Urganch davlat pedagogika instituti


-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə18/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Umumiy psixologiya

3-Mavzu: Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi.
Reja:



Sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi
Teri tuyushning uch komponenti (sezish, haroratni sezish, og‘riqni sezish). Teri tuyushning murakkab shakllari va sezish idroki. Sezish va harakatni sezishni o‘rni. Sezish obrazining paydo bo‘lish fazalari. Obrazlarni bilish va qurishda informasion ko‘rinishlar. Sezishning fiziologik mexanizmlari. Eshitishning fiziologik va neyrofiziologik asoslari. Eshitish idrokining murakkab formalari. Ko‘rish analizatorining tuzilishi. Ko‘rish analizatorining yo‘llari. Ko‘rish analizatorining markaziy apparati. Birlamchi va ikkilamchi ko‘rish po‘stloqlari. Sezgilarni signalli aks ettirishi. Adaptasiyani vujudga kelishi. Adaptasiyaning periferik va markaziy mexanizmlari. Idrokning assosiativ nazariyasi. Nativizm va empirizm. Geshtalt psixologiyada idrok. Gibsonning idrok nazariyasi. Xebning idrok nazariyasi. Piajening idrok nazariyasi. Perseptiv faoliyat nazariyasi. Mutlaq eshitish. Har xil musiqiy ohanglarda tovushlarni idrok qilishning ketma-ketligi. Rang sinesteziyasini fizikasi va nutq tovushlarining fonologiyasi. So‘zlarni idrok qilish.



Sezgilar haqida tushuncha.
Tevarak-atrofdagi narsalar XAQIDA, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, mikdor va boshka Ko`plab narsalar tugrisida biz sezgi organlari tufayli bilamiz.
Sezgi – bu oddiy psixik jarayon bo`lib, u moddiy olamdagi narsa va xodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy ko`zgotuvchilar tegishli reo`eptorlarga bevosita ta’sir etgan takdirda organizmda xosil bo`ladigan ichki xolatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi xosil qildiradi.
Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi, jamlaydi va miyaga etkazib beradi. Miya bunday axborotni benixoya katta va tuganmas okimini xar dakikada qabul qilib va kayta ishlab turadi.
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yullaridir. Biz moddaning xech qanday shaqlini, xarakatning xech qanday shaqlini sezgilardan boshkacha yul bilan bila olmaymiz. Sezgi a’zolari kishiga tevarak-atrofdagi olamda muljal olish imkonini beradi. Agar kishi barcha sezgi a’zolaridan maxrum bo`lib kolsa bormi, u o`zining atrofida nimalar yuz berayotganini bila olmas, atrofdagi odamlar bilan munosabatga kirisha olmas, ovqatni qidirib topa olmas, xavf-xatardan qutilib qola olmas edi.
2.Sezgilarning fiziologik asoslari.Sezgilar moxiyatiga kura ob’ektiv olamning sub’ektiv siymosidir. Lekin sezgilarning xosil bo`lishi uchun organizm moddiy ko`zgotuvchining tegishli ta’siriga berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o`zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. Bu ish yo faqat ichki jarayonlardan, yoki tashki xarakatlardan iborat bo`lishi mumkin. Lekin u hamisha bo`lishi shart. Sezgilar muayyan payt davomida reo`eptorga ta’sir utkazayotgan ko`zgotuvchining o`ziga xos kuvvatini nerv jarayonlari kuvvatiga aylanishi jarayonida xosil bo`ladi.
Sezgi nerv sistemasining u yoki bu ko`zgotuvchidan ta’sirlanuvchi reako`iyalari tarzida xosil bo`ladi va xar qanday psixik xodisa kabi reflektor xususiyatiga ega. Ko`zgatuvchining o`ziga aynan uxshaydigan analizatorga ta’siri natijasida xosil bo`ladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik asosi bo`lib xisoblanadi.
Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1. Tashki kuvvatni nerv jarayoniga utkazadigan maxsus transformator xisoblangan periferik bo`lim (reo`eptor), 2. Analizatorning periferik bo`limini markaziy analizator bilan boglaydigan yullarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo`limlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir bo`ladigan kobik osti va kobik (miyaning o`zi bilan tugaydigan) bo`limlari. Sezgining xosil bo`lishi reflektor yoyi tufayli bo`ladi.
3.Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilarning ahamiyati. Kishi hayotida va uning faoliyatida sezgilar juda katta ahamiyatga ega. Sezgilarni o`rganish inson har qanday faoliyatining muvaffaqiyatli bo`lishini ta’minlaydi.
Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradi va ikki sohani ajratib ko`rsatish mumkin. 1. Sensor nuksonlar ko`rlik va karlikning o`rnini to`ldirish zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. 2. Sub’ekt faoliyati tufayli kasbga xos talablardan kelib chiqadigan sentsibilizatsiya. Ko`rish yoki eshitish sezgisining yo`qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to`ldiriladi.
Sezgi turlarining psixologik tavsifi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin