Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Shaharlardagi arxitektura yodgorliklari va tabiatda geoturistik yodgorliklar va ulardan foydalanish



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə112/174
tarix14.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#177930
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   174
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

3. Shaharlardagi arxitektura yodgorliklari va tabiatda geoturistik yodgorliklar va ulardan foydalanish.
Mamlakatimizda tarixiy, madaniy va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish, targ‘ib etish, ularni kelajak avlodga bekamu ko‘st yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bosh qomusimizda fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburligi, madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekani o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sohaga doir qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hayotga tatbiq etildi, qator xalqaro konvensiyalar mamlakatimiz tomonidan ratifikatsiya qilindi. Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasini rivojlantirish, bunday ob’ektlarni qayta tiklash va ularning imkon qadar asl holida saqlanishini ta’minlash borasidagi keng ko‘lamli sa’y-harakatlar o‘z natijasini bermoqda.
Bugungi kunda 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me’morchilik, 694 san’at asari, 395 diqqatga sazovor joy, jami 7 ming 476 moddiy-madaniy meros ob’ekti davlat himoyasiga olingan. 1991-yil Xivadagi “Ichan-qal’a”, 1993-yil “Buxoro tarixiy markazi”, 2000-yil “Shahrisabz tarixiy markazi”, 2001-yil “Samarqand madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida 1 ming 4 ta tarixiy ob’ektda keng ko‘lamli ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Polsha va boshqa davlat vakillari bilan har yili 15 dan ortiq xalqaro arxeologiya merosi ob’ektlarida tadqiqotlar olib borilmoqda.
4. Mintaqalardagi madaniy merosda etnografiya, urf-odatlar va an’analarni tutgan o‘rni.
Etnografiya etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
Etnografiya dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin