Urganch davlat pedagogika instituti


Xotira haqida tushuncha, xotiraning nerv-fiziologik asosi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə32/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108
Umumiy psixologiya

Xotira haqida tushuncha, xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va uno`tish kabi asosiy jarayonlar mavjud bo`ladi. SHu jarayonlarning xar biri aloxida mustaqil psixik xususiyat xisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi.
Muayyan bir materialni esda olib qolish xayot faoliyati jarayonida indiviual tajriba orttirishga bog`liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyatda qo`llanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog`liq bo`ladi. Chunki xar bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun xayotiy tajribasi bilan belgilanadi.
Xotira psixologiyaning eng ko`p o`rganilgan bo`limlaridan biri bo`lib xisoblanadi. Lekin xozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada o`rganilishi uni fanning tag`in ham muximroq muammosiga aylantirib qo`ydi.
Xotiraning nerv-fiziologik asosi. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir.
Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bo`lib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol o`ynashligi va bunda faollikning moxiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin.
Nazariyaning birinchi guruxi assoo`iativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga ko`ra, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning o`zida yoki bevosita birin-ketin paydo bo`lsa, u xolda xosilalar o`rtasida assoo`iativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bo`lishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assoo`iao`iyalar uch turli bo`ladi: o`xshashlik, yondoshlik va qarama – qarshilik assoo`iao`iyalari.
Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaqidagi fiziologik nazariyalar bilan bog`liqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga ko`ra xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil bo`ladigan muvaqqat bog`lanishlar tashkil etadi. Ana shu bog`lanishlar qanchalik mustaxkam bo`lsa, esda olib qolish ham shunchalik yaxshi bo`ladi. Ana shu muvaqqat bog`lanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, so`nib, yo`q bo`lib ketishi esa unitishga sabab bo`ladi.
Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini o`rganishning neyrofiziologik usuli bioximik Tadqiqotlar darajasiga tobora yakinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning o`zaro tutashgan joyida olib borilayotgan ko`plab tadqiqotlarda o`z tasdigini topdi.
Bioximik nazariyaning moxiyati quyidagidan iborat.
Birinchi bosqichda (ko`zgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga qaytuvchi fiziologik o`zgarishlarni keltirib chiqaradigan qisqa muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi.
Ikkinchi bosqich birinchi bosqich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi bosqich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni qisqa muddatli esda olib qolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda qaytarilmaydigan o`zgarishlarga olib keladigan ikkinchi bosqich uzoq muddatli xotiraning mexanizmi xisoblanadi.
Bu nazariya tarafdorlari tashkqi qo`zgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ro`y beradigan o`ziga xos ximiyaviy o`zgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saqlab qolish va yana qayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin