. Boshlovchi kotibini tayinlaydi va u yuzaga kelgan barcha g‘oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so‘zga chiquvchilar tartibi o‘rnatiladi, munozaraga barcha ishtirokchilar jalb etiladi va ularga o‘z fikrlarini ifodalash uchun imkoniyatlar berildi. Agar biror bir kishi tomonidan “aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari buzilsa, boshlovchi zudlik bilan muhokamaga aralashadi. Birinchi bosqich yangi g‘oyalar paydo bo‘lguncha davom etaveradi.
4.Boshlovchi ishtirokchilarning tanqidiy tafakkuri “charxlanishi” uchun qisqacha tanaffus e’lon qiladi. Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. “Aqliy hujum” ishtirokchilari guruhlanadi va birinchi bosqichda bildirgan g‘oyalarini mustahkamlaydilar. g‘oyalar guruh bo‘yicha birlashtirilib, mualliflar ularni tahlil qilishga kirishdilar va natijada o‘rtaga qo‘yilgan muammoning Ychimiga tegishli bo‘lgan fikrlargina ajratib olinadi.
Boshlovchi munozaraga yakun yasaydi.
Amerikacha munozara metodi turli shakllarda tashkil etilishi e’tirof etilgan. Bizning amaliyotda eng ko‘p tarqalgan turi - bu “telemunozara” hisoblanadi yoki aniqroq aytadigan bo‘lsak, jurnalist quddus A’zamning o‘quvchilar bilan telemuloqoti ana shu metodning o‘zginasidir.
Teleshou usulidagi munozara afzalliklari xususida ikki og‘iz: bu shaklda tashkil etish bir vaqtning o‘zida guruhda ma’ruza va munozara metodlarini qo‘llash imkoniyatini beradi. 3-5 kishi bo‘lgan guruh oldindan tanlangan mavzu bo‘yicha boshqa qatnashchi (tomoshabin)lar ishtirokida munozara o‘tkazadilar. Tomoshabinlar muhokamaga keyinroq qo‘shilib o‘z fikrlarini aytishadi yoki savol beradilar.
Teleshou shaklida tashkil etilgan munozarada berilgan mavzu bo‘yicha turli fikrlarni birmuncha aniq ifodalashga imkoniyat tug‘ildi. Albatta, bu Yerda muhokamaga jalb etilganlar suhbatga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari yoki shu soha bilimdonlari bo‘lishlari bilan birgalikda asosiy mavzudan chetga chiqib ketmasliklari kerak.
Teleshouda har bir ishtirokchiga o‘z fikrini to‘liq bayon qilishlari uchun keng imkoniyatlar berishi lozim (3-5 min). Boshlovchi munozara borishini kuzatib boradi, agar belgilangan mavzudan chetga chiqish hollari ro‘y bersa, darhol munozaraga aralashish shart.
“ Menyu ” metodi Yakka tartibda yoki kichik guruhlar bilan ish olib borishni hohlagan ijodkor o‘qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh (o‘quvchi) ga aniq topshiriq beriladi. Misol, “O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari” tasnifi xilma-xil. O‘qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi.
1.Konstitutsiyaviy huquqlar
2.Ma’muriy huquq asoslari
3.Fuqarolik huquqlari asoslari
4.Mehnat huquqlari asoslari
5.Ekologik huquqlari asoslari
Har bir guruh topshiriq oladi va 3 daqiqa davomida muhokama qilishadi, so‘ngra har guruhlardan bittadan vakil o‘qituvchi stoliga kelishadi va tayyor “Menyu”ni olib qaytishadi. Bu uzun qirqilgan qog‘ozlar - “Tillar” bo‘lib, ularda xilma-xil huquq normalari bayon qilingan bo‘ladi. Guruh vakili tillardan tanlab oladi va o‘z guruhiga olib keladi, keyin boshqa o‘quvchi shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig‘ilguncha bu holat davom etadi. 10 daqiqa davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu jadval qo‘lda tayyorlanishi ham mumkin yoki javoblar og‘zaki og‘zaki ham bo‘lishi mumkin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, o‘qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab beradi.