Urganch davlat universiteti «yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari»



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix13.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#175004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Xom ashyoni yigirishga tayyorlash 22

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Mavzu: Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari 
- 2 
soat 
 
1- LABORATORIYA 
 
Laboratoriya ishining maqsadi: 
Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari va 
maxsulot turlarini o’rganish. 
Laboratoriya darsi uchun kerak bo‘lgan anjomlar va materiallar: 
PDI potok tizimi 
sxemasi, paxtadan olinadigan maxsulot namunalari. 
 
Topshiriq 
1.
Paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari bilan tanishib ularning zaruriyligini 
izohlang. 
2.
Paxtani dastlabki ishlash korxonalari mahsulotlaring assortimentlarini o‘rganing. 
Uyda: 
Laboratoriya ishi bo’yicha hisobot tayyorlang. 
Paxta tozalash zavodlarining asosiy vazifasi xar yili qabul qilingan chigitli paxtani, 
uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan xolda, yuqori sifatli tola, lint va chigit ishlab 
chiqarishdan iborat. 
Paxta tozalash zavodining asosiy texnologik uskunasi (jinlash mashinasi) ikki xil: 
arrali va valikli jin bo‘lib, arrali jinlar o‘rnatilgan zavodlarda o‘rta tolali chigitli paxta, valikli 
jinlar o‘rnatilgan zavodlarda esa uzun tolali chigitli paxta qayta ishlanadi. 
Paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtadan sifatli maxsulot olish uchun to‘g‘ri 
texnologik jarayon tanlanishi lozim. Agar korxonaning texnologik jarayoni to‘liq quvvat bilan 
ishlasa, olinayotgan maxsulot tannarxi va ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlar 
kamayib, korxona yaxshi foyda ko‘radi. 
Paxtani dastlabki ishlash mexanik jarayonlar majmuasi bo‘lib chigitli paxtadan tola 
ajratib uni to‘qimachilik korxonalari xom ashyosi sifatida tayyorlash jarayonlarini o‘z ichiga 
oladi. 
Paxtani dastlabki ishlash korxonasida quyidagi texnologik operatsiyalar amalga 
oshiriladi: 
a)
chigitli paxta xas cho‘plardan, iflosliklardan tozalanadi; 
b)
tolani chigitdan ajratish; 
v) tolani mayda iflosliklardan, chang va momiqdan tozalash; 
g)
tolani toylash (presslash) 
Agar chigitli paxtaning namligi ko‘p bo‘lsa tola ajratishdan oldin qo‘shimcha quritish 
operatsiyasi amalga oshiriladi. Bundan tashqari paxta tozalash korxonalarida linterlash ya’ni 
chigit sirtida qolgan kalta tolalarni ajratish va xar xil bo‘lgan chiqindilarni tozalash 
operatsiyasi ham bajariladi. 
Bu operatsiyalar quyidagi bo‘limlar tomonidan amalga oshiriladi; 
-
tola ajratish; 
-
momiq ajratish; 
-
chang tozalash; 
-
tola toylash; 
-
tola tozalash; 
-
quritish; 
-
nuqsonlarni tozalash; 



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin