Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə57/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Farg’ona turistik rayoni respublikamizning uch viloyatidan iborat (Farg’ona, Andijon, Namangan), eng so’lim, tabiati go’zal maskandir. Rayon o’zoq tarixga ega hunarmandchilikning yirik markazi sifatida hozir ham ahamiyatini yuqotmagan. Qadimiy shaharlardan hisoblangan Qo’qon shahrida bir qancha arxitektura yodgorliklari mavjud. Masalan, Qo’qonning oxirgi xoni Xudoyorxon saroyi, Modarixon maqbarasi shular jumlasidandir.
Mirzacho’l turistik rayoni o’zining tabiiy rekreasiya resurslari, o’ziga xos landshaft zonalari va qadimiy manzilgohlari bilan mashhur. Jizzax viloyatining Morguzar va Turkiston tog’ tizmalaridagi tabiiy va rekreasiya maskanlari, Sangzor daryosi havzasining landshaft zonalari ushbu rayonning turizm imkoniyatlarini oshiradi. Undan tashqari Zomin va Baxmal tog’ va tog’oldi mintaqalari aziz qadamjolar hamda dam olish maskanlariga boy hisoblanadi.
Samarqand turistik rayoni mamlakatimizning asosiy turizm markazidir. Turistik rayon ma’muriy jihatdan Samarqand viloyatidan iborat bo’lib, respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik jihatdan qulay mintaqada joylashgan. Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi.
Buxoro - Qizilqum turistik rayoni respublikamizning asosiy turizm markazlaridan hisoblanadi. Bu rayonga Buxoro va Navoiy viloyatlari kiradi. Turistik resurslarga eng boy shahar bu Buxoro shahridir. Shahar o’zining 170 tadan ortiq bebaho, takrorlanmas tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan jahonga mashhur. Hozirgi kunda shaharning umumiy maydoni 710 gektardan ortiq bo’lib borgan sari go’zallashib bormoqda va sayyohlar oqimining ko’payishiga imkoniyat keng ochilmoqda.
Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin