2.Mexnat stajini xisoblash.
3.Ayrim turdagi mexnat faoliyati bilan boglik bulgan mexnat stajini xisoblashning uziga xos xususiyatlari.
4.Dexkon xujaligi a’zolarini ijtimoiy sug‘urtadash va ularning mexnat stajini xisobga olish.
Mexnat staji tushunchasi va uning turlari.
Fuqarolarga ijtimoiy ta’minot berish mezonlaridan biri-mexnat stajidir. Ish staji deganda xodim uchun Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashkai Pensiya jamG‘armasiga sugurta badallari tulanishi sharti bilan amalga oshirilgan mexnat va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshka ijtimoiy foydali faoliyat davri (vakti) nazarda tutiladi.
Mexnat staji, uning mikdori va sifati Fuqaroga ijtimoiy ta’minot berilishida muxim urin tutvchi omil bulib sanaladi. Mexnat staji odatda Fuqaroning korxonayoki tashkilotdagi mexnat faoliyat davridan iborat buladi.
Umumiy va maxsus mexnat stajlari mavjud buladi.
Har kanday ish davri, shungingdeq kuyidagi vaktlar xam umumiy ish stajiga kushib xisoblanadi va pensiya ta’minotida xisobga olinadi:
a) Agar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga sugurta badallari tulagan bulsa faoliyat turi, mulk va xujalik yuritish shakllaridan kat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy suG‘urtalangan xolda bajargan xar kanday ish;
1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xujaligidagi ish stajini xisoblab chikarishda, agar jamoa xujaligi a’zosi uzrsiz sabablarga kura jamoa xujaligida belgilangan mexnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bulsa, ishlangan vaktning amalda davom etgan davri xisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashG‘ul xodimlarning ish stajini, basharti ular Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasigasuG‘urta badallari tulagan bulsalar, ijodiy uyushmalarning boshkaruvlari ana shu muallifning asari e’lon kilingan yoki birinchi marta jamoat oldida ijro yoki namoyish etilgan kundan e’tiboran belgilaydilar;
b) xarbiy xizmat va partizan otryadlari xamda kushilmalarida bulish, davlat xavfsizligi organlarida va ichki ishlar organlarida xizmat kilish;
v) idoraviy buysunuvidan kat’i nazar, xarbiylashtirilgan sokchilikdagi, maxsus aloka organlari va TOG‘-kon-kutkaruv kismlaridagi xizmat;
g) yakka tartibdagi mexnat faoliyati, shu jumladan yakka (guruxli) ijara sharoitidagi yoki shaxsiy yordamchi, dexkon (fermer) xujaligidagi faoliyat- Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga sugurta badallari tulangan takdirda;
d) I gurux nogironiga yoki 16 yoshgacha bulgan nogiron bolaga, shuningdek uzgalarning parvarishiga muxtoj bulgan (davolash muassasasining xulosasiga kura) 80 yoshga tulgan kariyalarga karab turilgan vakt;
e) oliy va urta maxsus o’quv yurtlarida, aspiranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi ukish, shu jumladan chet elda ukish;
j) onaning (ugay onaning) bolalarini (ugay uG‘illarini, ugay kizlarini) gudaklik yoshida parvarishlagan vakti, lekin kupi bilan 3 yil doirasida (Bola parvarishlash ta’tili berilgani =aыidagi ish beruvchi buyru-idan kщchirma taыdim etilishi sharti bilan);
z) ofitserlar tarkibidan bulgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashkari xizmat xarbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bulmagan joylarda erlari bilan yashagan vakt, lekin 10 yildan oshmagan davr;
i) Uzbekiston Respublikasi muassasalari va xalkaro tashkilotlar xodimlari xotinlarining chet elda bulgan vakti, lekin 10 yildan oshmagan davr;
Mexnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi okibatida I va P gurux nogironligida bulingan vakt yoshga doir yoki bokuvchisini yukotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga kushib xisoblanadi.
YOshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vakt pensiyani xisoblab chikarish uchun stajga kushib xisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bulgan (chin etim) bolalarga tayinlanadigan bokuvchisini yukotganlik pensiyalarini xisoblab chikarish xam ota, xam onaning umumiy ish stajiga karab amalga oshiriladi.
Maxsus mexnat staji deganda esa imtiyozli shartlarda ijtimoiy ta’minot (pensiya bilan ta’minlanish) huquqini beradigan ishlar, kasblar, vazifalarda ishlagan davr nazarda tutiladi. Jumladan, Uzbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 12 maydagi 250 sonli karori bilan “Imtiyozli shatlarda pensiyaga chikish huquqini beradigan ishlab chikarishlar,muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va kursatkichlar Ruyxati tasdiklangan bulib, ana shunday ishlarda ishlagan davrlar maxsus ish stajiga, ya’ni, imtiyozli shartlarda ijtimoiy ta’minot olish huquqini beruvchi davrlarga kushib xisoblanadi.
Mexnat stajini xisoblash.
Mexnat daftarchasi ish stajini tasdiklovchi asosiy xujjat xisoblanadi. Mexnat daftarchasi yoki unda tegishli yozuvlar bulmagan takdirda ish stajini tasdiklash tartibi qonun xujjatlari bilan belgilanadi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son karori bilan tasdiklangan “Pensiya tayinlash uchun mexnat stajini tasdiklash tartibi tuG‘risida NIZOM”ning 1-bandiga kura: “Mexnat staji ish, xizmat, ukish joyidan yoki ish stajiga kushib xisoblanadigan boshka faoliyat amalga oshirilgan joydan, yoxud arxiv muassasalari tomonidan berilgan xujjatlar asosida aniklanadi.
Stajga kuyidagilar imtiyozli tarzda kushib xisoblanadi:
a) xarakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi xarbiy kismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar xarakatlar davrida partizan otryadlari va kushilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar xarakatlarda ishtirok etish-uch xissa barobarida;
b) Ulug Vatan urushi yillarida (1941 yil 22 iyundan 1945 yil 9 mayga kadar) mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan xarbiy kismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish-ikki xissa barobarida;
v) imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan-erkaklarda 10 yildan ortik va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortik ishlangan xar bir tulik yil- ikki xissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga karshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yukumli kasalliklar muassasalarida ishlash-ikki xissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi-bir yarim xissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda kataG‘On kilingan va keyinchalik oklangan Fuqarolarning kamokda bulish va xibsda saklash joylarida turgan vakti-bir yarim xissa barobarida
Mexnat daftarchasi, shuningdeq Pensiya jam-armasi organlari tomonidan berilgan suG‘urta badallari tulanganligini tasdiklovchi ma’lumotnomalar ish stajini tasdiklovchi asosiy xujjatlar xisoblanadi.
CHet elda ishlangan davrlar Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga belgilangan sugurta badallari tulangan takdirda, agar davlatlararo bitimlarda uzgacha koidalar nazarda tutilmagan bulsa, mexnat stajiga kushib xisoblanadi
Uzbekiston Respublikasi Fuqarolarining yollanma (bitim) asosda chet elda ishlaganligi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakolat bergan organlar mexnat daftarchasiga kiritgan kaydnomalarga karab aniklanadi.
CHet el Fuqarolariga va Fuqaroligi bulmagan shaxslarga chet eldagi ishi Uzbekiston Respublikasida ishlanganiga tugri keladigan stajning 1/3 xissasidan oshmagan mikdorda, agar davlatlararo bitimlarda(shartnomalarda) uzgacha koidalar nazarda tutilmagan bulsa, stajga kushiladi.
Mexnat daftarchasi bulmagan takdirda xamda mexnat daftarchasida zarur yozuvlar bulmagan yoki yozuvlar xato va noanik yozilgan bulsa, mexnat stajini tasdiklash. uchun (ish vaktini xisobga olib bulmaydigan xodimlar staji bundan mustasno) ma’lumotnomalar, buyruklardan kuchirmalar, ish xaki berish buyicha shaxsiy schyotlar va vedomostlar, ularning bajarganligi kayd etilgan yozma mexnat shartnomalari (kontraktlar) va ish davrlari tuG‘risida ma’lumotlar bulgan boshka xujjatlar kabul kilinadi. YUkorida kursatilgan xujjatlar bulmasa, mexnat stajini isbotlash uchun kasaba uyushmasi biletlari va xisob-kitob daftarchalari kabul kilinadi. Hisob- kitob daftarchalari ish xaki tulanganligi tuG‘risida belgi kuyilgan vakt uchun, kasaba uyushmasiga a’zolik bileti esa ish xaki yoki stipendiyadan a’zolik badallari tulanganligi tuG‘risida belgi kuyilgan vakt uchun ish davrini tasdiklaydi.
Kasaba uyushmasiga a’zolik bileti bulmagan takdirda, staj xisobga olish varakasi asosida aniklanishi mumkin, bunda fakat a’zolik badallari tulangan vakt stajga kiradi.
Ish vaktini xisobga olib bulmaydigan xodimlarning mexnat staji Uzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga suG‘urta badallari tulanganligi tuG‘risida Moliya vazirligi koshidagi byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasi tuman bulimi tomonidan beriladigan ma’lumotnomalar buyicha aniklanadi.
Mexnat stajini tasdiklovchi xujjatlar bulmasa (ish vaktini xisobga olib bulmaydigan xodimlar bundan mustasno) ish davri guvoxlarning kursatmasi asosida aniklanadi”.
Mexnat stajini tasdiklash uchun takdim etilgan xujjatlarning mazmuni va zarur darajada rasmiylashtirilganligini huquqiy baxolash, zarurat bulganda ularni berishning asoslanganligini tekshirib kurish tuG‘risida karor kabul kilish; zarur xollarda mexnat faoliyatining ayrim davrlarini stajga kushib xisoblash yoki olib tashlash xakida karor kabul kilish;. guvoxlarning kursatmalari asosida ish stajini aniklash; ayrim shaxslarni parvarishlashga ketgan vaktni aniklash Moliya vazirligi xuzuridagi byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasi tuman (shaxar) bulimlarining vakolatiga kiradi
Tabiiy ofatlar, xalokatlar, falokatlar va boshka favkulodda vaziyatlar natijasida ish staji tuG‘risidagi xujjatlar tulik yoki kisman yukotilgan xollarda mexnat stajini tasdiklash Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi, KorakalpoG‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat, tuman (shaxar) xokimliklari tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Kisman saklanib kolgan xujjatlar va guvoxlarning kursatmalari asosida kayd etib utilgan komissiyalar tomonidan aniklangan mexnat faoliyati davrlari umumiy stajga, shuningdeq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi maxsus xujjatlar bilan tasdiklangan ish vakti sifatida stajga kushiladi.
Mavjud ish staji tuG‘risida ma’lumotlar bulmagan va xarbiy xarakatlar, tabiiy ofatlar, xalokatlar, falokatlar va boshka favkulodda vaziyatlar munosabati bilan ularni olish imkoniyati bulmasa, mexnat staji, shu jumladan, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi mexnat staji ariza beruvchini bir korxona, muassasa, tashkilot, jamoa xujaligi yoki bir tizimda u bilan birga ishlagan va uni bilgan kamida ikki guvoxning kursatmasi asosida belgilanadi.
Arxiv ma’lumotlari yukligi sabablaridan kat’i nazar, mavjud ish staji tuG‘risidagi xujjatlarni olish imkoniyati bulmagan xollarda 1965 yilgacha jamoa xujaligida ishlash davri yukoridagi tartibda guvoxlarning kursatmalari bilan tasdiklanadi.
Umumiy mexnat staji tuG‘risidagi ma’lumotlar mavjud bulgan takdirda imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi ishning xarakteri guvoxlarning kursatmalari bilan belgilanmaydi.
Mexnat faoliyatini tasdiklash uchun takdim etiladigan xujjatlar mansabdor shaxslar tomonidai imzolangan va muxr bilan tasdiklangan bulishi kerak.
Mexnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani tuldirish va yuritish paytida amal kilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda mexnat daftarchalarini joriy etish tartibi tugrisidagi Yuriknoma talablariga muvofik rasmiylashtirilishi kerak.
Mexnat daftarchalaridagi va boshka xujjatlardagi yozuvlar belgilangan koidalardan chetga chikkan xolda amalga oshirilgan xollarda ularni mexnat stajining isboti sifatida kabul kilish mumkinligi tugrisidagi masala Moliya vazirligi koshidagi byudjetdan tashkari Pensiya jamgarmasi tuman bulimi tomondan xal etiladi.
Ayrim turdagi mexnat faoliyati bilan boglik bulgan mexnat stajini xisoblashning uziga xos xususiyatlari.
YUridik shaxs bulmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslarning mexnat stajini xisobga olish. Tadbirkor davlat solik xizmati organlarida xisobga kuyish bilan bir paytda byudjetdan tashkari Pensiya jamgarmasiga badal tulovchi sifatida davlat ijtimoiy sugurtalanadigan shaxsga aylanadi
Tadbirkor uzidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanish va ijtimoiy sugurta buyicha nafakaning uzi istaydigan mikdoridan kelib chikib byudjetdan tashkari Pensiya jamgarmasiga sugurta badallari mikdorini mustakil ravishda belgilaydi. Biroq eng kam mikdori xar oyda Uzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish xakidan kam bulmagan mikdorni, yoshiga oid pensiya olish huquqiga ega bulgan, shuningdek I va II gurux nogironlari bulgan tadbirkorlar uchun esa eng kam oylik ish xakining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.
SuG‘urta badallari tulanishining xisobi umumiy belgilangan tartibda tadbirkorning yashash joyidagi davlat solik xizmati organlarida yuritiladi.
Mexnat daftarchasi tadbirkor ruyxatdan utkazilgan joydagi tuman (shaxar) ijtimoiy ta’minot bulimida uning mazkur tumandagi (shaxardagi) tadbirkorlik faoliyatining butun muddati mobaynida saklanadi va yuritiladi.
Agar Fuqaro tadbirkorlik faoliyati boshlangunga kadar mexnat daftarchasiga ega bulmagan bulsa, tuman (shaxar) ijtimoiy ta’minot bulimi belgilangan tartibda mexnat daftarchasi ochadi.
Agar tadbirkorlik faoliyati Fuqaro uchun urindoshlik xisoblansa, uning mexnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
YUridik shaxs bulmasdan tadbirkorlik bilan urindoshlik buyicha shuG‘ullanuvchi shaxsning xoxishiga kura mexnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri tuG‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin. YOzuv ruyxatdan utkazish joyidagi tuman (shaxar) ijtimoiy ta’minot bulimi tomonidan kiritiladi.
Tadbirkorning mexnat stajiga u byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga suG‘urta badallari tulagan davrlar kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtimoiy suG‘urtasi buyicha tayinlash uchun mexnat stajini xisoblab chikishda, agar tulangan badallar summasi ushbu yilning barcha oylari uchun belgilangan eng kam badaldan kam bulmasa (tulangan penyalarni xisobga olmagan xolda), stajga kalendar yil kushiladi.
Tadbirkorning vaktincha mexnatga layokatsizlik davri byudjetdan tashkari Pensiya jamG‘armasiga suG‘urta badallari tulanishidan kat’i nazar pensiya va davlat ijtimoiy suG‘urtasi buyicha tayinlash uchun mexnat stajiga kushiladi.
Tulik kalendar yil mobaynida tadbirkorning asosiy faoliyati kishlok xujaligi maxsulotlari etishtirish va kayta ishlash bulgan xollarda, agar mazkur yilda badallar kamida 9 oy mobaynida tulangan bulsa stajga kalendar yil kushiladi.Mexnat daftarchasi bulmagan yoki yukotilgan takdirda tadbirkorning pensiya yoki ijtimoiy suG‘urta buyicha nafaka tayinlash uchun zarur bulgan ish staji xisobga olish kartochkasi yoki xisobga olish daftaridagi yozuvlar buyicha xisoblab chikiladi.
Tadbirkor sifatidagi ish faoliyati va uning davomiyligi guvoxlik kursatmalari bilan tasdiklanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |