Kompaniyalar samarali faoliyat yuritishi uchun qanday m a’Iu-
mot kerak bo‘lishi mumkin?
Bu savolga quyidagicha yondashish
mumkin:
•
Bizning xaridorlarimiz kimlar?
Ular yoshmi yoki keksa; erkakmi yoki ayol; mahalliy xaridormi
yoki milliy, xalqaro; ulaming daromadi qanday?
• Mijozlar bozordagi qarorlami qanday qabul qilishadi?
Ular mahsulot xarid qilishda qanday m a’lumotlar haqida fikr
yuritishadi? Ulaming qaror qabul qilishi uchun qancha vaqt ketadi? Ular
mahsulotlami o‘rinbosar mahsuloti bilan solishtiradimi?
•
Bizning mahsulotimiz bozorda qanday sotilmoqda?
Sotuv darajasi o ‘smoqdami / kamayaptimi yoki barqarormi? Bozor
sig'im i o ‘sib bormoqda / qisqarmoqdami yoki barqarormi; biz kom pa
niyaning bozor ulushini oshiryapmizmi?
•
Raqobatchilar tomonidan yangi mahsulotlami jo riy qilmoqdami?
Raqobatchilar tomonidan yangi taklif etilgan mahsulot narxi
arzonmi yoki qimmatroq, unda qanday yangi xususiyatlar mavjud, raqo-
batchi kompaniya o ‘z mahsulotini qanday sotmoqda va targ‘ib qilmoq-
da?
•
Bozordagi о ‘zgarishlarga qanday qilib muvaffaqiyatli ja vob bera
olamiz?
Biz yangi mahsulotlami ishlab chiqannoqdamiz yoki eski mahsulot
lami o ‘zgartira olamizmi? Mavjud mahsulotlami yangi bozorlarga
chiqarishimiz kerakmi? Ushbu o ‘zgarishlar kompaniyaning korporativ
maqsadlariga mos keladimi?
Dostları ilə paylaş: