Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə52/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Hayvonot dunyosi


Hayvonot dunyosida sut emizuvchilarning 180 turi, qushlarning 500 turi, sudralib yuruvchilarning 52 turi, suvda va quruqda yashovchilarning 12 turi, baliqlarning 104 turi yashaydi. Umurtqasiz hayvonlar koʻp. Kemiruvchilar, asosan, choʻl va dasht yerlarda tarqalgan. Choʻl va chala choʻllarda saygʻoq, jayran, togʻlarda maral, togʻ takasi, arxar, yovvoyi choʻchqa, yirtqichlardan boʻri, tulkiboʻrsiq, togʻ oʻrmonlarida qoʻngʻir ayiq, qor qoploni, silovsin, rosomaxa, kolonok, tiyin va boshqalar yashaydi. Suv parrandalaridan yovvoyi gʻoz, oʻrdak, Tengiz koʻlida qizil gʻoz, qamishzorlarda laylak, birqozon, turna, dashtda burgut va hakozolar bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Oqsuv-Jabalgʻa, Olmaota, Borsakelmas, Qurgʻalja, Marqakoʻl, Naurzum qoʻriqxonalari, Bayanovul milliy bogʻi bor. Qozoqlar juda iflos bo'ladi ba'zilari.
Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari — izchil rivojlanmoqda. Qozogʻiston Oʻzbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shunga qaramasdan, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar koʻpdir.
Qozogʻiston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni taʼminlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. 2005-yilgacha ikki davlat oʻrtasida ikki tomon uchun ahamiyatli boʻlgan 166 hujjat imzolangan. 2004-yil Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 425,9 mln. AQSh dollarini, jumladan, eksport 184,7 mln. AQSh dollarini, import 241,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
1991-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Qozogʻistonga 25 ta tashrifi amalga oshirilgan va Qozogʻiston Prezidenti Oʻzbekistonga 7 marotaba tashrif buyurgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin