Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə92/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Qishloq xo`jaligi. Turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo`jaligi Jizzax viloyati iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i hisoblanadi. Mintaqa paxta, chorvachilik, bog’dorchilik, lalmikor dehqonchilik, asalarichilik, kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Dehqonchilik 48.5 va chorvachilik 51.5 % dan qishloq xo`jalik mahsulotlarini beradi. Bu nisbat ob-havo, iqlimi sharoitlari hamda mamlakatimizning agrar siyosati ta`sirida o`zgarib turadi. 2008-yil ma`lumotlariga ko`ra, viloyatda jami qishloq xojaligida fydalanadigan yerlar 1168.4 ming gektarga teng bo`lgan. Uning 23.6 % i sug`oriladigan yerlardan iborat. Bu shuni ko`rsatadiki, viloyatda sug`orma dehqonchilikni rivojlantirish imkoniyatlari bir muncha cheklangan. Sug`oriladigan yerlar ulushi ayniqsa tog` va tog` oldi hududlarida joylashgan Forish, Zomin, Baxmal, G`allaorol, Yangiobod qishloq tumanlarida. Viloyat qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlaring 41.1 % ekinmaydonlari bilan, 57.1 %i pichanzor va yaylovlar bilan band. Pichanzor va yaylovlar Baxmal. Zomin, Forish, Yangiobod kabi tog` va tog`oldi hududlarida joylashgan qishloq tumanlarida, jami ekiladigan yerlar esa pasttekislik hududlarida (Arnasoy, Do`stlik, Paxtakor, Zarbdor, va boshqalar) ko`p. 2009-yil ma`lumotlari bo`yicha qishloq xo`jalik ekinlarining umumiy maydoni 372.5 ming gektarni tashkil qiladi. Jami qishloq xo`jalik mahsulotlarining 62.2 % i dehqon xo`jaligida, 37.0 % i fermer xo`jaligida to`g`ri keladi. Dehqon xojaliklarining ulushi xususan chorvachilikda, bog`dorchilik, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda ko`proq. Fermer xo`jaliklari esa asosan paxtachilikda rivojlangan. Fermer xo`jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 457.7 ming ga, ularda ishlamaydiganlar 61.6 ming kishi, har bir fermer xo`jaligida band bo`lganlarda o`rtacha 7.4 gektardan yer to`g`ri keladi.
2009-yil yakunlari bo`yicha barcha donli ekinlar maydoni 198.4 ming ga, uning 191.5 ming ga boshoqli don ekinlari bilanband. Shu jumladan, 120.5 ming ga yerga bug`doy ekilgan, umumiy hosil 411.6 ming t, hosildorlik 34.2 s. Paxta maydonlari 101.9 ming ga, yalpi hosil 224.0 ming t. hosildorlik 22.0 s/ga. Kartoshka 1.3 gektarga, sabzavot 9.1 ming gektarga, poliz 6.8 ming gektarga ekilgan. Yalpi hosil mos holda 33.4: 203.2: 143.6 ming tonnani tashkil qilgan. Bog`dorchilik esa 11.0 ming gektarni tashkil etilgan, yalpi hosil 50.2 ming t. (asosan olma), hosildorlik 62.4 s/ga. Viloyat qishloq xo`jaligida 2009-yilda tirik vaznda 116.9 ming t go`sht, 314.5 ming t sut, 97.4 ming dona tuxum, 76 tonna jun, 24.2 ming dona qorako`l terisi 588.3 ming tonna pilla yetishtirilgan. Yirik shoxli qoramollarboshqa toifadagi xo`jaliklarda 571.6 ming bosh (ko`pchiligi dehqon xo`jaliklarida), qo`y va echkilar 1310 ming bosh, otlar 18.7 ming bosh bo`lgan.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin