72-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
73-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, etkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
74-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
75-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH. MIRZIYOEV
Konsepsiya (lot. conceptio — majmua, tizim) —
1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar;
2)adabiyotda — biror asarning asosiy gʻoyasi. KONSEPSIYA badiiy asar mohiyatini, ijodkorning "meni"ni ifoda etadi.
Biroq badiiy asar K.si ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz KONSEPSIYA.siga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda badiiy asar KONSEPSIYAsi alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq mohiyatiga koʻra, KONSEPSIYA bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz KONSEPSIYA.si yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining KONSEPSIYA si tarzida qoʻyish ham mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar KONSEPSIYAsi unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, KONSEPSIYAbadiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi.
8 bob 70 moddadan iborat. II bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari 6. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
7. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish;
tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg‘or yutuqlaridan samarali foydalanish;
tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish;
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish;
ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi.