Urganch davlat universiteti


-Mavzu: BOQUVCHISINI YO’QOTGANLIK PENSIYALARI



Yüklə 253,01 Kb.
səhifə18/22
tarix25.02.2022
ölçüsü253,01 Kb.
#53096
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2021 Ижтимоий хукук

4-Mavzu: BOQUVCHISINI YO’QOTGANLIK PENSIYALARI.
Reja:

  1. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarining tushunchasi, ahamiyati va ijtimoiy ta’minot tizimidagi hrni.

  2. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olishga haqli bo’lgan shaxslar qaramog’ida bhlish.

  3. Pensiyalarni tayinlash tartibi

O’zbekistonda turli sabablar bilan ota-onasi parvarishidan mahrum bo’lib qolgan etim bolalar, moddiy madadsiz boshqa toifadagi fuqarolarga davlat g’amxo’rligi khrsatilishi, ular moddiy ta’minotiga khmaklashish – davlat ijtimoiy siyosatining muhim jihatlaridan bo’lib, bozor munosabatlari qaror topishi sharofatida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyiliga mos keladi.

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 19-moddasida aytilishicha, vafot etgan boquvchining qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishi mumkin. Ammo marhum boquvchining farzandlariga hamda yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralarini ular uch yoshga etgunlariga qadar boqish (parvarishlash) bilan mashg’ul bo’lsalar, marHum bilan birga yashagan-yashamaganliklaridan qat’i nazar, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanaverishi nazarda tutilgan.

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash, pensiya ta’minotini amalga oshirish shakllaridan biri bo’lib, unga ko’ra moddiy ta’minot berib kelgan, turmush kechirishning asosiy manbai bo’lib kelgan shaxsni vafot etishi munosabati bilan uning qaramog’ida bo’lib kelgan shaxslarga qonun Hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda, shartlarda va miqdorlarda ular voyaga etgunlariga qadar, mehnat qilish qobiliyatlari qayta tiklangunicha yoki bhlmasa tegishli hollarda butun umrga davlat ijtimoiy ta’minot mablag’lari Hisobidan tayin etiladigan, qaytarib olinmaydigan, haq olinmaydigan, muntazam ravishda thlab boriladigan pul thlovlaridan iborat.

1) Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz Hodisalar, ishda olingan jarohatlar yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida vafot etgan shaxslarning qaramog’idagilarga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi;

2) Ishlab chiqarishdagi sabablarga ko’ra vafot etgan shaxslarga tenglashtirilgan holatlarda (urush harakatlari, Harbiy burchni bajarish, fuqarolik burchini bajarish paytlarida va hokazo) vafot etganlarning oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari;

3) Umumiy kasallikdan (turmushdagi jarohatlarning oqibatida) vafot etgan shaxslarning oila a’zolariga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi kabilar o’zaro farqlanadi.

4) YUqorida khrsatib htilgan dastlabki ikki Holat tufayli vafot etgan marhumlarning qaramog’ida bo’lib kelgan mehnatga yaroqsiz oila a’zolariga marhum mehnat staji miqdoridan qat’iy nazar pensiya tayinlanaveriladi.

Uchinchi sababga ko’ra, ya’ni umumiy kasallik (turmushdagi jarohatlanish) tufayli vafot etgan marhumlarning oila a’zolariga esa marhum boquvchi shaxs vafot etgan paytdagi yoshiga mos keluvchi muayyan Hajmdagi mehnat stajiga ega bo’lgan bo’lsa, to’liq miqdorda, belgilanganidan kam ish stajiga ega bo’lsa, thliq bo’lmagan miqdorda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi. Masalan, «SHarq» mebel korxonasining muhandisi Idrisov umumiy kasallik tufayli 35 yoshida vafot etdi. Uning mavjud mehnat staji 10 yilni tashkil etdi. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 17-moddasida 30 yoshgacha bo’lgan shaxslardan 7 yillik mehnat staji talab qilinishi belgilangan. Demak, marhum Idrisovning oila a’zolariga thliq miqdordagi boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishi mumkin.

Boshqa bir misol, Agrar kasb-hunar kollejining buxgalteri Muhamadjonov 54 yoshida uyida ta’mirlash ishlarini bajarish paytida yuz bergan baxtsiz Hodisa (tomning hpirilib tushishi) tufayli vafot etdi. Muhammadjonovning mehnat staji 10 yildan iboratligi ma’lum bhldi. YA’ni Muhamadjonov talab qilinadigan 17 yillik mehnat stajiga ega emas. Demak, uning qaramog’idagi mehnatga yaroqsiz oila a’zolariga thliqsiz pensiya tayinlanishi lozim. «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek, marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo’lgan (17-modda) bo’lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog’liq bo’lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanadi.

Boshqa mamlakatlardan khchib kelgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, O’zbekiston Respublikasida ishlamagan bo’lsa, pensiyalar quyidagi Hollarda, ya’ni:

a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olgan oilalarga – boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;

b) pensiya olmagan oilalarga – boquvchi ishlash thxtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo’lgan (17-modda) bo’lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa boquvchining ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.

Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra esa, umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini thliq tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan (17-modda) boquvchisini yo’qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (29-modda) tayinlanadi. Er (xotin) vafot etganligi sababli uning xotini (eri)ga tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi pensiya oluvchi xotin (er) turmush qurgani (yangi nikohga kirgani) taqdirda ham saqlanib qolishi ko’zda tutilgan.

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu pensiya turini olishga haqli bo’lgan shaxslar doirasining to’g’ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega, chunki uning noto’g’ri belgilanishi fuqarolarning asossiz ravishda pensiya olishlariga yoki bhlmasa pensiya olishga Haqli bo’lgan shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarining g’ayriqonuniy tarzda cheklab qhyilishiga sabab bo’lishi mumkin.

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar doirasiga kirish uchun quyidagi talablar qo’yiladi:

a) mehnatga yaroqsizlik yoki mehnatga yaroqli bo’lsa-da, marhumning 3 yoshga etmagan farzandlari parvarishi bilan band bo’lishlik;

b) marhum boquvchi bilan qarindoshlik aloqasida bo’lishlik;

v) Marhum boquvchi qaramog’ida bo’lganlik;

g) Marhum boquvchi bilan bir oila a’zosi bo’lib yashaganlik.

Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari tushunchasi va mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari tarkibiga kiruvchi shaxslar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida"gi qonunning 3-qismida belgilangan bo’lib, ularning jumlasiga quyidagilar kiradi:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga thlmagan bo’lsa yoki 16 yoshdan katta bo’lsa ham 16 yoshga thlmasdan nogiron bo’lib qolgan bo’lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo’lmasa;

b) ota, ona, o’gay ota, hgay ona, xotin, er; basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga thlgan yoki nogiron bo’lsalar;

v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish Haqi saqlanmagan ta’tilda bhlish Huquqini beradigan yoshga thlgunga qadar boqish bilan mashg’ul bo’lsa va ishlamasa;

g) buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo’lgan kishilar bhlmasa;

hquvchilar 18 yoshga thlgunga qadar boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish Huquqiga egadirlar.

Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo’lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. O’gay hg’il yoki hgay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo’lsalar, Haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.

O’gay ota va o’gay ona, agar vafot etgan o’gay hg’ilni (qizni) 18 yoshga thlgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqan bo’lsalar, Haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bhladilar. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olish huquqi vafot etgan shaxslar bilan bir qatorda belgilangan tartibda bedarak ketgan yoki hlgan deb e’lon qilingan shaxslarning oila a’zolarida ham paydo bhladi.

Marhum boquvchi bilan qarindoshlik aloqalari O’zbekiston Respublikasi «Oila kodeksi» qoidalari bilan belgilanadi.

Jumladan, ushbu Kodeksning 57-moddasiga muvofiq, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqan shaxslar qarindoshlar hisoblanadi. Ikki shaxs hrtasidagi to’g’ri shajara bhyicha qarindoshlikning yaqinligi qarindoshlik darajasi, ya’ni tug’ilish soni bilan belgilanadi.

Bolalar ota-onasiga nisbatan to’g’ri shajaradagi birinchi, nevara bobosiga, buvisiga nisbatan ikkinchi, evara katta bobosiga, katta buvisiga nisbatan uchinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi va o’okazo. Aka-uka, opa-singil, ularning bolalari, ota-onaning aka-ukasi va opa-singili hamda ularning bolalari, bobo va buvilarning aka-uka hamda opa-singillari va ularning bolalari va shunga hxshashlar yon shajara bhyicha qarindoshlar hisoblanadi va hokazo. To’g’ri shajara bhyicha qarindoshlar yon shajara bhyicha qarindoshlarga nisbatan yaqinroqdir. Ikki shaxs hrtasida qarindoshlikning uzoq-yaqinligini aniqlashda, darajalarning soni yoki shu shaxslardan birining o’zini hisobga qhshmay turib, undan kelib chiqan avlodlar soni hisobga olinadi.

Hisob ajdodlar tomon to’g’ri shajara bo’yicha ular uchun umumiy bo’lgan shaxsga (ajdodga) qarab va undan esa avlodlar tomon ulardan boshqasiga qarab olib boriladi.

Tug’ishgan aka-uka va opa-singil qarindoshlikning ikkinchi darajasida, tog’a va amaki, amma va xola o’z jiyanlari bilan qarindoshlikning uchinchi, tog’avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar esa thrtinchi darajasida turadilar. «Oila kodeksining» 58-moddasiga ko’ra esa, aka-uka va opa-singillar yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh bo’lishi mumkin. Aka-uka va opa-singillar bir ota-onadan kelib chiqan bo’lsa, yot aralashmagan, ota bir ona boshqa yoki aksincha, ona bir ota boshqa bo’lsa, yot aralashgan qarindosh hisoblanadi. yot aralashmagan qarindoshlikda aka-uka va opa-singillar tug’ishgan, yot aralashgan qarindoshlikda esa, aka-uka va opa-singillar hgay hisoblanadi. Er-xotinning ilgarigi nikohlaridan bo’lgan bolalari o’zaro qarindosh hisoblanmaydi. Er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (er) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari (qayinchilik va quda-andachilik) o’zaro huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.

Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslari Oila kodeksining 60-moddasida belgilab qo’yilgan va bolaning shu onadan tug’ilganligi (onalik) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish organi tomonidan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko’ra, bola tibbiy muassasada tug’ilmagan hollarda esa, boshqa dalillarga asosan belgilanadi.

Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining hlimi, nikohdan ajratilganligi yoxud nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikoh tugaganidan shng uch yuz kun ichida tug’ilgan bolasi nikohda tug’ilgan bola hisoblanadi. Agar nikoh tugaganidan keyin uch yuz kun ichida bola tug’ilsa va bu davrda ayol yangi nikohga kirgan bo’lsa, bola yangi nikohda tug’ilgan hisoblanadi. Bunday hollarda sobiq er yoki uning ota-onasi bolaning nasl-nasabi xususida imzolashish huquqiga ega ekanliklari belgilangan.

Ota-ona rasmiy qayd etilmagan nikoh munosabatlarida (fuqarolik nikohida) bo’lganlari holda tug’ilgan farzandlarning nasl-nasabi (onasi ham, otasi ham, er-xotinning ixtiyoriy tarzda birgalikda bergan arizasiga ko’ra, bunday ariza mavjud bo’lmagan va otalikni ixtiyoriy tan olishdan bhyin tovlanayotgan hollarda otalik belgilangan tartibda sud yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Marhum boquvchi fuqaroning qaramog’ida bo’lganlik tushunchasi ta’rifi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 20-moddasida bayon etib berilgan.

Ushbu moddada khrsatilishicha, qonunda nazarda tutib qo’yilgan oila a’zolari yuqoridagi qonunning 19-moddasi) agar ular marhumning thliq boquvida bo’lgan yoki undan yordam olib turgan bo’lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa, marhumning qaramog’ida turgan deb hisoblanadilar.

Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag’ining manbai hisoblangan bo’lsa, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasiga htish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlanishini so’rab murojaat qilayotgan va hech qanday daromadga ega bo’lmagan oila a’zolarini (yosh bolalar, pensiya olmaydigan nogironlar va boshqalar) marhum boquvchi shaxs qaramog’ida bo’lib kelganligi faktini aniqlash Hollari qiyinchilik tug’dirmaydi va osonlikcha hal etilishi mumkin.

Biroq marhum boquvchi hayotlik paytida bir oila bo’lib yashagan, umumiy daromadga ega bo’lgan bo’lsa-da, ammo mustaqil ish haqi (pensiya, nafaqa) yoki boshqa daromadga ega bo’lgan shaxslarning marhum qaramog’ida bo’lib kelganligini aniqlash muayyan murakkabliklar tug’diradi. Bunda marhumning ish haqi, stipendiya yoki pensiya oluvchi oila a’zolari uning qaramog’ida turgan-turmaganligi masalasini hal qilishda ko’rsatiladigan moddiy yordam doimiy xarakterga va boshqa daromadlarga qaraganda qanday hajmda ekanligini aniqlash lozim bo’ladi.

Oila a’zosining ish haqi, stipendiya yoki pensiya olishi uni oilaning qaramog’ida deb tan olishga monelik qilmasligi kerak, buning uchun sanab htilgan oila a’zolarining daromadi emas, vafot etgan shaxsning yordami yashash uchun asosiy va doimiy mablag’ manbai bo’lishi kerak. Bolalar ota-onalarining ish haqlari miqdori qancha bo’lishidan qat’i nazar, Har ikkalasining qaramog’ida deb hisoblanadilar. Uy xhjaliklari bilan shug’ullanuvchi ishlamaydigan onalarning bolalari uning qaramog’ida deb tan olinadi. Ota o’lgandan keyin tug’ilgan yoki tug’ish paytida onasi hlgan bola qaramoqda deb hisoblanadi. Marhum boquvchining qaramog’ida bo’lganlik masalasida nizo kelib chiqani taqdirda ushbu masala qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud yo’li bilan ko’rib, hal etiladi.

Pensiyalarni tayinlash pensiya tayinlash vakolatiga ega bo’lgan organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.

Pensiya tayinlash huquqiga hozirgi paytda quyidagi organlar Haqlidirlar:

1) tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimlari;

2) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, CHegara qhshinlari davlat qhmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati davlat qhmitasi, pensiya tayinlash hamda thlash organlari.

Barcha fuqarolarga, shu jumladan, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarga pensiyalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimlari tomonidan tayinlanadi. Ofitserlar tarkibidan bo’lgan shaxslar, praporshiklar, michmanlar va boshqa muddatidan tashqari xizmatni htayotgan Harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, CHegara qhshinlari davlat qhmitasining boshliqlar Hamda oddiy askarlar tarkibidan bo’lgan Harbiy xizmatchilariga Mudofaa vazirligi yoki boshqa vazirlik, idoraning pensiya bhlimlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya tayinlash tartibi O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunining 43-moddasida belgilab qo’yilgandir. Unga ko’ra, xodimlarga va ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo’qotgan taqdirda) pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati orqali beriladi. Jamoa xhjaliklari va boshqa kooperativlarning a’zolari va ularning oilalariga pensiya tayinlash to’g’risidagi ariza jamoa xhjaligi (kooperativ) boshqaruvi orqali beriladi.

Ma’muriyat (boshqaruv) ariza tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish Haqi to’g’risidagi zarur Hujjatlarni rasmiylashtiradi Hamda ularni berilgan ariza va o’z taqdimnomasi bilan birga arizachi istiqomat qiladigan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni shrab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish sabablari khrsatilgan Holda yozma xabar qilinadi.

Pensiya tayinlashni shrab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo’lmagan hollarda, u pensiya tayinlanishini so’rab bevosita tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimiga ariza berishi mumkin. Dehqon (fermer) xhjaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to’g’risidagi arizalar bevosita arizachilarning istiqomat joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimiga beriladi.

Ijtimoiy ta’minot bo’limlari pensiyalar tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berishi, shuningdek, arizachiga zarur Hujjatlarni olishida khmaklashishlari shart. Ijtimoiy ta’minot bhlimlari korxonalar, tashkilotlar va ayrim shaxslardan tegishli Hujjatlarni talab qilish, zarur Hollarda esa ularning berilishi asosliligini tekshirish Huquqiga egadirlar.

Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta Hisoblanishi uchun) hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bo’lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga etkazilgan zarar uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilanganidek javobgar bhladilar. Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz Hujjatlar taqdim etilishi oqibatida davlatga zarar etkazilgan taqdirda, etkazilgan zarar Ijtimoiy sug’urta jamg’armasiga thlanadi. Bunda korxona tomonidan etkazilgan zarar ijtimoiy ta’minot bhlimidan tegishli xabarnoma olingan kundan boshlab, bir oy ichida pensioner tomonidan etkazilgan zarar esa belgilangan tartibda pensiyadan chegirib qolish orqali qoplanadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarori bilan «Pensiya tayinlash uchun zarur bo’lgan Hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi to’g’risida» Nizom tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra pensiya tayinlash haqidagi arizaga qhshib taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati, hujjatlarni khrib chiqish, tayyorlash muddatlari va tartiblari belgilab qo’yilgan.

Mazkur Nizomda har xil pensiya uchun talab etiladigan hujjatlar nazarda tutilgan. Jumladan, Nizomning 5-bandiga binoan, yoshga doir pensiya tayinlash to’g’risidagi arizaga:

a) mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlaydigan hujjatlar;

b) ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma, zarur hollarda quyidagilar taqdim etiladi:

v) bola tug’ilganligi va u sakkiz yoshgacha tarbiya qilinganligi haqidagi Hujjat;

g) arizachining farzandi bolalikdan nogiron yoki nogiron bola ekanligini tasdiqlovchi Hujjatlar;

d) arizachi urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) davolash muassasasining arizachi gipofizlar mittilik kasaliga chalingan (liliput)ligi va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakana ekanligi to’g’risidagi hujjat.

Urush nogironlariga «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonuni 12-moddasining «a» bandiga muvofiq, pensiya tayinlanganda va ularning pensiyalariga qonunning 28-moddasi «a», «b», «v» bandlariga muvofiq ustamalar hisoblanganda ijtimoiy ta’minot bhlimi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan (TMEK) olingan tekshiruv dalolatnomasidan khchirma ilova qiladi. Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruH nogironi bo’lgan vaqt ish stajiga qhshiladigan hollarda arizaga TMEK tekshirish dalolatnomalaridan khchirmalar ilova qilinadi. Nizomning 6-bandida nogironlik pensiyasi tayin etilishi so’rab ariza berilayotganida quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozimligi khrsatib qo’yilgan:

Nogironlik pensiyasini tayinlash to’g’risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

a) mehnat stajini (umumiy va maxsus) tasdiqlovchi Hujjatlar;

b) ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

Agar nogironlik mehnatda mayiblanish oqibatida sodir etilgan bo’lsa, unda baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki boshqa rasmiy Hujjat) taqdim etiladi. Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

v) arizachining yolg’iz va o’zgalar yordamiga muhtoj deb tan olinganligi to’g’risidagi hujjat;

g) arizachining urush ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat.

Ijtimoiy ta’minot bhlimi arizaga tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK)dan olingan tekshiruv dalolatnomasidan khchirmani ilova qiladi. Nizomning 7-moddasida boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tayinlashdan oldin ariza bilan birga quyidagi hujjatlar ham topshirilishi ko’zda tutib qo’yilgan:

a) pensiya tayinlanayotgan shaxsning yoshini tasdiqlovchi tug’ilganlik Haqidagi guvohnoma yoki pasport;

b) oila a’zosining vafot etgan boquvchiga qarindoshligi munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;

v) fuqarolik holati aktlarini qayd qilish bhlimining boquvchining vafot etganligi to’g’risidagi guvohnomasi yoki uning bedarak yo’qolganligini tasdiqlovchi hujjat;

g) oila boquvchisining yoshi to’g’risidagi hujjat (agar vafot etganlik Haqidagi guvohnomada yoshi khrsatilmagan bo’lsa);

d) boquvchining mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlar;

e) boquvchining ish haqi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

Bundan tashqari, zarur hollarda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

j) boquvchining qaramog’ida bo’lgan uning oila a’zolari tarkibi to’g’risida mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organlari) fuqarolari yig’inining ma’lumotnomasi yoki boshqa hujjatlar;

z) umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, hrta maxsus va oliy hquv yurtlarining oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan a’zolari hquvchilar ekanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalari;

i) mahalla, qishloq (shaharcha), ovul (uy-joy organlari) fuqarolari yig’inining vafot etganning ota-onasi turmush hrtog’i, buvasi, buvisi, akasi (ukasi) yoki opasi (singlisi), vafot etganning 3 yoshga thlmagan bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralariga qarash bilan bandligini va ishlamayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi.

Agar boquvchining hlimi mehnatda mayiblanish oqibatida sodir bo’lgan bo’lsa, baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma (yoki boshqa rasmiy Hujjat) ham taqdim etiladi. Bunda ijtimoiy ta’minot bhlimi tomonidan boshqa Hujjatlar Ham talab qilinishi mumkin. Pensiya tayinlash uchun zarur Hujjatlarning asl nusxasi Ham yoki ularning notarial tartibda yoxud korxona, tashkilotlar, ijtimoiy ta’minot bhlimining bevosita o’zi tomonidan tasdiqlangan nusxalari Ham topshirilishi mumkin.

Mehnat stajini tasdiqlovchi Hujjat (mehnat daftarchasi, ma’lumotnoma va boshqalar)ning faqat asl nusxasi topshirilishi talab qilinadi. Nizomga ko’ra, mulkchilik va tadbirkorlik shaklidan qat’i nazar, barcha korxona va tashkilotlarning ish beruvchilari Har yilning boshida kelayotgan yilda pensiya yoshiga etadigan barcha xodimlar, shirkat, deHqon (fermer) xhjaligi a’zolari ro’yxatini tuzib chiqishi, pensiyaga chiqish yoshiga etadigan kundan kechikmasdan xodimga bu Haqda xabar berishi, xodim pensiyaga chiqish istagini bildirsa, uning arizasi asosida zarur Hujjatlarni tayyorlash va 10 kun ichida o’z tavsiyanomasi bilan birga ijtimoiy ta’minot bhlimiga taqdim etishi lozim bhladi.

Ijtimoiy ta’minot bhlimi taqdim etilgan Hujjatlarni qabul qilib oladi. Agar ular noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa, u Holda kamchiliklarini khrsatib arizachiga qaytarib beradi. Basharti, kamchiliklar 5 kun ichida bartaraf etilib qayta taqdim etilsa, u dastlab ariza berilgan kundan boshlab qabul qilib olingan Hisoblanadi va ariza 10 kun ichida khrib, Hal etilmog’i lozim.

Tayinlanadigan pensiyalar miqdorini belgilovchi asosiy omil – hrtacha oylik ish Haqidan iborat. SHu sababli hrtacha oylik ish Haqi to’g’ri aniqlanishi va to’g’ri Hisoblanishi muHim aHamiyatga egadir.

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 31-moddasida hrtacha oylik ish Haqini aniqlashning umumiy qoidalari belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra, pensiyani Hisoblab chiqish uchun, ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, butun mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket kelgan besh yillikdagi (pensiya shrab murojaat etgan kishining tanlovi bhyicha) Haqiqiy hrtacha oylik ish Haqi olinadi. Hrtacha oylik ish Haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oydagi ish Haqining umumiy miqdorini oltmishga bhlish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya shrab murojaat etgan kishining xoHishiga qarab, ishga kirish yoki ishdan bhshash munosabati bilan ish kunlari soni thliq bo’lmagan oylar ishlangan thliq kalendar oylar sifatida Hisobga olinadi.

Pensiya shrab murojaat etgan kishi besh yildan oz vaqt ishlagan Hollarda hrtacha oylik ish Haqi ishlangan kalendar oylaridagi ish Haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bhlish yo’li bilan aniqlanadi. Mavsumiy ishlarda band bo’lgan xodimlarga pensiya tayinlashda amaldagi hrtacha oylik ish Haqi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi ish Haqini oltmishga bhlish yo’li bilan aniqlanadi. Pensiyani Hisob-kitob qilish uchun eng kam ish Haqining etti Hissasidan ortiq bo’lmagan ish Haqi olinadi. Pensiyani Hisoblab chiqish uchun olinadigan hrtacha oylik ish Haqi eng kam oylik ish Haqi miqdoridan oz bo’lgan yoki ish Haqi to’g’risidagi ma’lumotlar umuman bo’lmagan Hollarda ish staji uchun pensiya eng kam oylik ish Haqiga qarab Hisoblab chiqariladi.

Pensiyalarni Hisoblab chiqish uchun ish Haqiga amaldagi qoidalarga ko’ra sug’urta badallari olinadigan mehnat Haqining barcha turlari qhshiladi, amaldagi ish Haqi thlash tizimida nazarda tutilmagan bir martalik xususiyatga ega bo’lgan thlovlar bundan mustasnodir. Davlat tomonidan ijtimoiy sug’urtalanmaydigan shaxslarning pensiyasini Hisoblab chiqarish uchun ish Haqiga sug’urta badallari olinadigan mehnat Haqi turlariga hxshash pul ta’minotining barcha turlari qhshiladi.

Pensiya shrab murojaat etgan kishining xoHishiga binoan hquv davrida thlangan stipendiya ish Haqiga tenglashtiriladi. Ish vaqtini Hisob-kitob qilish mumkin bo’lmagan xodimlarning (fermerlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, ayrim fuqarolarning yumushlarini bajaruvchilar va Hokazolar) pensiyalarini Hisoblab chiqarish uchun ish Haqi miqdori O’zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga thlangan sug’urta badallari miqdoriga qarab aniqlanadi.

Natura Holida berilgan ish Haqi Pensiya jamg’armasiga thlangan ijtimoiy sug’urta badallari miqdoriga ko’ra Hisobga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarori bilan sug’urta badallari qhshilmaydigan va pensiyani Hisoblab chiqishda Hisobga olinmaydigan ish Haqi va boshqa thlovlar ro’yxati tasdiqlangan (qarorning 9-ilovasi). Unga ko’ra quyidagilar hrtacha oylik ish Haqini Hisoblab chiqish paytida Hisobga olinmasligi lozim:

1. Foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya.

2. Ishdan bhshayotganda thlanadigan yordam puli.

3. Moddiy yordam sifatida beriladigan Har xil pul nafaqalari miqdori.

4. Kompensatsiya thlovlari (xizmat safarlari bhyicha sutkaliklar va sutkaliklar hrniga berilgan thlovlar, mehnatkashlarga mayib bhlish yoxud ularning ishi bilan bog’liq Holda salomatlikka etkazilgan boshqa shikastlanishning hrnini qoplash uchun beriladigan thlovlar).

5. Xodimlarning ayrim toifalariga tekin berilgan kvartira, kommunal xizmat, yoqilg’i, yo’l Haqi qiymati yoki uning hrnini qoplash qiymati.

6. Berilgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda Himoyalanish vositalari, sovun, yog’dan tozalovchi vositalar, sut Hamda davolash va kasallikni oldini olish uchun ovqatlantirish qiymati.

7. Bepul ovqat qiymati.

8. Tushlik ovqatga beriladigan pul, sanatoriy-kurortlarga, dam olish uylariga beriladigan yo’llanmalar qiymati, statsionar va ambulatoriyada davolanish uchun thlanadigan Haq.

9. Boshqa joyga ishga htkazilganda yoki ishga htganda khchib htish, mol-mulkini tashish va turarjoyni ijaraga olish bhyicha xarajatlarning hrnini qoplash.

10. Doimiy ish yo’lda htadigan yoki khchib yurish tusiga ega bo’lgan Hollarda yoxud xizmat safarlari munosabati bilan sutkalik pul hrniga ish Haqiga qhshimchalar va ustamalar.

11.Mehnat uchun taqdirlanmasdan ishlagan kunlar (shanbaliklar, yakshanbaliklar va boshqalar) uchun Hamda tegishli budjetga va xayriya jamg’armalariga htkaziladigan ish Haqi.

12. YUbiley sanalari, tug’ilgan kunlar, uzoq yillik va nuqsonsiz mehnat faoliyati, faol ijtimoiy ishi Hamda boshqa shunga hxshash Hollar munosabati bilan ish Haqi fondi (mehnatga Haq thlash fondi) Hisobidan beriladigan rag’batlantiruvchi thlovlar (mukofotlar Ham shu jumlaga kiradi).

13.Musobaqalar, khriklar, tanlovlar va boshqalarda mukofotli hrinlarni egallaganlik uchun beriladigan pul mukofotlari.

14.Ishlab chiqarishdan bhshagan Holda hqishga yuborilgan hquvchilarga korxona va tashkilotlar tomonidan thlanadigan stipendiyalar.

15. Oliy va hrta maxsus hquv yurtini tamomlagandan keyin ta’til vaqtida yosh mutaxassislarga korxona, muassasa va tashkilot tomonidan thlanadigan nafaqalar.

16.Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar.

Ishlovchilarning ish Haqiga mintaqaviy koeffitsient belgilangan Hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsient e’tiborga olingan Holda Hisoblab chiqilgan amaldagi ish Haqi Hisobga olinadi.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga htish sharoitlarida yuz bergan inflyatsiya (pul qadrsizlanishi) jarayonlari va shu tufayli aHoli daromadlarini vaqti-vaqti bilan indeksatsiyalanishi oqibatida turli yillardagi ish Haqining nominal khrsatkichlari Har xil bo’lib qoldi Hamda bu Hol pensiya tayinlashda noqulayliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zining 1992 yil 4 sentabrdagi qaroriga ko’ra turli yillardagi hrtacha ish Haqini Hisoblab chiqarish tartibiga tuzatish koeffitsienti joriy qildi va shu yo’l bilan turli yillardagi ish Haqlarining real miqdorini o’zaro barobarlashtirishga urinib khrildi.

Ushbu tuzatish koeffitsientlari 1995 yil 1 sentabrgacha amal qildi va 1995 yil 1 sentabrdan qayta khrib chiqilib, tuzatish kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 26 martdagi «2002 yil 1 apreldan boshlab ish Haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoni asosida eski tuzatish koeffitsientlari hrniga yangi, 1 apreldan boshlab qhllanilishi lozim bo’lgan tuzatish koeffitsientlari joriy etildi.

Bozor munosabatlari qaror topishi sharoitida axolini ijtimoiy muxofaza qilish shakllaridan biri – nafaqalar bo’lib, ular pensiyalardan keyin, ikkinchi hrinda turadi va axolining muayyan nochor tabaqalariga aniq yhnaltirilganligi bilan ajralib turadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «qanchalik qiyin bhlmasin, davlat va jamiyat pensionerlar, serfarzand oilalar, talabalar xamda axolining kuchli ijtimoiy muxofazaga muxtoj bo’lgan boshqa tabaqalari xususida g’amxhrlik qilishni bir daqiqa bo’lsa xam unutgani yo’q». SHuni aytish kofoyaki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2002 yil 24 yanvarda tasdiqlangan «qariyalarni qadrlash yili» davlat dasturini rhyobga chiqarish uchun 91,3 milliard shm mablag’ sarflash nazarda tutilgan. Faqat 1999 yilning o’zida 1,8 million oila ishonchli ijtimoiy ximoya bilan ta’minlangan bo’lib, yilning birinchi yarmida ana shu maqsad uchun 19 milliard shm mablag’ ajratilgan. 2002 yil 1 yanvarga kelib esa 2200 ming oila ijtimoiy yordam olgan, fuqarolarning 14 toifasiga nafaqalarning 136 turi berilmoqda, 16 ming kishi bepul oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlanmoqda.

O’zbekistonda ijtimoiy qhllab-quvvatlash, nafaqalar bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam khrsatish tobora axolining nochor qatlamlariga aniqroq yhnaltirilmoqda va bunda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining axamiyati xamda vakolatlari muntazam oshirib borilmoqda. «Davlat, jamiyat va shaxs hrtasidagi munosabatlar demokratik tus olmoqda, – degan edi Respublika Prezidenti I.A.Karimov, – Davlatga qarashli bo’lmagan tuzilmalarning vakolatlari kengaymoqda. Ularning ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishda, jamiyatni boshqarishda tutgan hrni tobora salmoqli va faol bo’lib bormoqda».

Axolining aniq yhnaltirilgan ijtimoiy qhllab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik faoliyati tobora kuchayib bormoqda va xozirgi paytda ushbu masala o’zining zaruriy xuquqiy bazasiga, bugungi kun talablarini o’zida aks ettiruvchi qonunchilik tizimiga ega bhldi. Bunda ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 10 dekabrdagi «Bolali oilalar davlat tomonidan qhllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to’g’risida»gi Farmoni va uning asosida qabul qilingan xukumat qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvardagi «Axolini aniq yhnaltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida»gi va 2002 yil 25 yanvardagi «Axolini ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamlarini aniq yhnaltirilgan tarzda qhllab-quvvatlashni kuchaytirish to’g’risida»gi Farmonlari aloxida hrin tutad

Nafaqa xuquqiy kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari, davlat budjeti xamda boshqa maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta khrsatiladigan ijtimoiy yordamdan iborat bo’lib, pensiyalardan farq qiladi va odatda yordamchi xususiyatga ega bhladi xamda fuqaro turmush kechirishining asosiy manbai bo’lib xisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar – pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va tekinga berilishi kabilar nafaqalarga xam xosdir. Pensiyalardan farqli hlaroq, nafaqalar vaqtinchalik xususiyatga ega, turmush darajasini ta’minlashning qhshimcha manbai bo’lib sanaladi va nafaqalar tayinlanishida nafaqa oining avvalgi mexnat faoliyati va mexnat staji unchalik katta axamiyatga ega bhlmaydi.

Nafaqalar o’z manbalariga ko’ra:

1) Davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’laridan (budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan) thlanadigan nafaqalar

2) Davlat budjet mablag’laridan thlanadigan nafaqalar;

3) Boshqa manbalardan thlanadigan nafaqalarga bhlinadi;

Davriyligiga ko’ra:

1) Muntazam tarzda uzoq muddat davomida thlanadigan nafaqalar;

2) Bir marta thlanadigan nafaqalarga bhlinadi.

Nafaqani oluvchilar toifasiga ko’ra:

1) Ayrim fuqarolarga tayinlanadigan;

2) Oilaga tayinlanadigan nafaqalar mavjud.

Bulardan tashqari, nafaqalar:

1) korxona va tashkilotlarning xodimlariga thlanadigan;

2) bolalarga thlanadigan;

3) nogironlarga thlanadigan;

4) yolg’iz qariyalarga thlanadigan nafaqalarga va boshqa turdagi nafaqalarga bhlinishi mumkin.

Nafaqalarning turlarini, ularni tayinlash va thlashga oid qonunchilik qoidalarini bilish bu soxada qonunchilikning ta’minlanishi, ijtimoiy adolat qaror toptirilishida katta axamiyatga ega.


Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha tayinlanadigan va thlanadigan nafaqalar fuqarolarni nafaqalar bilan ta’minlashda etakchi hrin tutadi.

Ijtimoiy ta’minotning ushbu shakli fuqarolarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan muxim xuquqlarning amalga oshirilishini kafolatlaydi (Konstitutsiyaning 39-moddasi davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar tayinlash va thlashning xuquqiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksi (XVI bob, 282-294-moddalar); O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 15 noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori; 2001 yil 16 martda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olingan «Majburiy badallar va davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha ajratmalarni budjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga xisoblab chiqarish va thlash tartiblari to’g’risida»gi yhriqn; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 24 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «YUridik shaxs bhlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslarning mexnat stajini xisobga olish va budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga badallar thlash tartibi» xamda «Dexqon xhjaligi a’zolari ijtimoiy sug’urtasi va ijtimoiy ta’minoti to’g’risida»gi Nizom va nixoyat, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 may kuni ro’yxatga olingan «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar tayinlash va thlash tartibi to’g’risida»gi Nizom bilan[ va boshqa bir qator me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi.

Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar tayinlanishi nafaqa olishga talabgor fuqaroning (yoki uning oila a’zosini) mexnat faoliyati bilan, uning uchun ish beruvchilar tomonidan yoki bevosita o’zi tomonidan budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga ijtimoiy sug’urtasi o’z vaqtida, thliq va muntazam ravishda thlab berilganligi bilan bog’liq qilib qo’yilgan. YA’ni ijtimoiy sug’urta badallari thlanmaydigan ish faoliyati bilan shug’ullanish yoki sug’urta badallarini muntazam thlanmaganligi odatda ijtimoiy sug’urta bhyicha nafaqalar olish xuquqi paydo bhlmasligiga sabab bhladi, «Sug’urta badallari thlanmagan bo’lsa nafaqa xam tayinlanmaydi» degan tamoyil amal qiladi. Ammo O’zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 284-moddasi, ikkinchi qismiga ko’ra: «Ish beruvchining davlat ijtimoiy sug’urtasi uchun badal thlamaganligi sug’urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari xisobidan ta’minlanish xuquqidan maxrum qilmaydi». Korxonalar ixtiyoriy thlamagan yoki kechiktirgan sug’urta badallari keyinchalik majburiy tarzda undirib olinadi.

Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar ijtimoiy sug’urta qilingan xodimlarga, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilgan xollarda boshqa fuqarolarga xam beriladi. Umumiy qoidaga ko’ra xodim ish beruvchi bilan mexnat munosabatlarida (sinov davrida xam) bo’lgan davrda unda nafaqa olish xuquqi paydo bo’lsa beriladi. Ayrim xollarda ishdan bhshagan xodimlarga xam nafaqa tayinlanishi mumkin.

«Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar tayinlash va thlash tartibi to’g’risida»gi Nizomning (keyingi hrinlarda Nizom deb yuritiladi) 1-bandiga ko’ra, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari xisobidan ijtimoiy sug’urta bhyicha quyidagi nafaqalar beriladi:

- vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik uchun;

- xomiladorlik va tug’ish uchun;

- bola tug’ilgani uchun;

- qhshimcha dam olish kuni uchun;

- dafn etish marosimi uchun.

Endi ushbu nafaqalarni tayinlashning o’ziga xos xususiyatlarini batafsilroq khrib chiqamiz.

1. Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi

Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik paytida beriladigan nafaqa davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha tayinlanadigan nafaqalarning asosiy turi xisoblanadi.

«Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik» tushunchasi qonun xujjatlarida keng ma’noda talqin etiladi va kasallik yoki jaroxat olish tufayli mexnat layoqati vaqtincha yo’qolib qolishdan boshqa bir qator xolatlarni xam o’z ichiga oladi.

«Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalar tayinlash va thlash tartibi to’g’risida»gi Nizomning 9-bandiga ko’ra, quyidagi xollarda vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi berilishi ko’zda tutilgan:

a) vaqtincha mexnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kasallikda (shikastlanishda);

b) sanatoriy-kurortlarda davolanganda;

v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda;

g) karantinda;

d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga htkazilganda;

e) mexnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez) qhydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.

Demak, vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik tushunchasi ancha keng ma’noga ega. Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi faqat belgilangan tartibda, berilgan vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asosidagina tayinlanishi mumkin.

«Ishlayotgan fuqarolarning va hquvchilarning vaqtincha mexnatga layoqatsizligini O’zbekiston Respublikasi davolash-profilaktika muassasalarida ekspertizadan htkazish to’g’risida»gi Nizom O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 19 yanvarda ro’yxatga olingan bo’lib, unga asosan nogiron bhlmasa-da, muayyan mexnat sharoitiga muxtoj shaxslar uchun tavsiya etiladigan ishlar; uzoq yoki doimiyga mexnat qobiliyatini yo’qotgan shaxslarni aniqlash va ularni tekshirish uchun TMEKlarga yuborish; davolash-diagnostika jarayonlarini to’g’ri tashkil etish, mexnatga layoqatsizlik sabablarini taxlil qilish va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Mazkur Nizomda vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlikni ekspertizadan htkazishga vakolatli bo’lgan davolash-profilaktika organlari, ularning vakolatlari, xuquqlari va majburiyatlari xamda javobgarliklari belgilab berilgan.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 19 yanvar kuni «Mexnatga qobiliyatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini berish tartibi to’g’risida»gi yhriqnoma ro’yxatga olingan. Ushbu yhriqnomada aytilishicha, mulkchilik shakli, xhjalik mansubligi xhjalik faoliyatining turidan qat’i nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda yollanib ishlovchi, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi, dexqon xhjaliklarida mexnat qiluvchi barcha xodimlarning vaqtincha mexnatga qobiliyatsizligi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllardagi mexnatga qobiliyatsizlik varaqasi, tegishli xollarda esa ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.

Ishlamayotgan, ish xaqi saqlanmagan xoldagi ta’tilda bo’lgan shaxslar, xarbiy xizmatchilar (erkin yollanganlardan tashqari), attestatsiya qilingan Ichki ishlar vazirligi xodimlariga vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik varaqasi berilmaslik ko’zda tutilgan.

Mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi bilan quyidagi xolatlar tasdiqlanadi:

a) xodimning o’z ishidan ozod etilganligi;

b) vaqtincha mexnatga layoqatsizlik paytida nafaqa olishga bo’lgan xuquqi;

v) kasallik yuz berganligi fakti xisobga olinganligi.

Mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hrniga ma’lumotnoma berilganida uning vositasida:

a) xodimning ishdan ozod etilganligi;

b) kasallik yuz berganligi fakti xisobga olinganligi tasdiqlanadi.

Mexnatga qobiliyatsizlik varaqasi yoki bu xaqdagi ma’lumotnoma vakolat berilgan davlat-profilaktika muassasalari tomonidan, istisno tariqasida va maxsus tartibga ko’ra nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan berilishi mumkin bhladi. «Mexnatga qobiliyatsizlik varaqasi va ma’lumotnomasini berish tartibi to’g’risida»gi yhriqnomaning 8-bandiga muvofiq, mexnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi xollarda beriladi:

a) vaqtincha mexnatga qobiliyatsiz bo’lib qolgan xolda kasal bo’lib qolish (jaroxat olish)

b) xomiladorlik va tug’ish ta’tili boshlanganda;

v) bemor oila a’zosini parvarishlashi zarur bo’lib qolganida;

g) sanatoriya-kurort (ambulatoriya-kurort)da davolanish paytida;

d) sil kasalligi yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga htkazilganda;

e) karantin yuz berganida;

j) statsionar protez-ortopediya korxonasida protezlash amalga oshirilganida.

Ambulatoriya-poliklinika sharoitida davolanganida mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi davolovchi vrach tomonidan 5 kungacha muddatga berilishi mumkin. 5 kun htgach, xar safar 10 kungacha muddatga davolovchi vrach tomonidan bhlim boshlig’i bilan birgalikda, bhlim boshlig’i bo’lmaganida esa vrachlar maslaxat komissiyasi (VKK) raisi bilan birgalikda bemor sog’ayguniga qadar yoki u tibbiy mexnat ekspert komissiyasiga yuborilguniga qadar uzaytirilishi mumkin.

Uzoq vaqt kasal bo’lgan shaxslar mexnatga qobiliyatsizlik boshlangan kundan boshlab uzog’i bilan 3 oy ichida (bir xil kasallik bilan 12 oy davomida jami bo’lib 4 oy mexnatga qobiliyatsiz bo’lib qolganda) TMEKga jhnatilishlari lozim.

Alkogolli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida kasal bo’lgan yoki jaroxat olgan shaxslarga mexnatga qobiliyatsizlik varaqasi hrniga ma’lumotnoma beriladi. Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik varaqasini rasmiylashtirish, uni berish tartiblari, shartlari yuqorida aytib htilgan yhriqnomada belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mexnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqasi rasmiylashtirilishining to’g’ri yuritilishi, uning yuzasidan moliya operatsiyalarining amalga oshirilishi, ushbu varaqalarning xisobga olinishi, ular yuzasidan xisobotlar to’g’riligi ustidan nazorat olib boradi.

Vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi yo’qolgan xollarda, nafaqa, uning hrniga takroriy berilgan vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi (dublikat) asosida beriladi. Vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik bhyicha nafaqa mexnat qobiliyati yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mexnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, xatto bu davrda xodim bilan mexnat shartnomasi bekor qilingan xollarda xam beriladi. Oliy, hrta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.

Ish xaqi, sutkalik va khchish bhyicha xarajatlarni olish xuquqiga ega bo’lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan mexnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun nafaqa thlanadi. Xodimning mexnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va qhshimcha) ta’til davriga to’g’ri kelgan xollarda, vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasida khrsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa thlanadi.

Sanatoriy-kurortda davolanishda, agar asosiy va qhshimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun etarli bhlmasa, nafaqa beriladi. Bunday xolda sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo’llanma, davolanish muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qhshib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan xolda nafaqa beriladi. Asosiy va qhshimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin foydalangan bo’lsa xam nafaqa uni chiqarib tashlagan xolda beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning etmaydigan vaqti uchun xodim bilan kelishib, unga ish xaqi saqlanmagan ta’til beradi.

Ikkinchi jaxon urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilarga, CHenobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan htkir miokard infarkti bilan kasallangan, jarroxlik uslubi bilan yurakning aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yarali kasalligi, hn ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va ht pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek, sil kasalligi bilan og’riganlarga nafaqa sanatoriyda bo’lgan barcha vaqt uchun beriladi.

Hn olti yoshgacha bo’lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (xomiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-kelish vaqtini xisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to’g’risidagi tibbiy xulosa mavjud bo’lganda nafaqa beriladi. Uch yoshgacha bo’lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo’lgan ona kasal bo’lib, bolani parvarishlashga qurbi etmay qolgan xollarda, parvarish bilan band bo’lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki qarindoshlariga (mexnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.

Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarash bhyicha vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. Hn thrt yoshga etmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mexnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi. Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfining oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo’lsa.

Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo’lgan xodimlarga mexnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik, xomiladorlik va tug’ish bhyicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik bhyicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to’g’risida tuzilgan mexnat shartnomasida khrsatilgan ish kunlari doirasida thlanadi. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik bhyicha nafaqa mexnatda mayiblanish xodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.

Ishlayotgan Ikkinchi jaxon urushining nogironlariga va imtiyozlari jixatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, CHernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bhyicha ishlarni bajarish bilan bog’liq sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan shaxslarga vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mexnatda mayiblanish xodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket thrt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi. Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mexnatga qobiliyatsizligi mexnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u thla sog’aygunga yoki mexnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog’liq nogironlik guruxi qayta khrib chiqilgunga qadar thlanadi.

Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik bhyicha nafaqa shaxs thla sog’aygunga qadar, lekin khpi bilan 10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa khpi bilan 6 oyga beriladi.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 mayda ro’yxatga olingan «Davlat ijtimoiy sug’urtasi bhyicha nafaqalarni tayinlash va thlash tartibi to’g’risida»gi nizomga ko’ra, vaqtincha mexnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to’g’ri kelganda nafaqa to’lanmaydi:

- ish xaqi saqlanmagan ta’til;

- bolani parvarishlash bhyicha ta’til;

- ish vaqtincha to’xtatilgan;

- xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish xaqi thlash thxtatib qo’yilganligi sababli ishlamagan;

- xarbiy hquv yoki tekshiruv yig’ini;

- ishlab chiqarishdan ajralmagan xolda hquv yurtlarida taxsil olish munosabati bilan berilgan qo’shimcha ta’til.



Yüklə 253,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin