Urganch davlat universiteti


Ijtimoiy ta’minot huquqi o’quv kursi, uning predmet, vazifalari va uslubi



Yüklə 253,01 Kb.
səhifə3/22
tarix25.02.2022
ölçüsü253,01 Kb.
#53096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2021 Ижтимоий хукук

Ijtimoiy ta’minot huquqi o’quv kursi, uning predmet, vazifalari va uslubi.

Ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi soxasida yuz beruvchi

ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy ta’minot huquqi fanining predmeti sanaladi. Ammo buning uchun ushbu ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy ta’minot soxasidagi qonunchilik aktlari bilan tartibga solinishi, ya’ni qonun xujjatlarining «ta’sir doirasi»ga kirishi lozim.

Ijtimoiy ta’minot huquqi fani predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar tasnifi va tavsifi, ularning yuzaga kelish, barxam topish xususiyatlari, bu munosabat ishtirokchilari, ularning huquqiy xolati, ijtimoiy ta’minot soxasidagi huquqlarni ximoyalanish usullari va vositalariga oid masalalar tegishli boblarda atroflicha yoritilishi bois ularga bu urinda batafsil tuxtab utirish maksadga muvofik emas. SHunday bulsa-da, Fuqarolarni pensiyalar, moddiy yordamlar bilan ta’minlash, ularga turli ijtimoiy natural yordamlar kursatish, ijtimoiy imtiyozlar berish paytida ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega shaxslar bilan bunday yordamni kursatish vazifasi yuklatilgan davlat yoki boshka jamoat organlari urtasida vujudga keluvchi huquqiy munosabatlar; Fuqarolar, korxona va tashkilotlar, ijtimoiy ta’minot organlari huquqiy makomining belgilanishi, ijtimoiy ta’minot shakllarining amalga oshirilishi asoslari, shartlari, tartiblarining belgilanishi kabilar ijtimoiy ta’minot huquqi predmeti sanaladi.

Ijtimoiy ta’mnot huquqi fani predmeti jumlasiga kuyidagilarni kiritish mumkin:


  1. Fuqarolarni davlat ijtimoiy suG‘urtalash va shu asosda ularning mexnat faoliyatini ijtimoiy ta’minot olish huquqini beradigan mexnat staji sifatida tan olish va xisobga olishga oid munosabatlar;

  2. Fuqarolarni pnsiyalar bilan ta’minlash va pensiya tulash bilan boG‘lik munosabatlar;

  3. Fuqarolarni turli nafakalar va moddiy yordamlar bilan ta’minlashga oid munosabatlar;

  4. Fuqarolarga ijtimoiy yordam va xizmatlar kursatish bilan boG‘lik bulgan munosabatlar;

  5. Fuqarolarning ayrim toifalariga kushimcha ijtimoiy kafolat va imtiyozlar berishga oid munosabatlar;

  6. Davlat byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasini shakllantirilishi yuzasidan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari bilan yuz beradigan huquqiy munosabatlar;

  7. Nodavlat ijtimoiy ximoyasini amalga oshirish choG‘ida xomiylar va ijtimoiy yordamdan foydalanuvchilar urtasidagi huquqiy munosabatlar;

  8. Ijtimoy ta’minot huquqidan foydalanish soxasida yuz beruvchi nizolarga doir, moddiy va huquqiy javobgarlikka tortishga munosabatlar va boshkalar.

Ijtimoiy ta’minot huquqi uz tabiyatiga kura ommaviy huquqiy fanlar oilasiga mansubdir va bu omil uning huquqiy tartibga solish usullarini belgilanishida muxim urin tutadi.

Ijtimoiy ta’minot davlat mablaG‘lari xisobdan va davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilishi tufayli bunday ta’minot berish shartlari va asoslari qonun xujjatldari bilan imperativ tarzda belgilangan bulib, ijtimoiy ta’minot oluvchi va uni berilishni ta’minlovchi organ kelishuviga kura uzgartirilishi mumkin emas.




Yüklə 253,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin