2 . Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo’lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o’zaro qanday nisbatda bog’langanligini ifodalaydi.
Bu qonunga ko’ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi (konturdagi) tok EYuK ga to’g’ri proportsional, zanjirning to’la qarshiligiga teskari proportsionaldir. Mazkur qonunga binoan 1.4-rasmda ko’rsatilgan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi:
q , (1.5)
Bu erda r - manbaning ichki qarshiligi; q Q - elektr uzatish liniya simining qarshiligi; Q zanjirning to’la qarshiligi; T q - tashqi zanjirning qarshiligi:
(1.5) formula berk kontur uchun Om qonunini ifodalaydi. Shuningdek, EYuK manbai bo’lmagan elektr zanjirining istalgan qismi uchun ham tadbiq etish mumkin. U holda zanjirning qismidagi (1.4 va 1.5-rasmlar) tok:
(1.6)
1.4-расм
1.5-расм
bundan
Demak, Rn qarshiligida kuchlanishning pasayishi u orqali o’tgan tokning mazkur qarshilikka ko’p aytmasiga teng.
K irxgof qonunlari murakkab (ikki va undan ortiq konturli) elektr zanjirlarni hisoblash va ularning elektr holatlarini to’la aniqlash uchun xizmat qiladi. Murakkab zanjirlar uchun tarmoq, tugun va kontur tushunchalari qo’l lanadi. Tarmoq - elektr zanjirining ma’lum bir qismi bo’lib, ketma-ket birlashtirilgan qarshiliklar (rezistorlar), energiya manbalari va hokazolardan iborat. Tugun - elektr zanjirining uchta va undan ortiq tarmoqlarining birlashgan joyi. Kontur- zanjirining bir necha tarmoqlaridan iborat yopiq yo’l. Masalan, 1.6-rasmdagi elektr zanjiri beshta tarmoq (bulardan ikkitasining energiya manbai bor) ikkita tugun va to’qqizta konturdan iborat.
Kirxgofning birinchi qonuni (toklar qonuni) elektr zanjirining tarmoqlanish tugunidagi toklarning qanday taqsimlanganligini ifodalaydi. Bu qonunga ko’ra, elektr zanjirining tarmoqlanish tuguniga kelayotgan va undan chiqib ketayotgan toklarning algebraik yig’indisiga nolga teng. Chunonchi, 1.6- rasmdagi elektr zanjirining A tuguni uchun
(1.7)
deb yozish mumkin. Bunda tarmoqlanish tuguni kelayotgan toklarni «Q» ishora va undan chiqib ketayotgan toklarni «–« ishora bilan olgan bo’lamiz. Umumiy holda
(1.8)