JTTning asosiy maqsadi - turizmni rivojlantirish va rag’batlantirish orqali iqtisodiy rivojlanish, xalqaro tinchlik, taraqqiyot, inson huquqlariga hamda irqi, jinsi, tili va dinidan qat`iy nazar, barcha uchun asosiy erkinliklarga rioya qilishga o`z hissasini qo’shishdan iborat.
Tashkilot ochiq bo`lib, uch xil a`zolar bo`lishini nazarda tutadi: haqiqiy, assotsiyalashgan va qo’shilgan a`zolar. Har qanday suveren davlat haqiqiy a`zo bo`lishi mumkin. Assotsiyalashgan a`zo statusini o`z tashqi munosabatlarini olib borish huquqiga ega bo’lmagan hududlar olishi mumkin. Turizmda o’zining qiziqishlari bo`lgan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlari, maqsadlari JTTda ko’zda tutilgan maqsadlarga mos keluvchi tijorat tashkilotlari qo’shilgan a`zo bo`lishlari mumkin.
JTT Nizomiga muvofiq, uning boshqaruv organlari bo`lib, Bosh assambleya,Ijroiya kengashi va kotibiyat hisoblanadi.
Bosh assambleya - JTTning oliy organi bo`lib, haqiqiy a`zolarning vakili bo`lgan delegatlardan iborat bo’ladi.
Bosh assambleya sessiyalar shaklida faoliyat yuritadi: navbatdagi sessiyalar ikki yilda bir marta, favqulodda sessiyalar esa zarur bo`lgan hollarda chaqiriladi.
Assambleya keng vakolatlarga ega. Bu vakolatlar asosan quyidagilardan iborat: tashkilotga, yangi a`zolarni qabul qilish; a`zolikni to’xtatish yoki bekor qilish; moliyaviy qoida va reglamentni tasdiqlash; JTT vakolatiga to’g’ri keluvchi har qanday masalar bo`yicha xalqaro kelishuvlarni tayyorlash va tavsiya qilish va h.k.
Bosh assambleya Yevropa, Afrika, Amerika, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo`yicha olti mintaqaviy komissiya, shuningdek Meksikada turizm bo`yicha oliy o’quv markazi (SIEST) ta`sis etgan.
Komissiyalar keng miqyosdagi sohada faoliyat yuritadilar va har yili o`z mintaqalarida Assambleyaning texnik tavsiyalarini amalga oshirish bo`yicha katta ishlar qilishadi. Kengash a`zolarining vakolat muddati 4 yil.
Jahon sayyohlik tashkiloti YUNVTO yoki UNWTO (BMT Jahon sayyohlik tashkiloti)
Turizm sohasida yetakchi xalqaro tashkilot.
Bosh kotibi - Zurab Pololikashvili (Gruziyalik).
YUNVTOning yuqori boshqaruv organi ikki yillik Bosh Assambleya hisoblanadi.
Ijroiya kengashi YUNVTOning boshqaruv organi hisoblanadi.
Har ikki yilda bir marta Kengash a'zolarining yarmi qayta saylanadi.