Urganch davlat pedagogika instituti


Xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə33/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108
Umumiy psixologiya

2.Xotira turlari, faoliyatga ko’ra xotira turlari, maqsadiga ko’ra xotira turlari, muddatiga ko’ra xotira turlari.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo`ladigan faoliyatining xususiyatlariga bog`liqligi xotiraning xar xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo`lib xizmat qiladi. Bunda xotira uchta mezonga muvofiq bo`linadi:

  1. Psixik faollik xususiyatiga kura xarakat, emoo`ional obrazli va so`z-mantiqli turlariga bo`linadi.

  2. Faoliyat maqsadiga ko`ra ixtiyorli va ixtiyorsiz turlarga bo`linadi.

  3. Materiallarni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga kura,qisqa muddatli, o`zoq muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi.

Xarakat xotirasi – turli xildagi ish-xarakatlar va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash, yana qayta esga tushirishdan iboratdir.
Emotsional xotira – xis – tuyg`uga hos xotiradir. Xis – tuyg`ular hamisha bizga extiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak – atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo`lga qo`yilganligi xaqida xabar berib turadi. SHuning uchun ham xissiy xotira xar bir kishining xayoti va faoliyatida muxim ahamiyatga egadir.
Obrazli xotira tasavvurlarni, tabiat va xayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, xidlarni, ta’mlarni esda olib qolishdan iborat xotira xisoblanadi. U ko`rish, eshitish, xid bilish, ta’m bilishga oid xotiradir.
So`z – mantiq xotira bizning o`y – fikrlarimiz mazmunini tashkil etadi. Fikrlar esa nutqsiz mavjud bo`la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so`z – mantiq xotira deb ataladi.
Xotirani ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo`lgan edik. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad qo`ymagan xolda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo`yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira bo`ladi.
Uchinchi gurux xotiraga qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiralar kiradi. Qisqa muddatli xotira materialni ko`p martalab takrorlash va qayta esga tushirishlar orqali uzoq vaqt esda olib qolinishi bilan ajralib turadigan uzoq muddatli xotiradan farqli o`laroq, bir martagina juda qisqa vaqt maboynida eslab qolish bilan belgilanadi.
Operativ xotira tushunchasi kishi tomonidan bevosita amalga oshiralayotgan dolzarb vazifalar, xarakatlar, ishlarga xizmat qiladigan mnemik jarayonlarni anglatadi. Qachonki biz biron murakkab xarakatni, misol uchun arifmetik amalni bajarayotgan bo`lsak, u xolda, uni qismlarga bo`laklarga ajratgan xolda bajaramiz. Bunda ishni bajarish davomida ayrim oraliq natijalarni «yodimizda» saqlab boramiz.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin