Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Geografik o`rni va tabiiy resurs salohiyati



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə93/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Geografik o`rni va tabiiy resurs salohiyati. Jizzax viloyati O`zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashganligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga mintaqaning geosiyosiy o`rni ham o`ziga xos: viloyat shimolida Qozog`iston, janubi-sharqida Tojikiston respublikasi bilan chegaradosh. Ko`rinib turibdiki, Jizzax viloyati geografik o`rnining “markaziyligi” va transchegaraviyligi uning tarixiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida muhim omil bo`lib xizmat qilgan.Jumladan, Jizzax shahrining O`rta Osiyoning qadimiy markazlari Samarqand, Toshkent, Xo`jand va O`ratepa oralig`ida Buyuk Ipak yo`lida o`rnashganligi ham hozirgi viloyat markazi shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini belgilab beradi. Hududning shimoliy, shimoli-g`arb va janubiy qismlari tog`liklardan, o`rta qismi tekisliklardan iborat. Bu yerda Nurota,Pistamtog`, Turkiston, G`obdintov tog`lari bor; eng baland cho`qqilari Bozorxonim (3401 m Baxmal tumanida) va Shavkattov (4029 m, Zomin tumanining chekka janubida ). Tog` va tog` oldi hududlarida Nurotatog`-yong`oq, Zomin tog`-archa davlat qo`riqxonalari hamda Zomin xalq bog`i tashkil etilgan. Viloyatning har xil landshaft turlariga boyligi tabiiy holda hududiy mehnat taqsimotinig rivojlanishida asosiy omil bo`lgan va shunga mos holda tabiiy-xo`jalik tarmoqlari shakllangan. Tog` va tog`oldi hududlarida chorvachilik, bog`dorchilik, asalarichilik, lalmikor dehqonchilik, rekreatsiya va turizm rivojlangan, tekislik qismi esa eski yangi o`zlashtirilgan, ko`proq paxta ekiladigan hududlardan iborat.Mintaqada turli xil qadimiy boyliklar ham bor. Ular jumlasiga oltin, folfram, qo`rg`oshin, rux, molibden, ohak, granit, marmar kabilar kiradi. Qo`ytoshning volfram, Marjonbuloqning oltin, Uchqulochning qo`rg`oshin-rux konlari sanoat ahamiyatiga ega. Iqlimi kontenental, asosiy gidrografik shahobchasi Sangzor daryosi bo`lib, u sug`orma dehqonchilikda foydalaniladi. Shimolda joylashgan Aydarko`l va Arnasoy ko`llari baliqchilikni rivojlantirishda imkon beradi.Turkiston, Nurota,Pistalitog`, G`o`bdin kabi tog` tizmalari o`ziga xos landshaft turlarini shakllantirgan. 1976-yilda Zomin tumanida 50 ming gektarni egallagan milliy bog` (park) tashkil etilgan. Shu hududda Zomin qo`riqxonasi ham mavjud. Umuman olganda, Zomin, Baxmal, G`allaorol, Forish tumanlarida rekreatsiya resurslari ko`p va bu yerda ekoturizm uchun ham sharoit qulay.Ushbu hududlarning yozi nisbatan salqinroq,namgarchilik esa tabiiy holda lalmikor dehqonchilikni xususan bug`doy yetishtirishda qulaylik yaratadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin