Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla
Mashg’ulot maqsadi: O’zgaruvchan tok jumladan sinusoidal o’zgaruvchan tok tushunchalari bilan tanishtirish. Sinusoidal tok elektr zanjirini hisoblashda o’zgaruvchan tokni tekislikda aylanuvchi vektorlar yordamida ifodalashni o’rgatish. Vektor diagramma qurish, vektorlarni qo’shish va ayirishni talabalarga o’rgatish.
O’qituvchi vazifalari:
1. O’zgaruvchan tok tushunchasi bilan tanishtirish.
2. Sinusoidal tokni xosil qilishni, uni parametrlari bilan tanishtirish.
3. Sinusoidal tokni, kuchlanishni, EYuK ni tekislikda aylanuvchi vektorlar bilan almashtirish.
4. Vektor diagrammalarni tuzish, vektorlarni qo’shish va ayirishni o’rgatish.
O’quv faoliyati natijalari:
Talaba bilishi kerak:
- O’zgaruvchan tok jumladan sinusoidal tok bilan tanishadi.
- Sinusoidal tokni asosiy parametrlari bilan tanishadi.
- Sinusoidal kattaliklarni tekislikda aylanuvchi vektorlar bilan almashtirishni o’rganadi.
- Vektor diagrama qurishni tekislikda vektorlarni qo’shish va ayirishni o’rganadi.