Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə12/14
tarix17.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#115417
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
ROSSIYA OXIRGISI

2.4. Rossiya tashqi iqtisodiy aloqalari
Rossiya tashqi aloqalarida MDH davlatlari, Xitoy va rivojlangan davlatlar muhim o’rin tutadi. Rossiya chetga yoqilg’i va elektr – energiyasi , ruda va konsenrtatlar, metallar va metal buyumlar, yog’och, taxta va sellyuloza qog’oz mahsulotlarini va boshqa tovarlarni eksport qiladi.
Importida mashina va jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni, paxtani chetdan oladi. Germaniya, Italiya, Fransiya, Avstriya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Bolgariya, Ruminiya va boshqa Yevropa davlatlari Rossiya nefti va gazining asosiy iste’molchilaridir.
Rossiya federasiyasi 10 ta iqtisodiy rayonga bo’linadi:
1. Markaziy rayon
2. Markaziy qoratuproq rayoni
3. Volga – Vyatka rayoni
4. Shimoli – G’arbiy rayon
5. Volgabo’yi rayoni
6. Shimoliy Kavkaz rayoni
7. Ural rayoni
8. G’arbiy Sibir rayoni
9. Sharqiy Sibir
10. Uzoq Sharq rayoni.
Hozirgi kunda xo’jaligi intensiv rivojlanib borayotganligini, “kuchlarni qayta guruhlarga bo’lishi”ni hisoba olib, jahon iqtisodiyotida ananaviy b o’lib kelgan markazlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar o’zgarib borayotganligi, yangi mamlakatlar va mintaqaviy guruhlar “qorong’ilikdan” ozodlik sari ajralib chiqayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday davlatlar nihoyatda muhim.
Rossiyaning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rnini aniqlashimiz mumkin. Ular o’rtasidagi munosabatlarni, ularning, shuningdek, Rossiya va jahon iqtisodiyotining axvoli iqtisodiy xavfsizlik tomonlariga ham etiborni qaratishimiz zarur[25].26 Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy va geografik jihati shundaki, hududining 2/3 qismi chekka Shimol rayonlari va iqlimi sovuq bo’lgan og’ir sharoitli zonalarga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham Rossiya qishloq xo’jaligining faqat 35%ida g’alla va boshqa madaniy ekinlaridan hosil olinadi, holos.
Rossiyaning shimoliy tekisliklarida aholi yashashi uchun juda katta energetika harajati talab qilinadi. Rossiya juda boy tabiiy resurslarga ega bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda nodir qimmatbaho rangliyer osti metallari, ko’plab madaniy texnik ekinlar xom ashyosi va tayyor mahsulotlari bilan, istemol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilanyetarli ravishda taminlanmaydi.
Keyingi yillarda Rossiyaning muhim xalqaro mintaqaviy bozorlar va tovarlar bozorlaridagi ishtiroki keskin qisqarmoqda, shuningdek, sobiq UIYoK (SEV) va MDHda, shuningdek, rivojlanayotgan barcha mamlakatlarning bozorlarida tasirinitobora yo’qotmoqda. Tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi chet ellik raqobatchilarini o’z ichki bozorlaridan siqib chiqarmoqdalar.
AQSh salmog’i ortib bormoqda. Mamlakat aholisining asosiy qismi malumotli va yuqori madaniy darajali. Shunga qaramasdan, Rossiyaning xo’jalik mexanizmini butunlay bozor iqtisodiyot asosida qayta ko’rish zarurdir. Buning uchun esa bozorga o’tishning muhim omillarini aniqlab olish va yangi sharoitga moslashtirish maqsadga muvofiqdir. Rossiyada bozor infratuzilmasining takomillashgan tomonlari-bank tizimi, fond bozorlari, sug’urta institutlari va boshqalar tashkil topmoqda. Ammo Rossiyaning iqtisodiy hayotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish sohalarida nihoyatida murakkab muammolar haligacha hal qilinmayapdi[27].27
Rossiya-yadro kuchiga ega .Dunyoning yetakchi kosmik kuchlaridan biri.Rossiya BMT xavfsizlik Kengashining veto huquqiga ega doimiy a'zosi; dunyoning zamonaviy buyuk davlatlaridan biri. Shuningdek, Rossiya bir qator xalqaro tashkilotlardan iborat: BMT, G20, MDH, KXShT, JST, YEXHT, SHHT, APEC, BRIKS, XOQ va boshqalar.
1991 yil oxirida SSSR qulaganidan so'ng, Rossiya Federatsiyasi xalqaro hamjamiyat tomonidan SSSRning huquqiy vorisi sifatida tan olingan.
2021 yil uchun YAIM (nominal) hajmi taxminan 1,8 trillion dollarni tashkil etdi, bu Rossiyani dunyodagi eng katta iqtisodiyot bo'yicha 11-o'rinni egallaydi (PPP bo'yicha qayta hisoblanganda — 6-o'rin).

XULOSA
Rossiya nafaqat qudratli iqtisodiy balki harbiy va boshqa sohalarda ham ancha olsinlarda bo’lgan davlatlar sirasidan. Bularga sabab, bu mamalakatning maydonining nihoyatda kattaligi va shu sababli turli qazilma boyliklarga boyligi, resurslar bilan ta’minlaganligi ta’rifga arzirli darajada. Rossiya maydoni kattaligi uning asosiy yutuqlaridan biri. Shu sababdan qo’shnilari ham o’ziga yarasha ko’p. U qo’shnichilik orqali o’z manfaatlarini aynan shu davlatlar orqali ta’minlay oladi. Hozirda bizning arzon mehnat resurslarimiz ham aynan mana shu vajdan bu mamlakat rivojiga hissa qo’shmoqda. Bugun o’rganganlarimiz orqali "Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi" fanidan ko'rib chiqilgan asosiy mavzular tahlilqilindi. Rossiyaning tabiiy resurs potentsiali, uning iqtisodiy bahosi, agrosanoat majmuasi, qora va rangli metallurgiya, kimyo-o'rmon xo'jaligi kompleksi, mashinasozlik majmuasi, yengil sanoat, yoqilg'i -energetika kompleksi, qurilish kompleksi va transport majmuasi. Agrosanoat majmuasi va uning tarmoqlariga tavsiflar berilgan. Sharqiy Sibir iqtisodiy rayonining xususiyatlari, tabiiy va mehnat resurslarining xususiyatlari, iqtisodiy rayonning transport va agrosanoat majmualari, shuningdek Sharqiy Sibir viloyati agrosanoat kompleksining batafsil tavsifi berilgan. Ushbu kurs ishini bajarish jarayonida men iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi sohasidagi yangi bilimlarni mustaqil o'zlashtirish ko'nikma va malakalarini oldim.

ILOVALAR



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin