1. Qozog‘istonda turizm industriyasi raqobatbardoshligi. Kelgusida Qozog‘istonga kelgan sayyoh Markaziy Osiyoning yana 3 mamlakati – O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. Chimkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston Ⅰ mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida shunday fikrlar bildirildi va maxsus loyiha taqdimot qilindi. Forum Qozog‘istonda O‘zbekiston turizm yili munosabati bilan tashkil etildi. Mazkur tadbir ikki mamlakat tadbirkorlari to‘plangan biznes-forumdan boshlandi
2. Qozog‘istondagi asllik (tabiiy) va ekomadaniy turizmning rivojlanishi: salohiyati va muammolari.
Tuproqlari shimolda 52° shahrik.gacha qoratuproq, 52–48° shahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubda qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan.
Oʻsimliklari
Qozogʻistonda oʻsimliklarning 15 ming turi bor. Tekislik qismi oʻsimlik qoplamining xarakteriga qarab 3 asosiy zonaga: dasht, chala choʻl va choʻl zonalariga boʻlinadi. Dasht zonasida har xil boshoqli oʻsimliklar oʻsadi, shimolroqda qayinzorlar uchraydi. Chala choʻl zonasida shuvoq-boshoqli oʻsimliklar koʻproq. Choʻl zonasi eng katta maydonni egallagan. Qizilqum choʻlida qora saksovulzorlar bor. Yirik daryo vodiylarida toʻqay oʻrmonlari (jiyda, turangʻil, tol, chingʻil) oʻsadi, daryo va koʻl boʻylari qamishzor. Togʻ etagi tekisliklari va togʻ oldilarida efemer va efemeroidlar. togʻ yon bagʻirlarida butalar (naʼmatak, zirk va boshqalar), yovvoyi mevali daraxtlar oʻsadi. Togʻlarning oʻrta mintaqasi igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻ tepalari subalp va alp oʻtloklaridan iborat.