Urganch davlat pedagogika instituti


Esda tushurish bir necha xil bo`ladi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə35/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Umumiy psixologiya

Esda tushurish bir necha xil bo`ladi:

  1. tanish.

  2. eslash.

  3. bevosita eslash.

  4. oradan vaqt o`tkazib eslash.

  5. ijtiyorsiz eslash.

  6. ixtiyoriy eslash.

Tanish deb ilgari idrok qilgan narsalarni takror idrok qilganda u narsaning esga tushishiga aytiladi.
Eslash narsani, uning o`zini shu paytda idrok qilmay turib esga tushurishdir.
Bevosita esga tushurish materialni o`qib chiqish bilanoq, boshqa xech narsani o`ylamasdan, shu paytning o`zidayoq esga tushurishdir.
Oradan vaqt utkazib esga tushurishda biror material oradan bir necha kun, xatto bir necha oy o`tkazib esga tushiriladi.
Biror narsani esga tushurish beixtiyor va ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda kishining o`z oldiga maqsad kuymasdan, irodaviy kuch sarf etmasdan esga tushirishga aytiladi.
Ixtiyoriy esga tushurish biror maqsad bilan esga olinishi kerak bo`lgan materialni tanlab, ataylab xarakat qilib, maxsus esga tushirish demakdir.
Esda saqlash va unutish.
Esda saqlash deyilganda ilgari paydo bo`lgan taassurot, fikr, xis-tuygu va ish-xarakatning jonlanib, takrorlanib turishiga moyillik paydo qilishi va mustaxkamlanishini tushinamiz. SHunday mustaxkamlanishga sabab nerv sistemasining plastikligidir.
Biz ukib olgan material uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qayday bo`lgan bo`lsa, albatda aynan shundayicha saqlanib turavermaydi. Lekin ayrim formulalar, ta’riflar, ko`paytirish jadvallari, mashina va telefon nomerlari miyamizda aynan saqlanishi ham mumkin.
Unutish – ilgari esda olib qolgan narsalarimizning ongimizdan qisman yoki tamoman yo`qolishidir. Unutish qisman va butunlay bo`lsa ham, u qachondir yana esga tushadi.
Unutishni tamoman salbiy xodisa deb tushunish yaramaydi. CHunki keraksiz narsalar unutilib, miya bushashi ham lozim. Ayniqsa, turli g`am-g`ussalar tezda unitilmasa, kishini umr bo`yi qiynashi, azoblashi mumkin.
SHunga qaramay, uno`tishga karshi kurash olib borish lozim. Buning uchun materialni tez-tez takrorlab turish, uni turmushga, amaliy faoliyatga tadbiq qilib borish, o`rganilayotgan materialni oldingilari bilan bog`lab borish va boshqa usullarni qo`llash zarur.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin