Urganch davlat universiteti


Ijtimoiy ta’minot huquqi kursining boshka huquqiy va



Yüklə 253,01 Kb.
səhifə6/22
tarix25.02.2022
ölçüsü253,01 Kb.
#53096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2021 Ижтимоий хукук

Ijtimoiy ta’minot huquqi kursining boshka huquqiy va

iktisodiy fanlar bilan uzaro munosabati
Ijtimoiy ta’minot huquqi fan soxasi sifatida boshka bir kator huquqiy xamda iktisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘lik bulib, ularning yutuklaridan foydalanadi xamda umumiy tushunchalarga ega buladi.

Ijtimoiy ta’minot huquqi, eng avvalo, mexnat huquqi fani bilan boglikdir. Fuqaroda ijtimoiy ta’minot olishga bulgan huquq kupchilik xollarda uning avvalgi davrlarda mexnat faoliyati bilan shug‘ullanganligi faktiga asoslanadi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqining yuzaga kelishigina emas, balki uning mikdori xam avvalgi mexnat faoliyatiga bog‘lik buladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fani xam mexnat huquqi fani foydalanadigan mexnat staji, urtacha ish xaki mikdori, ishlab chikarishda sog‘likka zarar etkazilishi, kasb kasalliklari kabi bir kator umumiy tushunchalardan foydalanadi. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi xodim mexnat faoliyati yuritgan davrda davlat ijtimoiy sug‘urtasi fondiga badal tulanganligi bilan bog‘langan.

Mexnat huquqi va ijtimoiy ta’minot huquqi umumiy normativ- huquqiy xujjatlar asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, mexnat qonun xujjatlari ijtimoiy ta’minot munosabatlariga va ijtimoiy ta’minotga oid me’yoriy xujjatlar mexnat munosabatlariga nisbatan kullaniladigan xol tez-tez uchrab turadi. Uzbekiston respublikasi mexnat kodeksining 16-bobi “davlat ijtimoiy sugurtasi” deb nomlanadi va unda ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllari va bu huquqdan foydalanishning umumiy shartlari nazarda tutilgan (mkning 282-294-moddalari).

SHu bilan birga ushbu ikki huquq soxasi uziga xos xususiyatlarga xam ega bulib, ularni aloxida huquqiy fan ekanligini tavsiflaydi. Xususan, mexnat huquqining predmeti xodim va ish beruvchi urtasidagi mexnat munosabatlari bulsa, ijtimoiy ta’minot huquqining predmeti odatda utgan davrda mexnat munosabatida bulgan, zarur mexnat stajiga ega bulgan Fuqaro bilan davlat yoki jamoat ijtimoiy ta’minot organlari urtasidagi munosabat sanaladi.

Mexnat huquqiy munosabatlari ixtiyoriylikka, tomonlar tengligiga asoslangan xolda yuzaga kelsa, ijtimoiy ta’minot munosabatlari zarur yuridik tarkib mavjud bulganida ijtimoiy ta’minot organi xoxishiga bog‘lik bulmagan tarzda yuzaga kelaveradi ammo uning ishtirokchilari teng huquqli bulmaydi.ushbu ikki huquq soxasi kullaydigan usullar xam turlichadir. Mexnat huquqiy munosabatlari ixtiyoriylik va tenglikka asoslanishi tufayli kuprok xususiy huquqiy usullarda tartibga solinsa, ijtimoiy ta’minot huquqi davlat ishtirokidagi munosabatlar bulganligi tufayli ma’muriy- huquqiy usullarda, ya’ni davlat majburlovidan foydalanilgani xolda tartibga solinadi. Mexnat huquqi va ijtimoiy ta’minot huquqi uz maksadlari, oldidagi vazifalari, kullaydigan huquqiy-tashkiliy vositalari boshka kuplab jixatlari bilan xam uzaro farklanadilar xamda aloxida, mustakil fan sifatida namoyon buladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi Fuqarolik huquqi bilan kupgina umumiy xususiyatlarga ega. Xususan, huquq va muomala layokati, uning paydo bulishi, cheklanishi, muomalaga layokatsiz deb topish, etkazilgan zarar va uning koplanishi, yuridik shaxs va uning makomi masalalarida Fuqarolik qonunchiligi tushunchalaridan xamda koidalaridan keng foydalanildi. Ayniksa xozirgi paytda paydo bulayotgan va keng tarkala boshlagan xayr- exson kilish yuli bilan ijtimoiy ta’minotda ishtirok etish masalalari Fuqarolik qonunlari bilan tartibga solinadi. Turli yuridik va jismoniy shaxslar kursatadigan insonparvarlik yordamlarining huquqiy asoslari Fuqarolik qonunchiligi sanaladi.

Ijtimoiy ta’minot huquqi oila huquqi bilan yasindan boglits va ijtimoiy ta’minot huquqida keng kullaniladigan karindosh-uruG‘lar, xomiylik va vasiylik organlari, karamoG‘da bulganlik kabi kator yuridik tushunchalar oila qonunchiligi normalari bilan nazarda tutilgan. Muayyan ijtimoiy ta’minot turlaridan Fuqaro foydalana olishi uchun uning moddiy ta’minlashga majbur bulgan yakin karindoshlari mavjud bulmasligi talab etiladi. Moddiy ta’minlashga majbur bulgan yakin karindoshlar tushunchasi va doirasi oila qonunchiligi normalariga binoan belgilanadi.

Ijtimoiy ta’minot huquqi ma’muriy huquq bilan uzaro uxshash, chunki ijtimoiy ta’minot soxasini boshkarish va ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida ma’muriy huquqiy usullardan foydalaniladi. Ijtimoiy ta’minot huquqi fani moliya huquqi fani bilan boglik bulib, davlat byudjeti xarajat kismiga kiruvchi faoliyatning bir turidan iborat buladi. Ammo moliya huquqi umuman davlat moliyaviy faoliyatiga taallukli bulsa, ijtimoiy ta’minot huquqi fakat uning bir kichik tarmoG‘igagina taallukli buladi.

Axolini ijtimoiy ta’minlash, nafaka va kompensatsiyalar berishni tashkil kilish, monitoringini amkalga oshirish, javobgarlik kullash soxasidagii vakolatlarni Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashkari pensiya jamG‘armasi va uning joylardagi tarkibiy orgnalariga utkazilishi bilan Ijtimoiy ta’minot huquqining Ma’muriy va moliya huquqi soxalari bilan alokadorligi yana xam kuchaytirildi.

Ijtimoiy ta’minot huquqi mamlakat milliy boyligi bir kismini kayta taksimlanishida katnashuvchi fan soxasi sifatida fundamental iktisodiy fanlar - iktisodiyot nazariyasi, davlat va maxalliy organlar moliyasi, makro va mikro iktisodiyot kabilar fanlar bilan chambarchas boG‘likdir, ushbu iktisodiy fanlar erishgan yutuklardan, ular ishlab chikkan nazariy va amaliy tushunchalar, vositalardan foydalanadi. Iktisodiyot nazariyasi, davlat va maxalliy organlar moliyasini bilish ijtimoiy ta’minot manbalari moxiyatini chukur anglab etishga, uning vazifalarini anglab olishga yordam beradi.

Ijtimoiy ta’minot huquqi iktisodiyot nazaryasi, davlat moliyasi, makro va mikro iktisodiyot, axolishunoslik kabi iktisodiy fanlar bilan xam chambarchas boG‘lik bulib, ularga xos tushuncha va kategoriyalardan foydalanadi.

Jumladan, ishlab chikarishni tashkil etilishi, iktisodiy kursatkichlar, ish kuchi va ishlab chikarish vositalarining uzaro munosabati masalalari ijtimoiy ta’minot huquqining paydo bulishi va amalga oshirilishida muxim urin tutadi.

Fan va texnika tarakkiyoti tufayli ijtimoiy ta’minot huquqining boshka huquqiy fanlar bilan alokadorligi kuchayib boraverishi kuzatilmokda.
2-mavzu Ijtimoiy ta’minot huquqining manbalari tushunchasi


Yüklə 253,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin