Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) maqbarasi. XX asr boshi. Mullo Bozor Oxund (Mulla qirgiz) XVII asrning birinchi yarmida dunyoga kelgan. Ilmga tashnalik uni Turkistonning ilmu fan markazi bo`lmish Buxoroga olib kelgan. Uzoq yillar madrasada o`qish bilan birga donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta’lim olib, u zotdan irshod xatini - pirning yorlig`ini olgach, Buxorodan chiqib, O`rta va YAqin SHarq mamlakatlariga sayohat qilgan. Qashqarning Xo`tan, yorkent va boshqa shaharlarida bo`lgan. Mullo Bozor Oxund fiqh, hadis, faroiz, jo`g`rofiya, ilmi hisob, tarix, adabiyot, tasavvuf va boshqa ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim edi.
18 - mavzu. Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasi. Reja: Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1. Jizzax-Sirdaryo turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. Jizzax viloyati O`zbekiston Respublikasi tarkibida dastlab 29-dekabr 1973-yilda tashkil etilgan va u 6-sentabr 1988-yilda qo`shni viloyatlar tarkibiga kiritilgan. Hozirgi holatda esa Jizzax viloyati 16-fevral 1990-yilda qayta tiklangan. Viloyat o`zining maydoniga ko`ra, mamlakatimizda o`rta mavqeni egallaydi. (respublikada 13 ta ma`muriy mitaqalarning har birida o`rtacha 34.5 ming kv.km yer to`g`ri keladi).Uning hududi 21.2 ming kv.km. bo`lib, bu borada Surxondaryo viloyati bilan deyarli tengdosh hisoblanadi. O`zbekistonda nisbatan viloyat maydoni 4.7 foizga barobar holda bu yerda, 2000-yil dastlabki ma`lumotlarga qaraganda 1123 ming yoki mamlakatimizning 4.0 foiz aholisi yashaydi. Bu ikki nisbiy raqamlarning qiyosiy tahlili Jizzax viloyatida aholi joylashuvi respublika o`rtacha ko`rsatkichidan biroz pastligidan guvohlik beradi. Darhaqiqat, viloyat aholisining zichligi 1 km. kv. ga 53 kishi,mamlakatimizda esa 62 kishi. Mamuriy jihatdan Jizzax viloyati 12 ta qishloq tumanidan iborat. Ularning eng kattasi Forish tumani hisoblanadi (9.8 ming km.kv yoki viloyat hududining 46.2%), eng kichik maydon esa Zafarobod tumanida qayd etiladi (0.33 ming kv.km). Jizzax viloyati mamlakat hududiy mehnat taqsimotida paxta, poliz, g`alla va bog`dorchilik mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikning jun va go`sht yo`nalishlari bilan ajralib turadi. Sanoatida tog`-kon, yengil va oziq-ovqat tarmoqlari respublika ahamiyatiga ega. Aholisi va mehnat resurslari geografiyasi.Viloyat aholisi 2010-yil ma`lumotiga binoan 1123 ming kishi, uning yarmidan ko`prog`i , ya`ni 52 %i qishloq joylarga to`g`ri keladi. Viloyat aholisining o`sish surati ham respublika o`rtacha darajasi atrofida. Viloyat aholisi 2001-2010-yillar oralig`ida 1.13 % ga o`sgan holda, o`rtacha bir yillik ko`payishi 1.40 % gat eng bo`lgan. Demografik xususiyatlar o`z navbatida aholining tabiiy hamda mexanik harakati tufayli yuzaga kelgan. Viloyatda tug`ulish va tabiiy ko`payishi ko`rsatkichlari yuqori. 2009-yilda viloyat aholisining tabiiy ko`payishi 22.9 ming kishidan iborat bo`lgan. Aholisining migratsiya qoldig`i esa minus 3786 kishi. Shu yilda tashqaridan ko`chib kelganlar 6618 kishi, ko`chib kelganlar 10404 kishi (Viloyat statistika boshqarmasi ma`lumotlari). Har ming kishiga hisoblaganda, tug`ilish viloyat bo`yicha 273 kishini, vafot etganlar 4.4 kishini tashkil qiladi.
Viloyatda 2009-yilda urbanizatsiya darajasi 47 %. (Respublikada 51.7 %), bir yil oldin ya`ni 2008-yilda esa u 29.2 % bo`lgan. Aholi 6 ta shahar 43 ta shaharchalarda istiqomoat qiladi. “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili ” Davlat dasturining ijrosiga binoan viloyatda 34 ta qishloq aholisi punkitlariga shaharcha maqomi berilgan. Jumladan Jizzax tumanida ularning soni 7 ta: Jizzaxli, Gandushtosh, Qorayantoq, Tokchilik, Mulkanlik, Qanli, Uchtepa; Baxmal tumanida 6 ta; Mug`ol, Novqa-1, Alamli, Tongortar, Oqtosh hamda Baxmal; G`allaorolda 4 ta Abdukarim, Lalmikor, Chuvilloq, Qangli-1. Qolgan tumanlarda bunday shaharchalar ozroq. Paxtakor va Do`stlik tumanlarida esa atigi bittadan (Gulzor va Navro`z). Jizzax viloyatida 524 ta qishloq aholi punkitlari bor, yangi shaharchalar paydo bo`lganligi sababli qolgan qishloqlar yanada maydalashgan; har bir qishloqda o`rtacha 1107 kishi to`g`ri keladi. 2010-yil ma`lumotlariga ko`ra, viloyatda mehnatga layoqatli yoshdagi aholi 614.1 ming kishi, iqtisodiy faol aholi 387.7 ming, iqtisodiyotda band aholi 370.8 ming kishi. Band bo`lgan aholining 2/3 qismi moddiy ishlab chiqarish sohasiga mansub. Sanoatda band bo`lganlar ulushi- 7.8 %, qurilishda-6.7 %, savdo, umumiy ovqatlanish sohalarida 8.0 %, transport va aloqada 2.4 %. Iqtisodiyotda band bo`lganlarning eng katta qismi qishloq va o`rmon xo`jaligida qayd etilgan. (35.7 %).