Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Kurs ishi lyihasining maqsadi



Yüklə 180,44 Kb.
səhifə3/17
tarix11.10.2023
ölçüsü180,44 Kb.
#153941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
MEHMONXONALARDA VIRTUAL AXBOROT TIZIMI kurs ishi

Kurs ishi lyihasining maqsadi - mehmonxona korxonasi haqida tushuncha berish, mehmonxona bo’limlari va ularning ishini, xodimlar faoliyatini samarali tashkil etishni o’rganish to’g’risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar "Turizmda mehmonxona xizmatlari" o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
So’nggi yillarda xizmat ko’rsatish sohalarida turizm industriyasi, davlatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin egallab bormoqdaki, uning izchil rivojlanishida mehmonxona industriyasi ham takomillashib bormoqda. Chunki, turizm industriyasida u bilan chambarchas bog’langan mehmondorchilik biznesining omili bo’lgan mehmonxonalar xo’jaligi hisoblanadi.
Chunki, hozirgi vaqtdagi turizmning jadal ravishda rivojlanishi mehmonxonalar rivojlanishining mo’ljali bo’lib hisoblanadiki, unga bog’liq vazifalarni bajarishda xizmat ko’rsatishning sifatini, ayniqsa mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish sifatining darajasini ko’tarish zarur bo’ladi.
Mehmonxona xo’jaligi o’ziga butun bir kompleks xizmatlarni oladiki, bular yurtimizdagi tashqi va ichki turizmning rivojlanishida, xalqaro turizm bozorida raqobatbardosh bo’lishligini bosh omili hisoblanadi. Turistik -mehmonxona kompleksi murakkab korxonalardan hisoblanib, ularda yuzlab xodimlar turli mutaxassislikda mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish faoliyati olib borishadi.


I BOB. Mehmonxonalarda virtual axborot tizimi
1.1.Axborot tizimi tushunchasi
Hozirgi davr iqtisodiyotining murakkabligi va jo‘shqinligi uning tuzilmasini unsurlarining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasini, unsurlar ishlashi optimal tartiblarini belgilashni o‘rganishni, ya’ni iqtisodiyotni yaxlit tizim nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko‘zda tutadi.
Tizim so‘zi rus tilidagi sistema so‘zining tarjimasi bo‘lib, oxirgisi yunoncha so‘zi bo‘lmish “systema” so‘zidan olingan. Systema so‘zining asl ma’nosi – bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan qismlar va elementlar to‘plamining yaxlit butun ob’ekti tushuniladi.
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo‘nalish bo‘lib, ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o‘rganadi.
Hozirgi kunda fan va tеxnikada ko`p qo`llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim – bu tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik dеgan ma'noni anglatadi. Umumiy holda tizimga quyidagicha ta'rif kеltiramiz.
Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin.
Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo`lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotеzalardan iborat. Yangi axborot tеxnologiyasi ham moddiy tizim elеmеntlarini (kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson bilimlari va hokazo) o`z ichiga oladi. Shu orada axborot tеxnologiyasiga ta'rif bеrib o`tish maqsadga muvofiqdir.
Tizimlar tuzilishi bo`yicha oddiy yoki murakkab bo`lishi mumkin.
Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elеmеntlar soni kam bo`lib, sodda tuzilishga ega bo`ladi.
Murakkab tizimlar esa, bir nеchta elеmеntlardan tashkil topgan bo`lib bu elеmеntlar ham o`z navbatida alohida tizimlarga bo`linishi mumkin.
Vaqt davomida o`zgarishga qarab tizimlar statik va dinamik turlarga ajratiladi. Statik tizimlar ma'lum vaqt oralig`ida o`z holatini saqlab qoladi. Dinamik tizimda esa, vaqt o`tishi bilan holat o`zgarib boradi.
Tashqi muhit bilan bo`ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo`lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan aktiv aloqada bo`ladi. Yopiq tizimlarning elеmеntlari esa tashqi muhitdan ta'sirlanmaydi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob'еktlar», «aloqalar», «xususiyatlar».

Yüklə 180,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin