5. Qirg‘iziston turizmi. Keyingi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida do‘stlik va qardoshlik aloqalari yanada mustahkamlanib bormoqda. Bu jarayon ikki qo‘shni davlat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda 116 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarolari mamlakatimizga turistik maqsadlarda kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 2 baravarga ko‘paydi. Joriy yilda esa mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimi yanada ortishi kutilmoqda. Qirg‘izistonning dunyoga mashhur Issiqko‘li va unga tutash purviqor tog‘lar hududida turizm yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatda turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli sohada yangicha yondashuvlar kuzatilmoqda.
Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi TIKA bilan Qirg’iziston madaniyat, informatsiya va Turizm vazirligi hamkorlikda Qirg’izistonning turizm imkoniyatlarini tanitish maqsadi bilan tuzilgan internet sayti faoliyatga o’tdi.
TIKAdan qilingan izohda, o’lkaning turim potensialini tanitish uchun, Qirg’iziston madaniyat, informatsiya va Turizm vazirligi bilan TİKA hamkorligida Qirg’izistondagi turizm imkoniyatlarini tanitgan bir web sayti tuzilganini bildirdi.
O’lkaning tabiiy go’zalliklari va madaniy qadriyatlarini Qirg’iz, Turk, Rus, Ingliz, Xitoy va Arabcha bo’lib 6 tilda tanitgan sayt, ayni paytda transport yo’llari viza siyosatigacha sayyohlar uchun kerakli barcha ma’lumotlar sayyohlarning xizmatiga taqdim etilgan.
12 - mavzu. O‘zbekistonni turistik rayonlashtirish xususiyatlari. Reja: Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish.
Turistik rayonlashtirishda ijtimoiy, iqtisodiy, geografik va ekologik jihatlarga e’tibor qaratilishi.
Mintaqaviy turistik rayonlashtirishning tajribasi. O‘zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondashuvlar.
O‘zbekistonning turistik rayonlari – Toshkent turistik rayoni, Farg‘ona turistik rayoni, Mirzacho‘l tursitik rayoni, Samarqand turistik rayoni, Buxoro-Qizilqum turistik rayoni Janubiy turistik rayon.