2-Mavzu: YOSHGA DOIR PENSIYA VA UNING TURLARI
Reja:
YOshga doir pensiyalar tushunchasi va ularning fuqarolar ijtimoiy ta’minotida tutgan hrni.
Umumiy asoslarga ko’ra yoshga doir pensiya tayinlash va uning shartlari.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash asoslari.
Thliqsiz mehnat staji bilan Hamda muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash va ularning xususiyatlari.
«Biz tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishar ekanmiz, – degan edi O’zbekiston Respublikasi-ning Prezidenti I.A.Karimov, – bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish quruq maqsad emas, degan aniq xulosaga keldik. Barcha islohotlarning – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat».
Mamlakatimizdagi o’zgarishlarning bosh maqsadini aks ettiruvchi ushbu tamoyilga izchillik bilan amal qilib kelinmoqda va aholining zaif qatlamlarini, shu jumladan, keksa yoshdagi fuqarolarni ijtimoiy Himoyalashning zarur chora-tadbirlari khrilmoqda.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 2002 yilni «qariyalarni qadrlash yili» deb e’lon qilinishi jamiyatimizning fayzi bo’lgan keksa yoshdagi otaxonlar va onaxonlarimizga nisbatan g’amxhrlik va e’tiborning yanada kuchayishiga sabab bhldi.
SHu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 6 dekabrdagi «Aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002–2003 yillarga mo’ljallangan dasturi to’g’risida»gi qarori bilan ushbu sohaga oid davlat dasturi tasdiqlandi va bu dasturni rhyobga chiqarishga qaratilgan hukumatning bir qator qarorlari qabul qilindi. Mazkur davlat dasturi va uning ijrosi yuzasidan qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida keksa avlodni qo’llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar markaziy o’rinni egallaydi.
Keksa yoshdagi fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashning asosiy shakllaridan biri – yoshga doir pensiyalar sanaladi. SHuni aytib htish kifoyaki, 2002 yil 1 yanvarga kelib O’zbekistonda 2718 ming pensioner bo’lgan va ularning 2 milliondan ortig’ini yoshga doir pensiya oluvchi shaxslar tashkil etgan. Har oyda respublika bhyicha 28 milliard shm, bir yilda esa 340 milliard shmga yaqin mablag’ fuqarolarga pensiya sifatida thlangan. Bu khrsatkich xalqaro ko’rsatkichlarga birmuncha yaqin keladi. Jumladan, Evropadagi oilalar umumiy daromadida davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy thlovlar 25,7 foizni, uning 2/3 qismini esa pensiya shaklidagi thlovlar tashkil etadi. Evropa Ittifoqi a’zosi bo’lgan davlatlarda esa 30 foizdan ortiq oilalar qarilik nafaqalari olib kelganlar. Bu ko’rsatkich turli davlatlarda turlicha bo’lsa-da, ammo xarid qilish quvvati standartlari (Standart de Pouvoir d’Achat)ga umuman olganda mos keladi.
Bizning respublikamizda ham ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida ushbu xalqaro standartlarga moslashish maqsadi ilgari surilgan.
«YOshga doir pensiya» tushunchasi qonunchiligimizda nisbatan yangi bo’lib, dastavval O’zbekiston Respublikasi-ning «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi 1993 yil 3 sentabrda qabul qilingan qonunida muomalaga kiritildi. Bunga sabab qarilik va yoshga doir pensiya tayinlash tushunchalari hrtasida jiddiy tafovut borligi bhldi. qonunchilik 50 yosh, 45 yosh va xatto 40 yoshdan pensiyaga chiqish mumkinligini nazarda tutadi. Vaxolanki 40 yoshli, 50 yoshli va xatto 60 yoshli shaxsni qariya deb atash khpchilik xollarda g’ayrioddiy tuyuladi.
E. G’ozievning 1994 yilgi tadqiqotlariga qaraganda 61 yoshdan 74 yoshgacha bo’lgan shaxslar keksayish davrini boshdan kechirayotgan shaxslar deb, 75–99 yoshdagi shaxslar keksa shaxslar deb e’tirof etilmog’i lozim. Turmush kechirish darajasining yaxshilanib borishi, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sifatining ortib borishi tufayli hrtacha umr kechirish yoshining uzayishi, keksalik chegarasining yanada ortishi kuzatiladi. YOshga doir pensiya fuqaroning mehnat qobiliyati yo’qolishi yoki pasayishi bilan bog’langan bo’lib, muayyan yoshga etishi va qonunda nazarda tutilgan hajmdagi ish staji mavjudligi asosida butun umrga tayin etiladigan davlat ta’minoti turlaridan biri hisoblanadi. YOshga doir pensiya aslida fuqaroning o’tgan davrlardagi mehnat faoliyati, jamiyat boyliklari khpayishiga qhshgan hissasi uchun jamiyat unga beradigan moddiy ta’minot, mamlakat milliy daromadining taqsimlanishidan iboratdir.
Hozirgi paytda amalda bo’lgan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi hamda «Harbiy xizmatchi-larning pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunlarga muvofiq, yoshga doir pensiyalarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
1) umumiy asoslardagi yoshga doir pensiya;
2) imtiyozli shartlar bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
3) thliqsiz ish staji bilan tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
4) muddatidan oldin tayinlanadigan yoshga doir pensiya;
5) Harbiy xizmatchilarning uzoq yillik xizmat uchun pensiyalari.
Ushbu pensiyalar umumiy jihatlar bilan bir qatorda birmuncha o’ziga xos jihatlarga ham ega bo’lib, pensiyaga oid qonunchilik amaliyotda qo’llanilayotganida ushbu jihatlar e’tiborga olinmog’i lozim bhladi.
O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunining 1-moddasiga ko’ra: «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari ushbu qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanish huquqiga egadirlar.
Respublika hududidan tashqarida yashab turgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolarini pensiya bilan ta’minlash davlatlararo bitimlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, basharti davlatlararo bitimlar (shartnomalar)da o’zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish Huquqiga egadirlar.
Ish stajiga ega bo’lmagan fuqarolar va ularning oilalari qonunga binoan davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta’minlanish tartibini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’yadi».
Demak, korxona va tashkilotlarda yollanib (mehnat shartnomasi tuzib) ishlagan yoki bhlmasa boshqacha tarzda ijtimoiy foydali faoliyat (jamoa xhjaligi, shirkat xhjaligi, fermer-dehqon xhjaligi, kooperativlar a’zosi sifatida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, erkin ijodkor tarzida va hokazo) bilan shug’ullangan shaxslar, basharti ular uchun ish beruvchilar tomonidan (kooperativlar tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi tomonidan) budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga davlat ijtimoiy sug’urta badallari to’lab kelingan bo’lsa yoshga doir pensiya olishga haqli bhladilar. Basharti ish beruvchining aybi bilan (bhyin tovlashi yoki thlovga qobiliyatsizligi sababli) sug’urta badallari to’lanmagan bo’lsa-da, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 283-moddasida xodimlarning yoshga doir pensiyalarni va boshqa pensiyalarni olish huquqlari kafolatlanaverishi ko’rsatib quyilgan.
Faoliyatning muayyan turlari bilan mashg’ul bo’lgan shaxslarning (masalan, harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organi xodimlari, boshqa ba’zi davlat xizmatchilari) ular uchun budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’langan thlanmaganligidan qat’i nazar, umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston hududidan tashqarida yashayotgan fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari umumiy qoidaga ko’ra ular yashayotgan mamlakatning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolarni pensiya ta’minoti sohasidagi ikki tomonlama va khp tomonlama davlatlararo yoki hukumatlararo xalqaro shartnomalar tuzilishi yo’li bilan o’zaro hamkorlik amalga oshiriladi, ushbu asosda bir davlat fuqarolarini boshqa bir davlatda ijtimoiy himoyalash, shu jumladan, yoshga doir pensiyalar bilan ta’minlash amalga oshiriladi. Bugungi kunda ana shunday o’zaro yordam khrsatish masalasi yuzasidan O’zbekiston Respublikasining bir qator davlatlar bilan ikki tomonlama va khp tomonlama ahdlashuvlari mavjud bo’lib, amal qilib kelmoqda.
Fuqarolarga pensiya olish huquqi paydo bo’lganida (muayyan yoshga etgan va ish stajiga ega bo’lganda) pensiya so’rab murojaat qilish huquqi berilgan yoki bu huquqdan voz kechganlari holda o’zlari xohlagan vaqtgacha mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.
Fuqaro qonunga ko’ra bir necha pensiya turini olishga ayni paytda haqli bo’lib qolgan taqdirda (masalan, nogironlik pensiyasi yoki uzoq yillik xizmat pensiyasini olib kelgan shaxs qarilik pensiyasi olish yoshiga etsa), bu pensiyalardan faqat bittasini olishga haqli bo’ladi va pensiya turini tanlash huquqi fuqaroga berilgan.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 7-moddasiga ko’ra: yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar – 60 yoshga thlganda va ish stajlari kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;
ayollar – 55 yoshga thlganda va ish stajlari kamida 20 yil bo’lgan taqdirda ega bhladilar.
YOshga doir pensiya tayinlash paytida O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunining 37-moddasida sanab khrsatilgan barcha faoliyat turlari mehnat stajiga qhshib hisoblanadi. Ammo bunda haqiqiy ishlagan davrga ko’ra hisoblanadigan mehnat staji bilan shartli ravishda e’tiborga olinadigan mehnat staji (bolalar parvarishi bilan mashg’ul bo’lgan davr, amalda ishlamagan bo’lsa-da, qonun hujjatlariga ko’ra ish stajiga qhshib hisoblanadigan boshqa davrlar) o’rtasidagi o’zaro nisbat nazarda tutilgan.
Xullas fuqarolarga umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlanishining asosiy shartlari:
a) fuqaroning belgilangan yoshga etganligi;
b) muayyan hajmdagi ish stajiga ega ekanligi;
v) fuqaroning yoshga doir pensiya tayinlashlikni shrab ariza bilan murojaat qilishi sanaladi.
Fuqarolarga ularning kasbi, mehnat sharoitlarining xususiyatlari va boshqa omillar e’tiborga olingani holda odatdagidan afzalroq shartlarda yoshga doir pensiya tayinlash nazarda tutilgan. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlanishi aslida shaxs noqulay, zararli yoki ruhiy-fiziologik jihatdan tang sharoitlarda ishlaganligi, shu orqali o’z sog’lig’i va hayotini xavf ostida qoldirgani holda jamiyatga ko’proq foyda keltiruvchi faoliyat turi bilan shug’ullanganligi uchun jamiyat tomonidan tovon thlanishidan iboratdir.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlanishi natijasida fuqaro yoshga doir pensiyaga chiqish paytida quyidagi imtiyozlarni qo’lga kiritishi mumkin:
1) pensiyaga chiqish uchun belgilangan yoshning odatdagidan kamroq bo’lishi;
2) talab etiladiganidan kamroq mehnat stajiga ega bo’lgan hollarda ham pensiya tayinlanishi;
3) pensiya miqdorini hisoblash paytida afzallik berilishi;
4) pensioner ishni davom ettirgani taqdirda ham afzallik berilishi va boshqalar.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya tayinlashning umumiy asoslari «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 9-moddasida nazarda tutilgan. Unga ko’ra:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro’yxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bhladilar, chunonchi:
yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-ro’yxati;
umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda pensiya olish Huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va khrsatkichlarning 2-ro’yxati;
umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va khrsatkichlarning 3-ro’yxati.
SHuningdek, urush nogironlari, bolalikdan nogiron bolalarning onalari, liliputlar, pakanalar va ekologiya falokati mintaqasida ishlagan fuqarolar imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi qaroriga ko’ra «Imtiyozli shartlarda pensiya olish Huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va khrsatkichlarning 1, 2 va 3- ro’yxatlari» tasdiqlangan.
Ushbu ro’yxatlar O’zbekiston Respublikasida qhllaniladigan va mulkchilik shakli, xhjalik yuritish usullaridan qat’i nazar, barcha korxona, muassasa, tashkilotlar uchun majburiy bo’lgan imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi ishlar, kasblarni o’zida mujassamlantirgan. Ularda fan va texnikaning bugungi kunda erishgan yutuqlari, texnologiyalarning xususiyatlari, mehnatni tashkil qilish darajasi, korxonalardagi noqulay va zararli ishlab chiqarish omillarini thliq bartaraf etib bhlmasligi, mutlaq xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratish imkoni yo’qligi hisobga olingani holda imtiyozlar hajmi belgilab qo’yilgan. Bunda pensiya sohasida beriladigan imtiyozlarning hajmi va mazmuni mehnat qilish sharoitlarining og’irligi, zararli omillarning ta’sir kuchi kabi holatlarga mutanosib ravishda belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirliklarining 1994 yil 26 iyundagi qarori bilan «YOshga doir imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko’rsatkichlarning 1, 2 va 3-ro’yxatlarini qhllash tartibi to’g’risida»gi tushuntirish tasdiqlangan bo’lib, unda ro’yxatlardagi imtiyozlarni turli sharoitlarda tatbiq etishning alohida jihatlari hamda o’ziga xos qoidalari belgilab berilgan. Unda aytilishicha, shaxsning asossiz qatag’on qilingan, noto’g’ri ishdan bhshatilganligi tufayli majburan ishlamay yurgan vaqtlar, ikki yoshgacha bolasi bor ayolning boshqa engilroq ishga o’tkazilgan vaqti va qonun hujjatlarida nazarda tutib qo’yilgan boshqa davrlar shartli ravishda imtiyoz beradigan ishlarda ishlagan vaqtlarga tenglashtiriladi hamda tegishli imtiyozning thla hajmda berilishiga sabab bhladi.
Khrsatib htilgan ro’yxatlarning birinchisida ko’zda tutilgan vazifalarda ishlagan shaxslarga yoshga doir pensiyaga chiqish sohasida beriladigan imtiyozlar «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 10-moddasida belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra:
«YOshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bhladilar:
a) kon sanoatidagi etakchi kasb egalari bo’lgan xodimlar – basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo’lsalar (1-ro’yxat, I qism);
b) bevosita er osti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) khmir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida thliq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar – basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo’lsalar (1-ro’yxat, II qism);
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bhysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-ro’yxat, III qism). YUqorida qayd etib htilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko’ra uchish ishlaridan bhshatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo’lsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo’lganda (1-ro’yxat, IV qism);
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo’lganda (1-ro’yxat, V qism);
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo’lganda (1-ro’yxat, VI qism);
d) sportchilarning ayrim toifalari ish staji kamida 20 yil bo’lganda (1-ro’yxat, VII qism)».
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarorining 1-ilovasida «Uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiya tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblash Tartibi» tasdiqlab qo’yilgan bo’lib, unda ushbu toifadagi xodimlar xizmat muddatlarini hisobga olish uchun asos bhladigan mezonlar hamda birliklar, bunday xizmat muddatlarini imtiyozli (karralab ko’paytirgan holda) hisobga olish shartlari bayon etib berilgan.
Uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilar tarkibidan bo’lgan xodimlar salomatligiga ko’ra uchish ishidan bhshagan taqdirda belgilangan xizmat muddatining muayyan qismini o’tagan bo’lsalar, xususan, erkaklar kamida 20 yillik, ayollar kamida 15 yillik ana shunday maxsus ish stajiga ega bo’lganlari taqdirda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bhladilar.
Teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari maxsus mehnat stajiga ega bo’lganlarida imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ladilar.
Birinchi sonli ro’yxatning IV qismida ko’zda tutilgan quyidagi artistlar ushbu vazifalarda kamida 20 yillik maxsus ish stajiga ega bo’lsalar, yoshlaridan qat’i nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkin bhladi:
- balet artistlari;
- professional badiiy jamoalarda raqs nomerlarini bajaruvchi artistlar;
- mimika va imo-ishora teatrlarining artistlari;
- travestlar (bolalar, hsmirlar va qizlarning rolini bajaruvchilar);
- opera va balet teatrlari, musiqali va musiqali drama teatrlarining, kontsert tashkilotlari, televidenie va radioeshittirishning ashulachi-artistlari.
Birinchi sonli ro’yxatning V va VI qismlarida esa kamida 25 yillik maxsus ijodiy ish stajiga ega bo’lganda yoshidan qat’i nazar yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’lgan artistlar toifalari sanab khrsatib qo’yilgan. Ular (V qism):
- opera va balet teatrlari, musiqali va musiqali-drama teatrlarining, kontsert tashkilotlari, televidenie va radio eshittirishning ashulachi-artistlari (solistlari);
- epchillik nomerlarini (kaskadyorlar) bajaruvchi artistlar;
- yakka partiyalarni bajaruvchi professional xor jamoalarining artistlari;
- badiiy jamoalarda puflab chalinadigan asbobda chaluvchi artistlar.
qhg’irchoq teatrlarining qhg’irchoqbozlari, bolalar va yosh tomoshabinlar teatrlarining artistlari;
tsirklar va kontsert tashkilotlari (VI qism):
- professional badiiy jamoalarning xor artistlari;
- orkestr artistlari (puflab chalinadigan va torli asbob artistlaridan tashqari);
- mimika ansambli artistlari;
- vokal-dramatik qism artistlari;
- kontsertmeyster-pianinochilardan iborat.
SHuningdek, 1-sonli ro’yxatning VII qismiga ko’ra sportchilarning ayrim toifalari xam muayyan maxsus mehnat stajiga ega bo’lganlarida yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkinligi aytiladi.
Xususan: «Ular masterlar komandasi shtatida 10 yil turganda, jumladan, O’zbekiston Respublikasi terma komandalarida yoki O’zbekiston Respublikasi terma komandasi tarkibida kamida 6 yil turganda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bhladilar. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining xizmat khrsatgan masteri, xalqaro klassdagi sport masterlari ham shunday pensiya huquqiga egadirlar», deb ko’rsatib qo’yilgan.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 11-moddasida umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan Holda imtiyozli pensiya olish huquqi haqida ko’rsatilgan bo’lib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994 yil 12 mayda tasdiqlangan 2-ro’yxatga mos keladi. Mazkur moddada qayd etilishicha:
«Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 10 yilga (ya’ni, erkaklar – 50 yoshdan, ayollar – 45 yoshdan) qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bhladilar:
a) er osti ishlarida, mehnat sharoiti hta zararli va hta og’ir ishlarda thliq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar (2-ro’yxat, I-qism);
erkaklar – ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 10 yili khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – ish staji kamida 15 yil bo’lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda.
Er osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 6 oydan kam bo’lgan hollarda xodimlarga bu ishlaridagi har bir to’liq yil uchun ushbu qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o’ta zararli va hta og’ir ishlarda – erkaklar kamida 5 yil, ayollar kamida 3 yilu 9 oy – ishlagan xodimlarga pensiya ushbu qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bhlingan Har bir thliq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan Holda tayinlanadi;
b) tsirklar va kontsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda (2-ro’yxat, II qism)».
2-ro’yxat ikki qismdan iborat bo’lib, I qismida xalq xhjaligining barcha tarmoqlarida (er osti, tog’-kon, metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, sog’liqni saqlash, transport, umumiy kasblar, atom energetikasi va boshqa sohalarga oid ishlar) qhllaniladigan zararli va og’ir ishlar sanab khrsatilgan.
II qismida esa tsirk va boshqa kontsert tashkilotlarining artistlari, chunonchi:
- akrobatlar;
- kurash tushuvchilar;
- gimnastlar;
- yovvoyi Hayvon hrgatuvchilar;
- masxarabozlar;
- motovelo figurachilar;
- chavandozlar;
- kuch jonglerlari;
- ekvilibristlar;
- barcha nomdagi liliput artistlar shular qatoriga kiritilgan.
3-ro’yxatda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga kamaytirilgani holda, ya’ni erkaklar uchun 55 yoshdan, ayollar uchun esa 50 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlar, kasblar, lavozimlar nazarda tutilgan. Ushbu ro’yxat hajm jihatdan eng salmoqlisi bo’lib hisoblanadi va xalq xhjaligi, iqtisodiyot tarmoqlarining turli sohalariga oid bir necha yuzlab turli kasb va vazifalar ko’zda tutilgan. Ushbu ro’yxat tarkibiy jihatdan thqiz qismdan iborat va birinchi qismining o’zida 35 bo’lim mavjud.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 12-moddasiga ko’ra: oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar belgilanganidan 5 yil avval, ya’ni erkaklar – 55 yoshdan, ayollar esa 50 yoshdan boshlab yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan xodimlar (3-ro’yxat, I qism):
erkaklar – ish staji kamida 25 yil bo’lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 10 yili khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda – erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil – ishlagan xodimlarga pensiya ushbu qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi Har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
v) qishloq xhjaligi xodimlarining ayrim toifalari (3-ro’yxat, II qism);
erkaklar – umumiy ish staji kamida 25 yil bo’lib, bundan kamida 20 yili khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – umumiy ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 15 yili khrsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda;
g) traktorchi-mashinist, traktorlar va ekskavatorlar negizida yig’ilgan qurilish, yo’lsozlik va yuk ortish-tushirish mashinalarining mashinisti bo’lib ishlagan ayollar – umumiy ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 15 yili ko’rsatib htilgan ishlarga to’g’ri kelgan taqdirda (3-ro’yxat, III qism);
d) aviatsiya muhandis-texniklari tarkibining xodimlari (3-ro’yxat, IV qism);
erkaklar – aviatsiyadagi umumiy ish staji kamida 25 yil bo’lib, bundan kamida 20 yili ko’rsatib o’tilgan vazifalarga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – aviatsiyadagi umumiy ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 20 yili ko’rsatib o’tilgan vazifalarga to’g’ri kelgan taqdirda:
e) thqimachilik ishlab chiqarish dastgohlari va mashinalarida ishlagan ayollar – khrsatib htilgan ishdagi staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda (3-ro’yxat, V qism);
j) shahar yo’lovchilar tashish transporti haydovchilari (3-ro’yxat, VI qism);
erkaklar – kamida 25 yil ish stajiga ega bo’lib, bundan kamida 20 yili khrsatib htilgan ishga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – kamida 20 yil ish stajiga ega bo’lib, bundan kamida 15 yili khrsatib htilgan ishga to’g’ri kelgan taqdirda;
a) besh va undan ortiq farzand tuqan va ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan ayollar Hamda bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni shu yoshgacha tarbiyalagan bo’lsalar – bolani parvarishlash uchun ketgan vaqtni qhshib Hisoblaganda (37-moddaning «d» va «j» bandlari) ish staji kamida 20 yil bo’lsa yoki bolani parvarishlash uchun ketgan vaqt qhshilmaganda ish staji kamida 15 yil bo’lgan taqdirda.
Basharti ayol hg’il va hgay qizni ular 8 yoshga thlguncha kamida 5 yil tarbiyalagan bo’lsa, pensiya tayinlashda ular Haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda Hisobga olinadilar;
i) ekologiya falokati mintaqasida ishlagan fuqarolar:
erkaklar – ummiy ish staji kamida 25 yil bo’lib bundan kamida 20 yili khrsatib htilgan mintaqaga to’g’ri kelgan taqdirda;
ayollar – umumiy ish staji kamida 20 yil bo’lib, bundan kamida 15 yili khrsatib htilgan mintaqaga to’g’ri kelgan taqdirda;
k) o’qituvchilar va boshqa maorif xodimlari – maxsus ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda (3-ro’yxat, VII qism);
l) shifokorlar va boshqa tibbiy xodimlar – maxsus ish staji qishloq joyida kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo’lgan taqdirda (3-ro’yxat, VIII qism);
m) ijtimoiy ta’minot tizimining qariyalar, nogironlar va yolg’iz fuqarolarga xizmat khrsatishda bevosita band bo’lgan xodimlari (3-ro’yxat, IX qism);
erkaklar – maxsus ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;
ayollar–maxsus ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda.
Urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarorining 2-ilovasida nazarda tutilgan. Bunda imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi khrsatib qo’yilgan sabablar bilan nogiron deb topilgan har uchala guruH (I, II, III guruh nogironligi) nogironlarida ham paydo bhladi.
12-moddaning «b» bandiga binoan imtiyozdan foydalanish huquqi ro’yxatning I qismi, barcha 35 bhlimida nazarda tutib qo’yilgan kasb va vazifalarda belgilangan muddat davomida mehnat qilgan barcha fuqarolarda yuzaga keladi. Bunda ularning ushbu ishlarda qachon ishlaganligining, oldin yoki keyinligining aHamiyati yo’q.
Ushbu asosdagi imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish Huquqini beradigan qishloq xhjaligi ishlarining ro’yxati, boshqa qhshimcha shartlar Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi qarorining 5-ilovasida nazarda tutilgan.
Hozirgi paytda fuqarolarning juda katta qismi, mazkur 3-ro’yxatda nazarda tutilgan imtiyozli yoshga doir pensiyaga chiqish huquqidan foydalanmoqdalar.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunda boshqa asoslarga ko’ra imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi holatlar ham ko’zda tutib qo’yilgan. Jumladan, mazkur qonunning 13-moddasiga muvofiq gipofizar mittilik (nanizm) kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakana (karlik) shaxslar: erkaklar kamida 25 yillik ish staji bilan 45 yoshdan, ayollar esa kamida 20 yillik ish staji bilan 40 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishga haqli bo’ladilar. Fuqaroning gipofizar mitti (liliput)ligi yoki pakana (kar) ekanligi tibbiy mezonlarga ko’ra va tibbiy xulosalarga muvofiq ravishda belgilanadi.
1999 yilni Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov tashabbusiga ko’ra «Ayollar yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999 yil 14 aprelda «Xotin-qizlarga qhshimcha imtiyozlar to’g’risida» qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda nazarda tutilgan imtiyozlardan biri – mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalarda mehnat qilish, Harbiy xizmat davri (mudofaa, ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmatlari va boshqalar), Harbiylashtirilgan soqchilikdagi maxsus aloqa organlari va tog’-kon qutqaruv qismlaridagi xizmat; ijtimoiy sug’urta Pensiya jamg’armasiga tegishli badallar thlangani Holdagi yakka tartibdagi (yuridik shaxs bhlmasdan) mehnat faoliyati tufayli kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan ayollar 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqishlari mumkin bo’ldi. Ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonun yangi, 121-modda bilan thldirildi.
Boshqacha asoslarga ko’ra 20 yillik ish stajiga ega bo’lgan ayollar (bolalarni parvarishlash, I guruh nogironi yoki 80 yoshdan oshgan qariyaga qarab turilgan vaqt, oliy yoki boshqa kunduzgi hquv yurtlarida o’qish davri va boshqalar) bunday imtiyozdan foydalana olmaydilar. Masalan, fuqaro Bozorova jami 30 yillik ish staji bilan 54 yoshdan pensiya tayinlashlikni so’rab murojaat qildi. U 25 yil qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodida buxgalter bo’lib ishlagan va 5 yil uch yoshga etmagan bolalari parvarishi bilan band bo’lgan. Bozorova 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega, chunki uning bevosita mehnat staji 20 yildan ko’p. Fuqaro Ismatova 54 yoshdan pensiya tayinlashni so’rab murojaat qildi. Uning umumiy ish staji 26 yil bo’lib, shundan 6 yili go’dak bolalarni parvarishlash davridan, 5 yili esa oliy hquv yurtida ishlab chiqarishdan ajralmagan Holdagi hqish davridan iborat. YA’ni, Ismatovaning bevosita ishlagan davridagi mehnat staji 15 yilni tashkil qiladi. Uning bevosita mehnat staji 20 yildan kam bo’lganligi tufayli 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqidan foydalanishga haqli emas.
Fuqarolarga yoshga doir pensiyalar belgilangan yoshga etgan va talab etiladigan eng kam ish stajidan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lganlarida thliq miqdorda tayinlanadi.
Biroq pensiya yoshiga etgan fuqaro belgilab qo’yilganidan (erkaklar – kamida 25 yil, ayollar – kamida 20 yil) kam mehnat stajiga ega bo’lgani taqdirda Ham (masalan, 5 yil yoki 10 yillik ish staji bilan) pensiya tayinlashlarini shrab murojaat qilishga Haqli bhladi. Bunday Holda fuqaroga mavjud mehnat stajiga mutanosib ravishda va thliq pensiyaning taqdim etilgan mavjud mehnat stajiga mos keluvchi Hajmda thliq bo’lmagan yoshga doir pensiya tayinlanishi mumkin. Bunday pensiyani Hisoblab chiqarish qoidalari, pensiyaning eng kam miqdori va boshqa masalalar amaldagi qonun Hujjatlariga muvofiq tarzda Hisoblanadi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi qonunning 14-moddasida aytilishicha:
Xodimlarning soni qisqartirilishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi munosabati bilan bhshatilgan va ishsiz maqomiga ega bo’lgan shaxslar:
erkaklar – 58 yoshga thlganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;
ayollar – 53 yoshga thlganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda pensiya olish Huquqiga ega bhladilar.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonunining 25-moddasi, hn birinchi qismiga ko’ra: «Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan, pensiya ta’minoti to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko’ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi beriladi».
O’zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot va Mehnat vazirliklari tomonidan 1998 yil 30 noyabrda tasdiqlangan va 1999 yil 7 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olingan «Alohida asoslarga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bhshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma»ga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida khrsatilgan sabablarga ko’ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda umumiy asoslarda belgilangan pensiya yoshi arafasida bo’lgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash va thlash tartiblari belgilab qo’yilgan.
Ushbu yo’riqnomaga ko’ra:
Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan shng hn kalendar kun ichida o’zlarining yashash joyidagi mehnat bhlimiga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, mehnat bhlimi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular hn kalendar kundan keyin murojaat qilsalar – hn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Agar ish qidiruvchi shaxsga mehnat bhlimi tomonidan belgilab qo’yilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular mehnat bhlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb e’tirof etiladilar.
Mehnat bhlimi ishsiz deb e’tirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga belgilangan shakldagi taqdimnomani tayyorlaydi va 5 kun ichida shaxs yashab turgan tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bhlimiga topshiradi.
Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan shng fuqarolar ishga kirib, shngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga etgunlariga qadar ishdan bhshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bog’liq ravishda quyidagi tartib qhllaniladi:
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida khrsatilgan sabablarga ko’ra bekor qilinsa – muddatidan oldin pensiya mazkur Yhriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga ko’ra bekor qilinsa – muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya thlovi Ham tiklanmaydi.
Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga etganda, pensiya thlovi belgilangan tartibda Pensiya jamg’armasining o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni thlash uchun sarflangan mablag’lar mehnat bhlimlarining mablag’lari hisobidan qoplanadi va uni Pensiya jamg’armasiga qoplab berilish tartiblari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |