Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə56/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish.

Turistik rayonlashtirish sohaviy yoki tarmoq rayonlashtirish turkumiga kiradi. Bunday rayonlashtirishda hududiy mehnat taqsimoti va hududiy ixtisoslashuv asos qilib olinadi. Turistik rayonni shakllantiruvchi omillar sifatida tabiat landshaftlari, ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy – tarixiy obyektlar va turistik infrastruktura xizmat qiladi (A.S.Soliyev, M.R.Usmonov, Turizm geografiyasi. 2005).
O’zbekistonda turistik rayonlashtirish mutaxasislar tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilmoqda. Bu borada ham turli qarashlar mavjud. Masalan, M.R.Usmonov o’zining tadqiqotlarida mamlakatimizda 6ta turistik rayonni ajratgan (Toshkent, Mirzacho’l, Farg’ona, Zarafshon, Janubiy, Qo’yi Amudaryo turistik rayonlari). A.N.Norchayev esa o’z tadqiqotlarida 7ta turistik rayonni ajratgan (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Jizzax - Sirdaryo, Qashqadaryo - Surxondaryo turistik rayonlari). Biz yuqoridagi medologik asoslarga ko’ra mamlakatimizni quyidagicha rayonlashtirishni taklif qildik:

  1. Toshkent turistik rayoni (Toshkent viloyati);

  2. Farg’ona turistik rayoni (Farg’ona, Namangan,Andijon viloyatlari);

  3. Mirzacho’l turistik rayoni (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari);

  4. Samarqand turistik rayoni (Samarqand viloyati);

  5. Buxoro – Qizilqum turistik rayoni (Buxoro, Navoiy viloyatlari);

  6. Janubiy turistik rayoni (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari);

  7. Quyi Amudaryo (Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasi).




    1. O‘zbekistonning turistik rayonlari – Toshkent turistik rayoni, Farg‘ona turistik rayoni, Mirzacho‘l tursitik rayoni, Samarqand turistik rayoni, Buxoro-Qizilqum turistik rayoni Janubiy turistik rayon.

Toshkent turistik rayoni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan iborat mintaqa hisoblanadi. Toshkent shahri – Markaziy Osiyoning eng yirik shahri – O’zbekistonning Respublikasi poytaxtidir. Toshkent qadimiy shaharlardan hisoblanib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan oldingi II asrdagi Xitoy solnomalarida uchraydi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin