Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
4. Marv: Qadimiy jannatning poytaxt vohasi. Marv (Avestoda — Mouru) — Oʻrta Osiyoning eng qad. shaharlaridan biri. Bayramali shahri (Turkmaniston) yaqinida joylashgan. M.ning qoldiqlari 5 qalʼa (Erk qalʼa, Gabr qalʼa, Sulton qalʼa, Abdullaxon qalʼa, Bayramalixon qalʼa) harobalaridan iborat. M. harobasida 19-asrning 80-yillaridan V. A. Jukovskiy, 1946 yildan M. Ye. Masson rahbarligidagi Jan. Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, keyingi yillarda Ashxobod, Toshkent, Moskva va SanktPeterburgdan kelgan arxeologlar guruhi qazishma ishlarini olib borgan. M.ning eng qad. qismi — Erk qalʼa (maydoni 12.ga) miloddan avvalgi 1ming yillikning 1-choragidan mavjud boʻlgan. M.ning ravnaqtopgan (Parfiya va ilk sosoniylar) davri mil. av 2— milodiy 3-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda M. Gabr qalʼa va Erk qalʼa hududlaridan iborat boʻlib, Erk qalʼa M.ning arkiga aylangan. Shahar va uning atrofi (60 km²) mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Milodiy 3-asrdan M. Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan, 7-asrda esa arablar tomonidan bosib olingan. 8-asr oʻrtasida M. — Abu Muslim harakati markazi. 9-asrda M.da ilm-fan ravnaq topdi, u arab xalifaliginingXuroson va Movarounnaxr noibligining poytaxtirolini oʻynadi. Maʼmun ibn Horun arrashid davrida M.da Bagʻdod akademiyasining asosini tashkil etgan marvaziylar maktabi tarkib topdi. Oʻrta asrdagi M.ning ravnaq topgan davri 11—12-asrning 1-yarmiga toʻgri keldi; bu davrda u buyuk Saljuqiylar davlatining poytaxti boʻlgan (Sulton qalʼa harobasida Sulton Sanjar makbarasi joylashgan). 12-asr oxiri — 13-asr boshida M. Xorazmshohlar davlatining yirik markazi boʻlgan. 1222 y. shahar moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. 13-asr oʻrtasi — 14-asrda shahar qisman tiklangan (ayniqsa, uning rabod kismi). 15-asr boshida Shohrux davrida qisqa muddat ravnaq topgan. M.dan oʻrta asrlarda koʻplab olimu fuzalolar yetishib chiqqan. 1510—24 va 1601 — 1747 yillarda M. forslar qoʻlida boʻlgan. Mare urushlari tufayli inqirozga yuz tutgan (1790) va markaz M.dan 30 km gʻarbga Mari shahriga koʻchgan.[1]