Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/190
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190
4.Abdullayev I.S. Marketing Darslik 2020

Shaxsiy kamol topish

ehtiyojlari
Ijtimoiy ehtiyojlar
Xavfsizlikka ehtiyojlar
Fiziologik ehtiyojlar 
j
1.5.2-chizma Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi
Ayirboshlash 
- bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasida o ‘zaro tovarlarni 
almashinish jarayoni.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida ayirboshlash jarayonida 
quyidagilar talab qilinadi:
• kamida ikkita predmet mavjudligi;
• har bir shaxs boshqa tomonga nisbatan m a’lum qiymatga ega 
b o ig a n tovarga ega b o iish i kerak;
• har bir subyekt qaror qabul qilish uchun erkin b o iish i kerak 
(almashinuvni qabul qilish yoki rad etish);
• har bir subyekt boshqa subyekt bilan munosabatlarga kirishish 
jarayonida ishonchlilik tamoyili b o iish i lozim.
Agar ushbu shartlar bajarilsa ayirboshlash jarayoni amalga oshadi.
21


Ayirboshlash pul vositasida yoki barter usulida amalga oshirilishi 
mumkin.
Bozor (market) 
- keng m a’noda muomala sohasi bo ‘lib, tovar ayir­
boshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan 
oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul 
muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko'pincha. marketingda 
bozor deganda m a’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qon- 
dirish imkoniyatiga ega bo ‘lgan potensial iste’molchilaming majmuyi 
tushuniladi.
Bozor m a’lum bir qiymatga ega b o ‘lgan turli xil obyektlar b o‘yicha 
tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli 
qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozor va boshqalar shular jum- 
lasidandir. Iste’molchilaming turiga qarab iste’mol bozori va korxonalar 
(tashkilot) bozoriga b o ‘linadi.
Iste’mol bozori 
- bu tovarlar va xizmatlami o ‘zining shaxsiy 
ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan 
iborat b o iib , ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xil- 
ligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxona (tashkilotlar) bozori deganda o ‘z navbatida, ishlab chiqa­
rish - texnik maqsadlarda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qoilan ila- 
digan tovarlar va xizmatlami sotib oluvchi korxonalar va shoxobchalar- 
ning majmuyi tushuniladi.
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o ‘z faoliyatlarini yuritish 
uchun tovarlar va xizmatlami sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma 
b o ‘g ‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin