Urganch davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə37/108
tarix27.04.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#103853
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Umumiy psixologiya

5-Mavzu: Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi.

Reja


Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi
Tafakkur bilish jarayonlari tizimida. Tafakkur va ong. Tafakkur va muloqot. Tafakkur psixologiyasi sohasida ishlarning nazariy va amaliy ahamiyati. Tafakkur turlari: ko‘rgazmali-obrazli, ko‘rgazmali-harakat va so‘z-mantiq tafakkurlari. Konkret va abstrakt tafakkur (Goldshteyn bo‘yicha). Empirik va nazariy tafakkur (V.V.Davidov bo‘yicha). Amaliy va nazariy tafakkurni qiѐslash (B.M.Teplov bo‘yicha). Produktiv va reproduktiv tafakkur. Ijodiy va tanqidiy tafakkur.



Tafakkur haqida tushuncha.
Tashqi olamdagi voqeilikni sezgi, idrok va tassavur jarayonlari orqali bilish muxim ahamiyat kasb etadi, lekin o`rganilayotgan narsa va xodisalarni atroflicha chuqur aks ettirish uchun bular xali etarli emas. CHunki ularning o`zaro munosabatlari, sifat va miqdor o`zgarishlari, murakkab ichki bog`lanishlari, o`zaro ta’sir etish xossalarini bevosita kuzatish yoki xissiy obrazlar yordamida aniqlash imkoniyati yo`q.
Madomiki shunday ekan, sub’ektning bilish /anglash/ lozim bo`lgan ob’ekt bilan o`zaro ta’sirini bevosita aks ettirish yo`li orqali bo`laqlarga ajratish imkoniyati cheklanganligi sababli xissiy bilish bosqichidan aqliy bosqichga, ya’ni tafakkurga o`tish zarurati tug`iladi.
Fikr yuritish yordamida atrof – muxitni chuqurroq bilish, narsalar, voqealar va xodisalar o`rtasida mavjud bo`lgan o`zaro ichki munosabatlar, bog`lanishlarni aniqlash muammoli tarzda namoyon bo`ladi. Inson oldida muammo vujudga kelmas ekan, u xolda tafakkur jarayoni xosil bo`lishi mumkin emas.
SHunday qilib, inson o`zining bilish faoliyatida voqeilikning murakkab jixatlarini xissiy bosqich yordami bilan aks ettira olmay qolganda tafakkurga, fikr yuritishga murojaat qiladi.
Insonning bilish faoliyatida sezgi, idrok, tassavur obrazlari bilan tafakkur o`zaro uzliksiz ravishda bir – birini boyitib turadi. Ana shunga binoan bilish jarayonining xissiy va aqliy bosqichlari mavjuddir.
Tafakkur, sezgi va idrokdan farq qilib, bir nechta xususiyatga egadir. Uning birinchi xususiyati voqeilikni umumlashgan xolda aks ettirishdir.
Tafakkurning ikkinchi muxim xususiyati bog`lanishlarni bevosita aks ettirishdir. Bu xususiyat tufayli tabiat va jamiyatdagi turli xodisa va voqealar o`rtasidagi bog`lanishlarni tushuntirish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Tafakkurning uchinchi xususiyati so`z /nutq/ orqali narsa va xodisalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir. Insonnning fikr yuritishi bir va undan ortiq so`zlar, tushunchalar vositasida ifodalanadi. SHuning uchun odam o`ylayotganda o`z fikrini aytayotgandek, gapirayotganda esa fikr yuritayotgandek tuyiladi.
Ergash G`oziev o`zining «Tafakkur psixologiyasi» /Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1990 yil/ kitobida ta fakkurga quyidagicha ta’rif bergan. «Tafakkur atrof muxitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan xolda aks ettiruvi psixik prosess, sosial sababiy bog`lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va prognoz qilishga yo`naltirilgan aqliy faoliyatdir». Bizningcha, ushbu ta’rifda tafakkurning eng muxim xususityalari va funktsiyalari sanab o`tilgan.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin