Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakultet iqtisodiyot kafedrasi «makroiqtisodiyot»


MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN SOLIQ ISLOHOTLARI



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə10/13
tarix26.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#161766
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Doston

2.4. MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN SOLIQ ISLOHOTLARI.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatori soliq sohasida ham rivojlanishning asosiy maqsadlari belgilab olindi
Oʼzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlarini va 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida15 belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.16
Аsosiy maqsad:
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani soʼzsiz bajarish;
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish darajasining oshishini taʼminlash;
• uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha preventiv va oldini olish choralarini qoʼllash. (manbaa: https://soliq.uz/page/hukumat-dasturlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-yanvar kuni Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Buning natijasida oʻtgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion soʻm mablagʻ qoldi.
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdir.
Yigʻilishda buning uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
– Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qoʻshimcha daromadlarni taʼminlashi uchun oʻzi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari isteʼmoli va toʻlovi boʻyicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondashuvi tanqid qilindi. Oʻtgan yili Mirzo Ulugʻbek, Gʻuzor va Muborak tumanlarida faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani koʻrsatib oʻtildi.
– Bitta tadbirkor oʻz faoliyatini toʻxtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya taʼkidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni koʻpaytirishdir.
Yigʻilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini taʼminlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.
Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni tiklashga koʻmaklashish kerakligi taʼkidlandi. Buning uchun elektr, gaz, yoʻl, suv bilan bogʻliq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan daromadlar, birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga yoʻnaltirilishi belgilandi.
Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263 gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obyektlaridan samarali foydalanilsa, koʻplab yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda shu borada manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs soligʻi toʻlovchilarni hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish oʻrinlari va tadbirkorlar faoliyatini legallashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berdi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni qisqartirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda debitor qarzdorlik koʻpaygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishi bilan birga hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga sabab boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qoʻyib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar bilan uzluksiz taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Maʼlumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzqurilishmaterillari”, “Oʻzkimyosanoat” kabi yirik korxona va tashkilotlar byudjet koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yigʻiladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga oʻz komplekslari tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini har oyda muhokama qilib borish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos.
Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yogʻ-moy va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik soliq toʻlovchi subyektlar boʻyicha dividend toʻlash miqdori va davriyligini belgilash vazifasi yuklatildi.
Yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet daromadlarini oshirish boʻyicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga toʻliq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Maʼlumki, oʻtgan yili soliq tizimidagi oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.
Joriy yil 1-yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar toʻgʻri qoʻllanishi, aholining huquq va manfaatlari taʼminlanishi uchun oʻzgarishlardan barcha xabardor boʻlishi kerak.
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini taʼminlashga imkon boʻladi. Undan tashqari, hujjatda koʻzda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targʻibot tadbirlarini oʻtkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot boʻyicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Yangi kodeksda soliq organlariga ham koʻplab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan oʻzgartirishi zarurligi taʼkidlandi.
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari oʻtkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan obyektlarda qurilishni boshlash va loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi.
– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy kompleksdan katta masʼuliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar uchun “iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili” boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobot berdi. ( manbaa: 17






https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-uzbekistana/8228-shavkat-mirziyoyev-yagona-yo-limiz-tadbirkorlar-sonini-ko-paytirish-odamlarni-ishbilarmon- O’zbekistonda soliq sohasidagi asosiy ko’rstkichlar18


4-rasm. 2019-yil byudjet tushumlarining ulushi (foizda)

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin