Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə59/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Ustyurt ekoturistik rayoni. Ustyurt - O’zbekistonning shimoliy-g’arbi – Qoraqalpog’istonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km2 ), yo’llari asfaltsiz, o’nqir-cho’nqir yo’llardan iborat bo’lgani uchun ham ekoturistik marshurutlar “djip ” rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani maqul. Ustyurtning sayyohlarni o’ziga jalb qiladigan ekoturistik obyektlariga :

  • “chink”- dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik qoyali jarlar bilan o’ralgan plato, doimiy oqar suvlarga ega bo’lmagan, lekin yer osti suvlariga ega supasimon tekisligi;

  • davolash xususiyatiga ega bo’lgan juda katta (1000 km2) tuzli Borsakelmas sho’rxoki. Unda o’simlik dunyosi deyarli yo’q. Osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi ochilgan Qo’ng’irot soda zavodi aynan Borsakelmas tuzlari hisobiga qurilgan ;

  • neolit davridan qolgan “ustyurt makoni”. Unda 60 yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. Ularning ichida ham tarixiy ham ekoturistik ahamiyatga moyili “Tempa” makoni bo’lib, undan arxeolog S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspedisiyasi 1300 dan ortiq chaqmoqtosh qurollari topilgan.

Orol va Orolbo’yi rayoni ekologik inqirozli ekoturistik hudud bo’lgani uchun ham unda yuzaga kelgan ekologik inqiroz holati asosiy ekoturistik obyekt bo’lib hisoblanadi. Ekoturistik marshurutlar bir paytning o’zida ham Orolning qurilgan, ham uning ta’sirida turgan Orol atrofi hududlarini qamrab olishi zarur. Ekoturlar nafaqat trekking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertalyotlar orqali ham amalga oshirish lozim. Zero u masofadan turib katta va tekis maydonni yuqoridan turib vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoliy g’arbiy qismida joylashgan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obyektdir. Unda Qozog’iston Respublikasi Borsakelmas qo’riqxonasi tashkil qilgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin