Urganch davlat universiteti


Reja 1. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi



Yüklə 253,01 Kb.
səhifə12/22
tarix25.02.2022
ölçüsü253,01 Kb.
#53096
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
2021 Ижтимоий хукук

Reja

1. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi

2. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatning ob’ektlari.

3. Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlarining sub’ektlari. Ijtimoiy ta’minot soxasida huquq layokati va muomala layokati.

4. Fuqarolar (oila) ijtimoiy ta’minot huquqi sub’ekti sifatida.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi

«Huquqiy munosabatlar - davlat tomonidan ximoya kilinadigan, odatda, qonun normalarining kishilar xatti-xarakatlariga ta’siri natijasida yuzaga keladigan va uning katnashchilarida sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir». Ushbu tarif huquqiy munosabatlarga xos bulgan barcha asosiy xususiyatlarni aks ettiradi.

YUkoridagi tarifdan huquqiy munosabatlarga xos kuyidagi xususiyatlarni anglab olish mumkin:

a) huquqiy munosabat, bu - insonlar faoliyati, xulk-atvori, erki, istagi bilan boG‘lik bulgan ijtimoiy munosabatlardir;

b) huquqiy munosabat - yuridik va jismoniy shaxslarning sub’ktiv huquqlari va yuridik majburiyatlarini ruyobga chikarish natijasida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir;

v) huquqiy munosabat - shaxslar urtasidagi irodaviy, ongli munosabatdir;

g) huquqiy munosabat - davlat tomonidan, qonunlar vositasida muxofaza kilinadigan munosabatlardir.

YUridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlar turli xususiyatlariga kura guruxlarga ajratiladi. Ular: davlat-huquqiy, Fuqarolik-huquqiy, moliyaviy- huquqiy va boshka turlarga bulinadi.

Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlar xam huquqiy munosabatlarning bir tarmoG‘i bulib xisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot munosabatlari moxiyat jixatdan davlat-huquqiy munosabatlardan iborat bulib, bu munosabatlarning yuzaga kelishida qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslar etakchi urinni egallaydi, ya’ni ana shunday asoslar mavjud emasligi tomonlar erki-xoxishidan kat’i nazar ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga monelik kiladi.

Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar - Fuqarolarni pensiyalar, boshka ijtimoiy yordamlar bilan ta’minlash yuzasidan qonun xujjatlarida nazarda tutilgan asoslar xamda tartiblarga muvofik ravishda, tegishli yuridik faktlar (muayyan xollarda esa - yuridik tarkib) mavjud bulganida ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organlar bilan Fuqarolar (ayrim Fuqaro, oila) orasida vujudga keluvchi qonunlar bilan tartibga solinadigan xamda davlat tomonidan kuriklanadigan ijtimoiy munosabatlardan iboratdir.

Ijtimoiy ta’minot huquqiga oid munosabatlar yuzaga kelishiga zarur yuridik faktlar (yuridik-faktik asos) mavjud bulganida ta’minot olishga xakli bulgan shaxsning ta’minot olishga karatilgan irodaviy-ongli xarakati, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organ tomonidan esa ushbu ta’minotning berilishiga karatilgan yuridik aktni sodir etilishi sabab buladi.

Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga asos buladigan yuridik faktlar - yuridik okibat keltirib chikarishga layokatli bulgan irodaviy-ongli xarakatlar xam, muayyan vokea-xodisalar xam bulishi mumkin. Bunday yuridik faktlar jumlasiga:

a) muayyan davr davomida mexnat munosabatida bulganlik - mexnat stajiga egalik fakti;

b) nogiron bulib kolganlik fakti;

g) karamoG‘ida bulganlik fakti;

d) mexnatga yaroksizlik fakti;

e) kasb kasalligiga chalinganlik yoki ishlab chikarishda jaroxat olganlik fakti va boshkalar kiritilishi mumkin.

Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar ijtimoiy jarayon, vokelikning bir kurinishi sifatida uz elementlari tarkibiy kismlariga ega buladi va bu elementlar kuyidagilardan iborat buladi:




Yüklə 253,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin