G L O S S A R I Y
1.Agressiya (bosqinchilik)-BMT Ustaviga nomuvofiq ravishda bir davlatning boshqa davlat suvereniteti, xududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch ishlatish bilan tajavuz qilishi.
2.Advokat-oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan va belgilangan tartibda advokatlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi lisenziyani olgan O’zbekiston Respublikasining fuqarosi O’z Rda advokat bo’lishi mumkin.
3.Ayb- javobgarlikka tortishning zaruriy sharti.
4.Adliya-(arab-adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi termin.
5.Aksept krediti- banklar tomonidan banklardagi eksport qiluvchilar ko’chirib oladigan o’tkaziluvchi veksellar aksepti shaklida beriladigan kredit, tashqi savdoni bank tomonidan kreditlash shakllaridan biridir.
6.Aliment-voyaga etmagan, shuningdek voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj shaxslarga ta’minot berish majburiyati
7.Aralash huquqlar-alohida huquqlarning mualliflik huquqidan paydo bo’ladigan, lekin ularga to’liq muvofiq bo’lmagan bir turi.
8.Astoydil pushaymon bo’lish-jinoiy javobgarlikni engillashtiruvchi holatlardan biri.U sudga modda sanksiyasidagi jazo chorasini engillashtirish imkonini beradi.
9.Ashyoviy dalillar-jinoyat yoki jinoyatchi shaxslardan qoladigan moddiy izlar. Jinoyat sodir etilishida ishlatiladigan qurollar yoki tajavuz natijasida vujudga kelgan moddiy o’zgarishlar va ularning sodir etilganini bildiruvchi izlar ham ashyoviy dvlil hisoblanadi.
10.Aholining ijtimoiy faolligi-ijtimoiy ongning kishilik jamiyati siyosiy hayotiga tegishli bo’lgan tibiiy ehtiyojini belgilovchi holati.
11.Boshqaruv uslubi- davlat boshqaruv faoliyatining maqsadlariga erishish, vazifalarini bajarish va funktsiyalarini amalga oshirish vositasi.
12.Boshqa ishga o’tkazish - mehnat shartnomasi shartlaridan birining o’zgartirilishi.
13.Banditizm-davlat va jamiyat muassasalariga, korxonalar yoki ayrim shaxslarga hujum qilish maqsadida qurolli to’dalar tashkil etish.
14.Bezorilik – O’z JK ning 277-moddasida nazarda tutilgan jamoat tartibiga qarshi jinoyat. U jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensinmaslik, urush-do’pposlash, badanga engil shikast etkazish yoki o’zganing mulkiga shikast etkazish yoxud nobul qilish orqali jiddiy zarar etkazishda namoyon bo’ladi.
15.Belli kazusi-davlatlar o’rtasida urush holatining kelib chiqishi uchun bevosita farmal bahona.
16.Bilvosita daromad-jismoniy shaxs qo’shimcha faoliyati natijasida oladigan daromad.
17.Bitim-fuqarolik huquqida fuqaro va yuridik shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o’rnatish, o’zgartirish va tugatishga qaratilgan harakat.
18.Bodmeriy shartnoma-kemaning qarzini to’lash uchun garovni tasdiqlovchi hujjat.
19.Bonda yuki-boj hali to’lanmagan va bojxona omborida turgan import tovarlar.
20.Bosh polis-sug’urtachi va sug’urta qiluvchi idora o’rtasida tuziladigan uzoq muddatli shartnoma.
21. Vasiylik va homiylik - ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ta’minot berish, ularni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, shuningdek bunday bolalarning shaxsiy hamda mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi
22.Vazirlar mahkamasi-O’z R.ning hukumati, davlatning oliy ijroiya organi.
23.Vakolat-fuqaroviy huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi shaxsga beriladigan faoliyat doirasi
24.Valyuta pariteti-davlat qonuni va hukumatlarlararo kelishuv asosida valyuta qiymatlarini belgilash.
25.Vasiqa-O’zR fuqarolik qonunchiligiga muvofiq, mol-mulkka egalik qilishni tasdiqlovchi dalolatnoma, hujjat.
26.Vasiyatnoma-qonunda belgilangan tartibda fuqaroning o’ziga tegishli mol-mulkni yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini vafot etgan taqdirda tasarruf etish xususidagi xoxish-irodasi va bu istakni ifoda ettiruvchi hujjat.
27.Vaqtincha ushlab turish izolyatorlari-jinoyat sodir qilishda gumon qilinuvchi sifatida ushlab turish uchun mo’ljallangan joy.
28.Versiya-biror voqea, hodisp yoki faktlar to’g’risida bildirilgan turli fikr, mulohaza, bayonot.
29.Vindikasion da’vo-mulkdorning o’zganing noqonuniy egalik qilishidan ashyoni talab qilib olish huquqgi yoki boshqacha qilib aytganda mulkka egalik qilmayotgan mulkdorning egalik qilayotgan mulkdor bo’lmagandan mol-mulkni qaytirish huquqgi da’vosi.
30.Vositachilik haqi-mijozning vositachiga uning topshirig’i bo’yicha amalga oshirgan operasiyasi va ko’rsatgan xizmati uchun to’lanadigan haq.
31..Gipoteza-huquq normasini qo’llash sharti, biron-bir huquqka ega bo’lish.
32.Gangster- jinoiy do’q-po’pisa, tovlamachilik, odam o’ldirish va o’g’irlash kabi ishlar bilan shug’ullanuvchi bosqinchilar to’dasining ishtirokchisi.
33.Garov-fuqarolik huquqida majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning asolsiy usullaridan biri.
34.Genosid-milliy, etnik,irqiy yoki diniy guruhni ushbu guruh a’zolarini o’ldirish, ularning sog’lig’iga og’ir ziyon etkazish, bolalar tug’ilishiga kuch ishlatib to’sqinlik qilish, bolalarni majburan topshirish,kuch ishlatib ko’chirish yoxud ushbu guruh a’zolarini to’la yoki qisman yo’q qilish.
35.Guvoh-biror bir jinoyat yoki fuqarolik ishi bo’yicha o’tadigan biror-bir holatni o’z ko’zi bilan ko’rgan shaxs.
36.Guruhiy nikoh-nikohning qadimiy shakli bo’lib, unga bir frakriya, urug’ yoki muayyan ichki guruhning barcha erkaklari xuddi shunday boshqa gurug’ning ayollari bilan nikoh aloqasiga ega bo’lishlari mumkin bo’lgan.
37.Davlat boshqaruvi-ijtimoiy boshqaruvning asosiy turi.
38.Davlat xizmati – davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan harakat.
39.Davlat boshqaruv organlari-ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi.
40.Deportasiya-jinoiy yoki ma’muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish.
41.Davlat bankrotligi-davlatning tashqi va ichki qarzlarini to’lashdan to’liq yoki qisman bosh tortishi: davlat moliyaviy inqirozining eng yorqin shakli.
42.Davlat dini-tegishli diniy institutning davlat rasmiy tashkiloti tarkibidagi qismi deb tan olinishini bildiradigan konstitusiyaviy-huquqiy institut.
43.Davlat siri- harbiy, iqtisodiy va siyosiy xususiyatga ega, alohida davlat ahamiyatiga molik bo’lgan va davlat tomonidan maxsus qo’riqlanadigan ma’lumotlar.
44.Davlat xizmati- ma’muriy huquqning markaziy institutlaridan biri, davlat organlari vakolatlarining bajarilishini ta’minlash bo’yicha kasbiy faoliyat.
45.Davlat yurisdiksiyasi-davlat sud va ma’muriy organlarining o’z vakolatlaridan kelib chiqib ishlarni ko’rib chiqish va xal etish huquqi.
46.Davlat hududi-er sharining muayyan davlat suverenitetida bo’lgan qismi, uning tarkibiga quruqlik bag’ri bilan birga suv havzalari hamda quruqlik va suv havzvlvri ustidagi havo kengliklari kiradi.
47.Dekuver-mulk bahosi va sug’urta summasi o’rtasida sug’urta qilinuvchi shaxs tavakkaliga qoldiriladigan farq.
48.Dekort-tovar bahosini muddatidan oldin tshlaganlik uchun beriladigan imtiyoz.
49.Demarsh-bir davlat tashqi aloqa organlarining boshqa davlatga nisbatan favqulodda chiqishi.
50.Denominasiya-pul muomalasini tartibga solish va milliy valyutaga ko’proq salmoq berish maqsadida mamlakat pul birligini yiriklashtirish.
51.Ekosid-hayvonot va o’simliklar dunyosini yoppasiga qirib tashlash, atmosfera va suv resurslarini zaharlash, shuningdek, ekologik inqirozlar keltirib chiqaradigan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
52.Ekologik urush- raqibga, uning xududiga ta’sir qilish orqali zarar etkazish. Bu BMT tomonidan man qilingan.
53.Ekologik jamg’armalar-byudjetdan tashqari davlat jamg’armalari. Ular kechiktirib bo’lmaydigan tabiiy muhofaza vazifalarini bajaradilar.
54.Ekologik ofat zonalari- O’zbekiston Respublikasi xududiy uchastkalarida xo’jalik va boshqa faoliyat natijasida faunalar va floralar buzilishi, tabiiy ekologik tizimni vayron qilish natijasida tabiiy muvozanatning buzilishi.
55.Eksgibisionizm- o’z tanasi a’zolarini qarama-qarshi jinsdagi yoki o’z jinsidagi odamlarga yalong’och qilib ko’rsatish orqali jinsiy qoniqish olish yoki lazzatlanish.
56.Eksgumasiya-shaxs o’limining sababi yoki o’likning shaxsini aniqlash masadida ko’milgan murdani qayta kavlab olish.
57.Ijrochi-maishiy xizmat, uy-joy kommunal ta’mirlash, qurilish, transport xizmati va xizmat ko’rsatishning boshqa sohalari bo’yicha iste’molchi uchun ishlar bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan korxona, tashkilot, birlashma yoki yakka tartibda faoliyat ko’rasatuvchi tadbirkor.
58.Iste’molchi –foyda chiqarib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan fuqaro (jismoniy shaxs).
59.Ishlab chiqaruvchi – iste’molchiga realizasiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.
60. Indent-agent-chegara ortida vositachilik asosida xorijiy mol etkazib beruvchidan kelib tushadigan tovarlarni sotish bo’yicha operasiyalarni amalga oshiruvchi agent.
61.Indeksasiya-inqirozdan himoya qilish vositasi sifatida kontraktlar va majburiyatlar bo’yicha narxlar indeksi bilan to’lovlar muvoqligi.
62.Ish vaqti- mehnat huquqida kalendar vaqtining bir qismi, bu vaqt mobaynida ishchiyoki xizmatchi o’ziga ko’rsatilgan joyda topshirilgan ishini yoki boshqa ish majburiyatlarini bajarishi kerak.
63.Ishonch xati-fuqarolik huquqida bir shaxs boshqa shaxsga uchinchi shaxslar oldida uning nomidan ish yuritishi uchun beriladigan yozma vakolat.
64.Iqtisodiy josuslik-qonunga xilof ravishda iqtisodiyot, tijorat, ishlab chiqarish sohasidagi ma’lumotlarni o’z manfaatlari uchun olish va foydalanish.
65.Iqtisodiy huquqlar-iqtisodiy sohadagi inson faoliyatining yuridik jihatdan belgilovchi huquqlarning majmui.
66.Konfederasiya – shartnoma asosida qat’iy muayyan maqsadlar yo’lida birlashishidir.
67. Kafil- u yoki bu narsaga kafolat beruvchi davlat, muassasa yoki shaxs.
68. Kafolat muddati-fuqarolik huquqida tovar oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha sifat talablariga javob berishi, ish va xizmatlar esa-o’zining is’temol xossalarini saqlab qolishi kerak bo’lgan davr.
69.Kodifikasiya-normativ-huquqiy aktlarni qayta ishlash yo’li bilan ularning yagonaligiga olib boruvchi prosess.
70.Kontraktasiya-mahsulot etishtiruvchi bilan davlat yoki bosh xaridor o’rtasida tuziladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini etkazib berish to’g’risidagi shartnoma.
71.Legalizasiya-biron tashkilotning faoliyatini qonuniylashtirish, biron-bir hujjatga, harakatga yuridik kuch berish, legal holatga o’tish.xorijiy davlatlarga beriladigan xujjatning haqiqiyligini tasdiqlash va unga yuridik kuch berish.Noqonuniy yo’l bilan topilgan pul mablag’larini yoki boshqa mol-mulkni oshkoralashtirish.
72.Lesbiyanlik-ayollarning ayollar bilan jinsiy aloqasi.
73.Lisenziya-maxsus vakolatli davlat organi amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra lisenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turi bilan muayyan muddat davomida shug’ullanish uchun beriladigan ruxsat.
74.LYUMPSUM-tashilayotgan yukning haqiqiy miqdoridan qa’tiy nazar, butun kema uchun akkord ravishda olinadigan kira haqi.
75.Ma’muriy-boshkaraman, boshqaruvchi ma’nosini anglatadi.
76.Ma’muriy huquq-davlat boshqaruvini tashkil etish tartibi va boshqaruvni amalga oshirish normalarini uz ichiga olgan huquqning aloxida tarmogi.
77.Ma’muriy jarayon – ijro hokimiyat organlarining ma’muriy protsessual shaklda amalga oshiriladigan va aniq bir huquqiy masalalarni hal etishga qaratilgan hokimiyat faoliyati.
78.Ma’muriy huquqiy norma-davlat tomonidan urnatilgan va bajarishi shart bo’lgan koida.
79.Ma’muriy huquqbuzarlik-ma’muriy koidalarning buzilishidir.
80.Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquq normalari bilan tartibga solingan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan ma’muriy prosessual tartibda ma’muriy jazoni qo’llashdir.
81.Makler-vositachi degan ma’noni anglatadi.
82.Mulkiy zarar-jismoniy va yuridik shaxs mulkiga unga ziyon etkazish yoki u bilan birga tuzilgan shartnomani bajarmaslik oqibatida etkazilgan zarar.
83.Mehnat shartnomasi - ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi kasbga oid yozma kelishuvdir.
84.Mehnatga layoqatlilik-inson salomatligiga bog’liq bo’lgan mehnat faoliyatiga qobillik.
85.Mehnatni muhofaza qilish jamg’armalari-mehnatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlash manbai bo’lib xizmat qiluvchi.
86. Jamiyat- kishilarning murakkab ijtimoiy birlashmasidir.
87.Jamoa shartnomasi - bu korxonada ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni normativ hujjat.
88.Jamoat izzasi-mahkumni omma o’rtasida uyaltirish, unga qo’llaniladigan jazoning samarasini oshirish maqsadida jazoni ijro etish usuli.
89.Jahon bozori-milliy bozorning jahon darajasiga chiqishi bo’lib, asosan davlatlarning iqtisodiy hamkorligi, munosabatlarida namoyon bo’ladi. Unda jahon bahosi o’rnatilgan bo’lib, davlatning bojxona siyosati va holati bilan bog’liq bo’ladi.
90.Jahon sudi-ayrim mamlakatlarning quyi sudi tizimi bo’lib, kichik fuqarolik va jinoiy ishlarni ko’radi.
91.Jinoiy javobgarlik-yuridik javobgarlik turlaridan biri. Jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati bo’lib, aybdorga nisbatan jazolash shaklidagi davlat majburlov chorasini qo’llashdan iborat.
92.Jamoa pudrati-brigada yoki boshqa jamoa mehnatini tashkil etish va unga haq to’lash shakli. To’lov bajarilgan pirovard natijaga qarab amalga oshiriladi.
93.Zarar- fuqarolik huquqida bir shaxsning qonunga hilof harakati yoki harakatsizligi tufayli ikkinchi shaxsga etkazgan pul shaklidagi ziyon.
94.Zaharlar-sud toksikologiyasida tirik organizmlarga zararli ta’sir ko’rsatuvchi kimyoviy moddalar.
95.Zo’rlik-biror kishining ikkinchi bir kishiga nisbatan zo’rlik qilishi, zo’rlashi, kuch ishlatish yshli bilan zo’rlashi, jabr-zulm qilishi. U insonning daxlsizligini buzib jismoniy va ma’naviy zo’rlash, jabr-zulm qilish shaklida ham bo’lishi mumkin.
96.Nikoh shartnomasi-nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohida bo’lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirida ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi
97.Nazariya-jamiyat taaqqiyoti qonuniyatlarini mujassamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtirilishidir.
98.Nikoh haqiqiy emas deb topilishi - faqat sud tartibida amalga oshiriladi
99.Nikohni qayd etish - nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
100.Narkobiznes-norkotik moddalarni olish va sotish bilan shug’ullanadigan jinoiy uyushma faoliyati.
101.Naturalizasiya-xorijiy fuqaroni muayyan davlatni haqiqiy fuqarosi qilib qabul qilish
102.Nafaqa-qonunda belgilangan tartibda davlat yoki boshqa bir sub’ektlar tomonidan tayinlanadigan umrbod va doimiy moddiy ta’minot.
103.Negator da’vo-mulkdorning mulkiy huquqini uning ashyoga egalik qilishdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan buzishliklardan himoya qilishga yo’naltirilgan. Bu da’vo mulkdorga uning mol-mulkidan foydalanishga xalaqit beruvchi to’siqlarni bartaraf qiladi.
104.Obrogasiya-eski qonunga qisman o’zgartirishlar kiritish.
105.Obstruksiya-shovqin ko’tarish, ishga taalluqli bo’lmagan uzundan uzoq nutq so’zlash orqali yig’ilish, majlis va hakozolarni buzishga qaratilgan, ko’proq parlamentcha e’tiroz turi, kurash uslubi.
106.Oversold-ma’lum turdagi mahsulot yoki qimmatli qog’ozlarning bozorda ko’payib ketishi sababli, narxlar keskin tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan holat.
107.Odat huquqi-ma’lum davlat, joy yoki etnik va ijtimoiy guruhda takroriy qo’llanishi natijasida yuzaga kelgan jamoat munosabatlarini boshqaruvchi yozilmagan axloq qoidalari majmui.
108.Respublika – davlatni idora qilish (boshqarish) shakli bo’lib, unda davlatni saylab qo’yilgan kishilar boshqaradi.
109.Ratifikasiya-tasdiqlash, biror bir mamlakatning oliy davlat organi tomonidan tasdiqlangan xalqaro shartnoma.
110.Reablitasiya-nohaq qoralangan, ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilgan yoki aybdor deb hisoblangan, nohaq hukm qilingan shaxsga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi ko’rilishi hisoblanadi.
111.Ramburs krediti-savdo operasiyalarini bank tomonidan qisqa muddatli kreditlash.
112.Regress da’vo-qarzdorning aybi bilan uchinchi shaxsga to’langan pulni qaytarish to’g’risidagi qarshi talabnoma.
113. Syuzerenitet – frans., bir davlatning ikkinchi davlatga (vasiylik)ga nisbatan ustuvorlik huquqi.
114.Sabotaj-ma’lum majburiyatlarni olgan holda bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik.
115.Sotuvchi-oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha iste’molchiga tovar realizasiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki yakka tadbirkor.
116.Savdo-tovar ishlab chiqaruvchi va uni iste’mol qiluvchi o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy vositachilik bo’lib, iste’molchilarga qayta sotish maqsadida ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni xarid qilish yo’li bilan yoxud tovarlarni iste’molchilarga sotish va keyinchalik ularning pulini ishlab chiqaruvchilarga to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi.
117.Sanasiya-qarzdor tashkilotlarga davlat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berilishi.
118.Satisfaksiya-xalqaro-huquqiy javobgarlik shakllaridan biri bo’lib, huquqbuzar davlat jabrlangan davlatga ko’rgan zararni qoplashga so’z beradi.
119.Status-huquq sub’ektlarining huquq va majburiyatlari majmuini ifoda etuvchi, huquq normalari bilan belgilangan holat.
120.Sub’ektiv huquq-fuqaroviy tashkilotning o’z manfaatlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan maqsadiga erishish yo’lida amalga oshirishi mumkin bo’lgan hatti-harakatlari qonun orqali ta’minlangan chorasi.
121. Tovar – bu ishlab-chiqaruvchi faoliyatining iste’molchiga shartnoma bo’yicha sotish uchun mo’ljallangan mahsulotidir.
122. Terrorizm-jamoat havfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyat xalqning tinchligini buzish.
123.Tabiatning huquqiy muhofazasi-tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan yuridik normalarda qayd etilgan, inson hayot sharoitini yaxshilashga yo’naltirilgan davlat chora-tadbirlari majmui.
124.Tavsifnoma-shaxsning xizmat, jamoat va boshqa faoliyatlaridan guvohlik beruvchi rasmiy hujjat.
124.Taksa-tovarga belgilangan aniq narx yoki ish va xizmatlarga to’lanadigan haqning belgilangan hajmi.
125.Taloq-shariatda er tomonidan e’lon etilib, nikohning bekor qilinishi.
126.Tarif stavkasi-xodim yoki yollanib ishlovchiga bir soat yoki bir kunlik mehnati uchun to’lanadigan ish haqining hajmi.
127.Unitar – (lot. Uniya – birlik) – yagona. Davlatning tuzilish shakli bo’lib, muayyan ma’muriy xududiy bo’linishga ega bo’ladi. Biroq bu mustaqil xududlar (tumanlar, viloyatlar, kontonlar) davlat suverenitetiga ega bo’lmaydi.
128. Uzufruktariy-shaxsiy servitut egasining, ya’ni birovning mulkidan foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxs.
129.Ultimatum-bir mamlakat hukumatining boshqa mamlakat hukumatiga quyadigan qat’iy va hech qanday baxs va e’tirozlarga yo’l qo’ymaydigan talabi.
130.Unitar davlat-davlat va milliy davlat tuzilishining shakli bo’lib, bunda davlat xududi ma’muriy-xududiy birliklarga bo’linadi.
131.Ustav-davlat, mulk egasi yoxud jamoat tashkiloti o’rnatgan va tartibga soladigan qoidalar majmui.
132.Uyushgan jinoyatchilik-qasddan jinoiy faoliyat bilan shug’ullanadigan va ijtimoiy nazoratdan himoya tizimini yaratuvchi turg’un boshqariladigan jinoiy tuzilmalar.
133. Federasiya – (lot. Ittifoq, birlashma) – davlatning tuzilish shakli bo’lib, uning asosi – ikki yoki bir necha mustaqil davlatning bitta ittifoq davlatga birlashishidir.
134.Fuqarolik - shaxsning aniq bir davlatga siyosiy va huquqiy mansubligi.
135. Fuqarolik muomalasi - iqtisodiy muomalaning fuqarolik huquqiy ifodasi..
136. Fuqarolik holati dalolatnomalari - fuqarolar hayotidagi, tug’ilish, o’lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish kabi voqea hamda faktlarning vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishidir.
137.Farzandlikka olish - faqat voyaga etmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarinigina ko’zlab yo’l qo’yiladi.
138. FXDYO - fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
139.Faktoring-savdo-komission operasiyaning mijoz aylanma kapitalini kreditlash bilan uyg’unlashgan turi.
140.Federalizm-davlat xududiy tuzilishining ikki shaklidan biri bo’lib, uning murakkab ittifoq xususiyatini taqozo etadi.
141.Huquq normasi – huquq tizimining birlamchi unsuri bo’lib, u davlat tomonidan o’rnatiladigan hokimiyat harakteriga ega bo’lgan xatti-harakat qoidasidir.
142.Huquq tarmog’i-bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining alohida majmui.
143. Xususiy mulk huquqi- shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishi.
144. Xususiy huquq –umumiy manfaatlarni tartibga soluvchi va muhofaza qiluvchi ommaviy huquqdan farqli o’laroq xususiy manfaatlarni munosabatlarni ifodalovchi hamda yakka mulkdorlar va birlashmalarni ularning mumkin faoliyatidagi va shaxsiy munosabatlaridagi mustaqilligi va tashabbusiga asoslangan munosabatlarni tartibga soluvchi huquq tarmoqlaridan biridir.
145.Xalqaro kafolat- xalqaro huquqda xalqaro majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash bilan bog’liq huquqiy normalar yigindisidir.
Dostları ilə paylaş: |