113
6 3 . Bozor konyunkturasi haqida tushuncha
Marketing faoliyatida bozomi o ‘m atishning asosiy elementlaridan
biri bozor konyunkturasini o ‘matish bilan bog‘liq b o ‘ladi.
Konyunktura deganda m a’lum omillaming ta ’siri natijasida vujudga
keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillaming
o ‘zgarishi konyunkturaning o ‘zgarishiga olib keladi. Yanada aniqroq
qilib aytadigan bo‘lsak, bozor konyunkturasi - bu m a’lum bir vaqtda,
m a’lum bir hududda talab bilan taklif o ‘rtasidagi nisbatdir.
Marketingda esa bozor konyunkturasi deganda belgilangan vaqtda
maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi
tushuniladi. Bozor konyunkturasini o ‘m atish zarurati, quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi:
A) odatda bozor sig‘imi, segmentlanishi va ishlab chiqarishning
elastikligi (qayishqoqligi) o ‘zgarib boradi, shu sababli ulaming
monitoringini amalga oshirish lozim.
B) bozordagi omillar kompleks ravishda ta ’sir o ‘tkazish sababli
ulam i alohida o ‘matish tegishli samara bermaydi;
D) bozor to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar odatda retrospektiv xarakterga
ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasini o ‘matish mazmuni va tartibi firma tomoni
dan k o ‘zlangan maqsadga bog‘liq b o ‘ladi va uch turga boMmadi: kon
yunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.
Konyunkturaning shakllanishi va o‘zgarishi asosan narxlar, qimmatli
qog‘ozlar, ishlab chiqarish hajmi, bandlik va boshqalaming harakatini
belgilovchi omillarga asoslanadi. Bozor konyunkturasini o‘rganishning
asosiy maqsadi uning muvozanatining tabiati va darajasini, birinchi
navbatda talab va taklifning nisbatini aniqlashdir. Bozor mexanizmining
mohiyati talab va taklifning muvozanatini saqlash istagida namoyon
b o ‘ladi. Biroq, stoxastik tabiatga ega b o ‘lgan bu jarayon ko‘plab
qarama-qarshi omillaming doimiy ta ’siri ostida ro ‘y beradi, bu esa
doimiy o ‘zgaruvchanlik va bozor rivojlanishining asosiy tendensiyasi-
dan og‘ishlaming mavjudligini aniqlaydi.
Konyunktura axborotnomasi - bu bozor konyunkturasining hozirgi
holati va uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatdir. Bu
konyunkturani o ‘m atishning eng sodda shakli b o iib , odatda savdo
assortimentining maqbulligini baholash uchun foydalaniladi.
114
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatda keltirgan
omillarning tahlilini o ‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tah
lil bozor konyunkturasining maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omil
larning ta ’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Konyunktura prognozi bozordagi holatni m a’lum davr ichida oldin-
dan ko'rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o ‘z ichiga oladi.
Bunda konyunkturaga ta’sir o ‘tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi
xususiyatlarini aniqlashga e ’tibor qaratiladi.
Shuni e ’tiborga oJish lozimki, konyunktura tahlili va prognozida
uning o ‘ziga emas, balki konyunkturaga ta ’sir qiluvchi omillami ajratish
m aqsadga muvofiq b o iad i. Har qanday bozor konyunkturasini belgilab
beruvchi omillami ikki guruhga b o iis h mumkin:
• makroiqtisodiy omillar;
• mikroiqtisodiy omillar, y a ’ni m azkur bozordagi talab, taklif, narx
va raqobat omillari.
Har qanday alohida tovar bozori mamlakat iqtisodiyotidan ajralgan
holda rivojlana olmaydi. Shu sabab, iqtisodiyot qanday holatda, uning
jahon bozorida tutgan o ‘m i qanday, milliy boyliklar qay darajada
qoilanilm oqda degan savollarga javob topish lozim b o iad i.
Konyunkturani o ‘matishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning
holatini tahlil qilishdan boshlanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy
daromad, eksport hajmi, investitsiyalar va iste’mol darajasi va boshqa
ko'rsatkichlar ichki bozoming rivojlanganlik darajasini aniqlashga
yordam beradi.
Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-
ikki yil oldin bajarilgan harakatlaming mahsuli b o igan ligi sababli, m ak
roiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga
muvofiq.
Keyingi bosqichi bozomi shakllantiruvchi sohaning tahliliga
bag'ishlanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish lozim b o iad i:
Sohaning iqtisodiyotdagi o ‘mi qanday?
Soha texnologik jihatdan qaysi bosqichda?
Sohaning rivojlanish sur’atlari qanday?
Sohada qanday muammolar mavjud?
Bunday izlanish natijasida taklifning umumiqtisodiy imkoniyatlari
m a iu m b o iad i. Shunisi e ’tiborliki, makroiqtisodiy omillarning tahlili
kompleks ravishda olib borilishi va olingan m a’lumotlar keng doiradagi
115
konyunktura tahlillarda qo'llanilishi mumkin. Shu sababli ko'pchilik
davlatlardagi, shu jum ladan 0 ‘zbekistonda bunday axborotlarni davlat-
ning maxsus organlari va xalqaro tashkilotlarning vakolatli organlari
tayyorlab beradilar. Masalan, BMTning inson taraqqiyoti hisobotlari
TASIS dasturining iqtisodiy rivojlanish axborotnomalari, O'zbekiston
Respublikasi Statistika qo'm itasi tahliliy axborotlari va h.k.
Yuqorida sanab o ‘tilganidek, mikroiqtisodiy omillarga ushbu bozor
dagi talab, taklif, narx va raqobat kiradi.
Bozor konyunkturasi tahlilida talabning barcha jihatlarini o'm atish-
ga alohida e ’tibor beriladi. Jumladan: talabning geografik taqsimlanishi,
assortimentning kengligi va chuqurligi bo'yicha taqsimlanishi, iste’mol
intensivligi, hajmi va boshqa xususiyatlami o'm atish zarur bo Mad i.
Talabni o'm atishda avvalo qondirilgan talab, alohida turlari bo'yicha
tahlil qilish orqali qondirilgan talab o'rganiladi, qondirilmagan talab esa
sotuvchilar va xaridorlaming fikrini o'm atish usullari yordamida aniq-
lanadi.
Konyunkturaga ta ’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tovar taklifidir.
Taklifhi o'm atishda avvalo tovar manbalariga, sotishga taklif etiladigan
tovar hajmi va tarkibiga, tovar zaxiralariga e ’tibor beriladi. Tovar
manbalarini tahlil qilish savdo tizimiga mahsulot yetkazib beruvchi
korxonalar ro'yxatini tuzish va ularning imkoniyatlarini o'm atishdan
iborat bo'ladi.
Ishlab chiqaruvchilar tovarlaming assortimenti va yetkazib berish
muddatlari taklifming tarkibini aniqlashga yordam beradi. Shundan
so'ng bozor ishtirokchilaridagi tovar zaxiralari tahlil qilinadi. Zaxiraning
hajmi va tarkibi, qachon vujudga kelganligi, zaxiraning almashib borish
dinamikasi va boshqa ko'rsatkichlar taklifning talabga nisbatini aniq
lashga xizmat qiladi. Savdo tashkilotlarida yuritiladigan hisob tizimining
m a’lumotlari, inventarizatsiya natijalari va maxsus izlanishlar tovar
zaxiralarini kompleks o'm atishga asos bo'ladi.
Narxlam ing bozor konyunkturasidagi o 'm i va ularning shakllanish
xususiyatlarini hisobga olgan holda narx tahliliga katta e ’tibor beriladi.
N arxlam i o'm atishda quyidagilar tahlil obyekti sifatida olinadi: narxlar-
ning barqarorligi tovar assortimenti doirasida narxlaming o'zgarish
darajasi, sotuvchi tomonidan narxlar bo'yicha o'zgam vchan tizimlarni
qo'llash, mavsumiy narxlaming qo'llanilishi va boshqalar. Narx bozor
konyunkturasiga ta’sir qiluvchi eng murakkab omil hisoblanadi. Uning
116
o ‘ziga ham bir qancha omillar ta’sir k o ‘rsatadi. Shu sababli narx
tahlilida nafaqat hujjatlami tekshirish usuli, balki maxsus usullar ham
keng q o ‘llaniladi.
Mikroiqtisodiy omillardan yana biri shu bozordagi raqobatdir.
Tovar bozorlaridagi raqobatni tahlil qilishdan avvalo korxonalar
raqobati, so‘ng tovarlar va ehtiyojlar raqobati o ‘rganiladi. Korxonalar
raqobatining
tahlili
sotuvchilar
soni,
ixtisoslashuvi,
mahsulot
assortimenti, ishlab chiqarish hajmi, yo‘naltirilgan maqsadli segmenti va
boshqalami o ‘z ichiga oladi.
Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura
prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, о ‘m ini bosuv-
chi tovarlar va to ‘ldiruvchi tovarlaming o ‘zaro muvozanatini aniqlashga
qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozomi
o ‘m atish usullaridan keng foydalaniladi.
Bozor konyunkturasini o ‘m atishining sotuvchi va ishlab chiqaruv-
chilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi
yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash b o ‘yicha
aniq va ishonchli axborotga ega b o ‘lishda namoyon b o ‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |